O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


“O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish”


Download 1.89 Mb.
bet2/8
Sana05.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1079359
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qo`llanma 11

“O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish”


XXI asr bo’sag’asida insoniyat oldida turgan eng muhim muammolardan biri – bu tabiatni asrash va ekologiya muammolarni hal qilish bo’lib qolmoqda.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning “Ozbekiston XXI asr bo’sag’asida:
Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik va taraqqiyot kafolatlari’ nomli asarida shunday deyilgan: “Ekologik muammo – Yer yuzining hamma burchagida ham dolzarb. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarida turlichadir”
Markaziy Osiyoda ekologik xavfning g’oyat xatarli zonalaridan biri vujudga kelganligini aytib o’tish joizdir. Bu xavfning mohiyati shundan iboratki, bu holat avvalo deyarli yarim asrga teng vaqt ichida mazkur muammo borligini inkor etish va tan olmaslik natijasida kelib chiqdi. Ekologik jihatdan tahdidli holatga qarshi zudlik bilan chora tadbirlar ko’rilishi lozimligi Prezident I.A. Karimov asarida atroflicha yoritib berilgan.
Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri ishlab chiqarish korxonalaridir. Respublikamizda joylashgan o’nlab kimyo zavodlarining hammasida ham atrof muhitga chiqarilayotgan zararli chiqindilar muammosi hal etilgan emas.
Ekologik muammolarning birinchisi – biosfera tabiiy jarayonlar uchun xosdir. Masalan, vulqonlar otilishidan hosil bo’ladigan o’zgarishlar natijasida global miqyosida zararlar kelib turadi. Ekotizimda muvozanat tezroq tiklansada , lekin ularning oqibatlari oz vaqt bilinib turishi mumkin.
Ekologik holatlarning ikkinchi shakli – tabiiy hodisalar bo’lib, u inson faoliyati ta’sirida yuz beradi.
Inson ishlab chiqarish faoliyatining umumbashariy xarakteri bilan bog’liq quyidagi ekologik o’zgarishlar sodir bo’lmoqda: “Yer yuzidagi o’rmonlar hajmi har yili 11 mln gektarga qisqarib bormoqda. Osiyo va Lotin Amerikasi tropik mintaqalaridagi o’rmonlarda esa, yangilanib turadigan o’simlik resurslarning asosiy zaxiralari to’plangan. Bundan tashqari, Sayyoramizning boyligini tashkil etgan bu o’rmonlar biosfera an’anaviy “Sayyoramiz o’pkasi” funksiyalarini saqlab qolishda katta ahamiyatga ega. O’rmon zahiralari faqatgina xom ashyo manbai emas, balki ular tabiiy suv aylanishini ham ta’minlaydiki o’rmonlardagi suv bug’lanishi hisobiga yog’ingarchilikning ½ qismidan ko’prog’i to’g’ri keladi. Bu esa, tuproq yuzasiga mo’tadil ta’sir ko’rsatadi, ozuqa bo’ladigan mineral moddalarning tiklanib turishi ta’minlanadi’’.
I.A.Karimov.O’zbekiston buyuk kelajak sari.,T.,O’zbekiston.1998 yil.506 b



Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling