O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.89 Mb.
bet1/8
Sana05.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1079359
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qo`llanma 11


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Xalq ta’limi bo`limiga qarashli


1-umumiy o`rta ta’lim maktabi Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani o`qituvchisi


Saidova Xurshida Saydaliyevnaning

ilg`or pedagogik texnologiya asosida


tayyorlagan dars
ISHLANMASI

Navoiy-2022 y


Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi


,,Tabiiy fanlar “ metodbirlashmasi Geografiya va iqtisodiy bilim
Asoslari fani o’qituvchisi S.X.Saidovaning ilg’or pedagogik texnologiyalar
asosida tayyorlagan dars ishlanma siga taqriz.
Barchamizga ma’lumki, mustaqil Respublikamizning kelgusi taqdiri , hech shubhasiz har tomonlama kamol topgan iqtidorli yoshlarimizning bilim saviyasiga, hayotning ustuvor yo’nalishlaridagi faolligiga bog’liq. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni samarali amalga oshirish tufayli O’zbekiston ta’limi dunyo bilan bo’ylashayotgan bir paytda iqtidorli farzandlarimiz xalqaro fan olimpiadalarida munosib o’rinlarni egallagani mehnatlarimizning munosib taqdiri deyish mumkin.
Endilikda hukumatimiz tomonidan xalqimizni nurli va istiqbolli yo’lga boshlaydigan uddaburon, zukko yoshlarni tarbiyalashga katta kuch sarflanmoqda. Ona Vatanimizga ana shunday zukko va bilimli kadrlarni yetkazib berishda geografiya fanining o’ziga xos o’rni, beqiyos ahamiyati bor.
Geografiyaga oid dastlabki bilimlarni darslikdan bilib olishlari, umumiy bilimlarni yanada mustahkamlash, fanning mazmunini anglashlari va puxta bilim olishlari mumkin. Bu borada umumiy o’rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb maktablari oqituvchilari ,,Geografiya “ fanidan, zamon talabiga mos,ilmiy tahlillarga boy, amaliy ahamiyat kasb etadigan o’quv qo’llanmalari bilan ta’minlash mihim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu qo’llanma ham yuqoridagilarni maqsad qilgan holda o’quvchilarda geografiya faniga oid bo’lgan ko’nikma va malakalarni hosil qilishdan iborat.Olingan bilimlarni mustahkamlash, hayot davomida mustaqil o’qib o’rganish, bilim va tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borishdan iborat.Qo’llanmada “O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish”mavzusi keng va tushunarli qilib berilgan.Ma’lumotlardan samarali foydalangan holda mavzuga mos va o’quvchi uchun juda qiziqarli qilib tuzilgan. Dars mavzusiga mos metodlardan ,,Klaster”, “Muammoli vaziyat”, “Test va Xarita”, “Nima uchun metodi” va jadvaldan foydalanganligi o’quvchi yodiga qolishi, suvning tarmoqlarga bo’linishi, muammoli vaziyatdan chiqish uchun o’quvchi mustaqil fikr yuritishi, jadvallar asosida esa yillar davomida suvda bo’layotgan o’zgarishlarni kuzatishi va mulohaza etishi mumkin.Geografiyaning tili bo’lmish xaritadan turli topshiriqlarni berilganligi o’quvchini xarita bilan ishlash mahoratini oshirishga xizmat qilgan .
Xalqaro tadqiqotlarda o’quvchilarning tabiiy fanlar bo’yicha savodxonligini baholash qo’llanmasida keltirilgan”Ichimlik suvi” topshirig’idan foydalangan holda mavzuga bog’lab o’tilgan. “Ichimlik suvi “ topshirig’I 6 ta savoldan tuzilgan bo’lib, o’quvchilarni mustaqil fikrlashga, to’g’ri qaror qabul qila olish qobiliyatini rivojlantirishga, hayotda uchrashi mumkin bo’lgan turli vaziyatlardan chiqib ketishida ijodiy fikr yuritishi bilan hamda o’z bilim va tafakkuriga tayangan holda chiqib ketishi haqida yoritib berilgan
Ushbu “O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish” dars ishlanmasidan dars jarayonida va fan to’garaklarida foydalanishlari mumkin.
S.M.Karimova- 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi “Tabiiy fanlar”
metodbirlashmasi Geografiya fani o’qituvchisi.

,,Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz’’


SH. M.Mirziyoyev


Tuzuvchi:X.Saidova-1-umumiy o`rta ta’lim maktab Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani o`qituvchisi


Taqrizchi - _____________ S.M.Karimova 1-umumiy o’rta ta’lim maktabi “Geografiya” fani o’qituvchisi


Ushbu risola yangi pedagogik texnologiya asosida darslarni tashkil etadigan o`qituvchi ish faoliyatidan tayyorlangan bo`lib,umumiy o`rta ta’lim maktablarining geografiya darslarida qo`llanma sifatida foydalanish mumkin.

1-umumiy o`rta ta’lim maktabining 2022-yil””-martdagi metodik


kengashning 8-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

Kirish


Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling