O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi
Nima uchun metodi chizmasi har bir guruhga alohida beriladi.Ekologik muammo berilgan, uning kelib chiqish sabablari oquvchilar tomonidan yoziladi
Download 1.89 Mb.
|
Qo`llanma 11
Nima uchun metodi chizmasi har bir guruhga alohida beriladi.Ekologik muammo berilgan, uning kelib chiqish sabablari oquvchilar tomonidan yoziladi.
III-Yangi mavzu Suv boyliklari qishloq xojaligi,aholi va sanoatni suv bilan taminlash,elektr energiyasi olish,baliq ovlash va dam olish maqsadlarida foydalaniladigan yerusti va yerosti suvlaridan iborat. Suv boyliklari orasida daryolarning ahamiyati ayniqsa katta.Hozirgi vaqtda Ozbekistonda daryo suvlari 4,2 mln ga yer sugorilmoqda. Ozbekiston daryolari sanoat va maishiy xojalikning suvga bolgan talabini qondirishda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki biror sanoat tarmogI yoqki,unda suv ishlatilmasin. Ozbekistonda yiliga ortacha 57,781 km kub suvdan foydalanilmoqda. Shundan yerosti suvlari 0,5 km kub tashkil etadi.Mavjud ishlatilayotgan suvlarning 90,1 foizi sugorishga , qolganlari sanoat,maishiy kommunal va boshqa sohalarga ishlatilmoqda.Respublikamiz hududidagi daryolarning potensial energiya resurslari 8,8 mln kVt bolib, Orta Osiyo daryolari energiya resurslarining 13 foiziga teng. Ozbekiston daryolari energiya resurslari jihatidan Orta Osiyoda Tojikiston ,Qirgiziston va Qozogistondan song tortinchi orinda turadi. Respublikamizda gidroenergiya resurslaridan foydalanish maqsadida Chirchiq daryosida Chorvoq,Xojakent,Gazalkent,Sirdaryoda-Uchqorgon, Farhod,Qoradaryo-Andijon GESlari qurilgan.Ozbekiston daryolaridan baliq ovlashda ham foydalaniladi. Songgi yillarda sugoriladigan yerlar meliorativ holatining yaxshilanishi sababli zovur suvlarining kopayishi, sanoatdan,maishiy xojalikdan,transport korxonalaridan, chorvachilik va fermalardan chiqqan iflos suvning bir qismi daryolarga tashlanmoqda.Natijada, daryo suvlari ifloslanib, undagi organok hayotga salbiy tasir etmoqda.Shu sababli Ozbekiston suv boyliklarini toza saqlash,ularga tashlanadigan suvlarni iloji boricha tozalash lozim.Sugoriladigan zonadan chiqadigan va tarkibida zaharli kimyoviy moddalar, yani har xil tuzlar bolgan zovur suvlarini daryolarga oqizishga yol qoymaslik kerak. Daryo yoqalarida sanitar zonalar tashkil etish lozim. Ozbekistonda ishlatilayotgan suvlardan qishloq xojaligida noratsional foydalanish, sanoat va maishiy-kommunal xojalikdan chiqayotgan ifloslangan suvlarni tola tozalamasdan tabiiy havzalarga oqizish oqibatida suv boyliklari ifloslanmoqda. Ifloslangan suvlarning 78 foizi sugoriladigan yerlarga, 18 foizi sanoat , 4 foizi kommunal xojalik hissasiga togri kelmoqda. 1tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan suv miqdori. 1 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan suv mi qdori Po`lat 250 m3 Azot o`g`iti 350-400 m3 Mis 500 m3 Plastmassa 500-1000 m3 Sellyuloza 1500m3 Sintetik kauchuk va gazlama 2000 m3 - O`zbekiston suv havzalarini sanoat tarmoqlaridan chiqadigan iflos chiqindilar ifloslaydi. - Suvda har-xil zaharli moddalar to`planadi, suvning fizik xossalari, tiniqligini, hidi va mazasi va kimyoviy tarkibi o`zgaradi. Zaharli birikmalar paydo bo`ladi. - Hammamizga malum mamlakatimizda Suvni muhofaza qilish to`g`risida qonunlar qabul qilingan. Jumladan; Yer, yer boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumiy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.Bu konstitutsiyaning 55-moddasida takidlangan. -O`zbekiston yer usti va yer osti suvlaridan foydalanishda ro`y berayotgan murakkab holatning oldini olish va suv bilan taminlash asosida bir qator loyihalar tuzilgan. -Suv tarmoqlaridagi nosozliklar tufayli suvlar bekorga oqizib yubormaslik. -Daryo, ko`l, buloq, kanal suvlarini bilib bilmay xo`jasizlarcha isrof qilmaslik. -O`zbekiston suv boyliklarini toza saqlash, ularga tashlanadigan suvlarni iloji boricha tozalash. -Daryo yoqalarida sanitariy zonalar tashkil etish lozim. - Ekologik talim - tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishni togri yolga qoyishimiz lozim bunda biz kattalrning suv haqidagi hikmatli so`zlariga doimo rioya qilishimiz darkor. Yani: - Suvga qarab tuflama, suvga qarab supurma. - Suv - hayot manbai. - Quyosh hosilning otasi bo`lsa, suv onasidir. - Yer xazina - suv oltin. - Nimani xor qilsang, shunga zor bo`lasan. Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar olgan bilimlarini tekshirish: .Masalan: Respublikamizda suvni tejab ishlatish maqsadida qurilgan suv omborlari (xaritadan korsatib) ularning xalqxojaligidagi ahamiyati beqiyosdir. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling