O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


- sinfda “Tabiatshunoslik”ni o`qitish metodikasi


Download 1.08 Mb.
bet21/87
Sana29.07.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1663610
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87
Bog'liq
1.07.Tabiatshunoslik va uni O`.M

4- sinfda “Tabiatshunoslik”ni o`qitish metodikasi. Tabiatshunoslikni alohida o`quv predmeti sifatida o`qitish 4- sinfda ham davom etadi. o`quv materiali “Atrofimizdagi tabiat”, “Geografik xarita”, “Yer - Quyosh sistemasidagi sayyora”, “O`zbekiston - globus va dunyo xaritasida”, “Tabiatning xilma-xilligi”, “O`zbekiston tabiatini asraymiz”, “Foydali qazilmalar”, “Tabiat muhofazasi” kabi materiallarni birlashtiradi.
“Atrofimizdagi tabiat” mavzusini o`igana boshlashda bolalar yozgi topshiriqlarga yakun yasaydilar, jonajon o`lka tabiati to`g‘risidagi materialni takrorlaydilar va jonli tabiat, uning asosiy belgilari, jonajon o`lkamizning iqlimi haqida ma'lumotlar olishadi. Keyin “Geografik xarita” mavzusi bilan tanishadilar. Amaliy ish va mashg‘ulotlar jarayonida ayrim narsalarni, sinfni, maktab maydonchasini pejada qanday tasvirlash kerakligi bilan tanishadilar. Bu mavzu o`quvchilarni geografiya xaritasini tushunishlarida asos bo`lib xizmat qiladi. o`z joyini o`iganishga asoslanib, o`qituvchi o`quvchilarda O`zbekistonning tabiiy xaritasi to`g‘risida, keyin esa MDHning tabiiy xaritasi to`g‘risida boshlang‘ich tasavvurlar hosil qiladi. Xarita bilan ishlash butun o`quv yili davomida davom etadi.
Xaritalarda foydalanilgan shartli belgilar bilan o`quvchilarni tanishtira borib, ularni o`z olkasi tabiatining tegishli rasmlari bilan taqqoslashi kerak. Shunga intilish kerakki, xarita ham bolalar uchun kitob kabi bilim manbai bo`lib qolsin.
“Yer - Quyosh sistemasidagi sayyora” mavzusi orqali o`quv-chilar globus - yerning kichraytirilgan shakli ekanligi, Oy Yerning yo`ldoshi, Yerning harakati, kun bilan tun, issiqlik va yorug‘likning Yerda taqsimlanishi, yerning sun'iy yo`ldoshlari va raketalar haqidagi dastlabki bilimlarga ega bo`lishadi. Amaliy ishlarni bajarish jarayonida yarim sharlar xaritasi, globus bilan ishlash, nechta okean, qifa mavjudligi, bizning davlatimiz - o`zbekiston Yer sharining qayerida joylashgan, nima uchun oy yerning yo`ldoshi deb atalishi, qaysi xususiyatlari bilan yerdan farq qilishi, quyosh va uning yerdagi hayot uchun ahamiyati, kun va tunning hamda yil fasllarining hosil bo`lishi kabi savollarga javob topishlari va bajarishlari lozim.
“Tabiatning xilma-xilligi” kichik mavzusi bolalarni mamla-katimiz tabiatining xilma-xilligi to`g‘risidagi asosiy ma'lumotlar bilan tanishtiradi. Bu ma'lumotlar o`quvchilarga tabiiy geografiya kursida MDHning tabiiy hududlari to`g‘risidagi materialni o`zlashtirilishini osonlashtiradi.
“Tabiatning xilma-xilligi” mavzusini muvaffaqiyatli o`rganish uchun MDH (tabiiy va tabiiy zonalar) xaritalaridan, gerbariy, devoriy surat, kinofilm, rasm, jurnal va gazetalardagi foto-suratlardan, radio va teleko`rsatuvlardan, berilgan Gidrometeorologiya xizmati xabarlaridan keng foydalanish zarur. o`quv-chilarni daftarda yozilgan har bir hududning tabiiy sharoitlari xarakteristikasi: 1- xaritadagi holati; 2- yuzasi; 3- daryo va ko`llari; 4- yil fasllari; 5- o`simliklari; 6- hayvonot dunyosi; 7- shahar va qishloqdagi odamlar mehnati kabilarni o`z ichiga olgan rejadan foydalanishga o`rgatish kerak. Ular xaritadan har bir hududni, u MDHning qaysi qismida joylashganligini ko`rsatib bera olishlari kerak. Tabiiy zonalar relyefi umumiy doirada, masalan, “asosan tekisliklar va tog‘lar va hokazolar bor” tarzida ta'riflanadi. Yil fasllarini xarakterlash qish va yozning xarakterli harorati va yog‘inning ko`p-ozligini tasvirlash bilan biiga olib boriladi. Bunda yil fasllarining xususiyatlarini shu mintaqada Quyoshning yoz va qish vaqtlarida yoritish xarakteri bilan bog‘lash lozim. Masalan, “Cho`lda Quyosh yozda ufqdan yuqoriga ko`tariladi va deyarli tik tushuvchi nurlari Yer yuzasini kuchli qizdiradi” yoki “Tundrada, hatto yozda ham Quyosh ufq ustida pastda turadi va uning nurlari Yer yuzasi bo`ylab qiya holda o`tadi, uni kuchsiz qizdiradi” shaklida.
Bolalarni u yoki bu zonaning xususiyatlarini jonajon o`lkasi tabiati va odamlar mehnati bilan solishtirishga o`rgatish g‘oyat muhimdir. o`quv materialini taqqoslash bilan o`rganish tafakkurni rivojlantiradi, bilimni konkretlashtiradi, predmetga qizi-qishni oshiradi.
Bilimlarni mustahkamlash va mantiqiy tafakkurni rivojlantirish uchun xarita bo`ylab xayolan sayohat o`tkazish foydalidir, sayohat vaqtida bolalar yo`lga nimalar kiyib olishlarini, yo`lda nimalarni ko`rishlarini, qanday o`simlik va hayvonlar uchrashini aytishlari kerak bo`ladi. Bu mavzuni o`zlashtirishda, ayniqsa, o`zbekiston hududidagi tabiiy zonalarni tahlil etishga keng o`rin berilgan. Cho`Uar tabiati, cho`lning inson tomonidan o`zlashtirilishi, cho`l o`simliklari va hayvonot dunyosi haqidagi bilimlarni o`quvchilar cho`l zonasini o`zlashtirish mavzusi orqali olishadi. “Tog‘ tabiati”, “Subtropiklar tabiati”, “Dashtlar tabiati” va “o`rmon zonalari tabiati” mavzulari orqali o`quvchilar xaritalarda ularning joylashishi, ob-havo xususiyatlari, tabiiy boyliklari, o`simlik va hayvonot dunyosi, hamma zonalarda inson ta'siri tufayli bo`ladigan o`zgarishlar haqidagi ma'lumotlar£a ega bo`lishadi. Amaliy darslarda xarita bilan ishlab, ularning tasvirlanishini tahlil etish, o`z o`lkasida mavjud bo`lgan zonalarga sayohat uyushtirish, o`simliklardan gerbariylar yasash, hayvonot dunyosini tasvirga tushirish, rasm chizish va hokazo ishlarni bajarish tavsiya etiladi.
O`lkamiz biror qismining tabiiy xususiyatlarini o`igana turib, o`quvchilar uning uchun xarakterli bo`lgan qishloq xo`jaligi va sanoat ishlab chiqarishning turlari to`g‘risida tasavvur olishlari kerak. Mavzu o`rganish o`lkamiz hayoti bilan chambarchas bog‘lanishi lozim.
“Insonning tabiatdan foydalanishi va uni muhofaza qilishi” mavzusini o`igana turib, o`qituvchi tabiat muhofazasi bo`yicha qonuniy hujjatlar, ularni har biri jamiyatimiz fiiqarosi tomonidan bajarilishi zarurligi to`g‘risida gapirib berishi kerak. Mavzuda alohida e'tibor tabiat boyliklaridan oqilona foydalanishlarga qaratiladi.
Tabiat muhofazasiga oid masalalar tabiatshunoslikning deyarli barcha bo`limlariga daxldordir. Mavzuning asosiy masalasi tabiat muhofazasi to`g‘risidagi ilgarigi darslarda bayon qilingan ayrim ma'lumotlarni bildirish, tabiat muhofazasi bo`yicha qanday tadbirlar amalga oshirilayotganligini o`quvchilarga ko`rsatishdir. Tabiat muhofazasining ma'nosi va ahamiyatini o`quvchilarga ocha borib, o`qituvchi bu mavzuning katta tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini e'tiborda tutishi kerak. Tabiat faqat jamiyatning moddiy hayoti uchun boylik olish manbaigina bo`lib qolmasdan, balki xalq ma'naviy boyligining asosi hamdir. o`qituvchi tabiat muhofazasi va tabiiy boyliklardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish to`g‘risida qanday g‘amxo`rlik qilinayotganini gapirib berishi, o`quvchilarni o`zbekiston Konstitutsiyasida o`z aksini topgan tabiat muhofazasi to`g‘risidagi modda bilan, shuningdek, o`zbekiston tabiatini muhofaza qilish jamiyatining Nizomi bilan tanishtirib borishi kerak. Bu kichik yoshdagi maktab o`quvchilarining ma'naviy tarbiyasida katta ahamiyatga ega. Tabiat muhofazasi to`g‘risida g‘amxo`rlik bolalarda kompleks tarbiyaning muhim qismi sifatida, vatanparvarlik hissini shakllantirishda, inson va tabiat o`rtasida oqilona o`zaro munosabat o`rnatishda g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiat muhofazasi masalalarini o`rganish ushbu mavzu bilan cheklanmaydi. Bu tabiatshunoslik kursining bosh masalasidir. Tabiat muhofazasi bo`yicha amaliy faoliyat bolalarda tabiat boyliklarini himoya qilish hamda ko`paytirishga intilishni rivqjlantiradi. Shunga ko`ra ularni qushlar uchun oziqa tayyorlashda qatnashishga, kech kuz, qish va erta bahorda qushlarni boqishga, gul manzarali o`simliklar urug‘larini yig‘ishga, ularni aholi o`rtasida tarqatishga, guzarlarda ko`kalamzorlarni parvarish qilishga, tuproqni yemirilishdan saqlovchi o`simliklarni o`stirishga jalb qilish kerak.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling