O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.89 Mb.
bet4/8
Sana05.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1079359
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qo`llanma 11

“NIMA UCHUN” metodi(2)
Muammoni aniqlash,tahlil qilish va uni hal etishni rejalashtirishning yo’llari va vositalari.

“NIMA UCHUN ?” chizmasini tuzish qoidalari.
1.Aylana yoki to’rtburchak shakllaridan foydalanishni o’zingiz tanlaysiz.
2.Chizmaning ko’rinishini-mulohazalar zanjirini to’g’ri chiziqlimi, to’g’ri chiziqli emasligini o’zingiz tanlaysiz.
3.Yo’nalish ko’rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni dastlabki holatdan izlanishgacha bo’lgan yo’nalishingizni belgilaydi.
“NIMA UCHUN ?” metodi chizmasi.





“TEST VA XARITA” metodi (3)
O’qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob topishlari va javobga aniqlik kiritishlari uchun xaritadan joy nomlarini ko’rsatishlari talab etiladi.
Savollarni tuzishda nimalarga e’tibor berish lozim.



“TEST VA XARITA” metodining tashkillashtirish izchilligi.
-Belgilangan vazifaning mosligi va vazifani hal etish
-Uni qo’llashda soddalik va osonlik
-Yaxshi natijalarni ta’minlash
-Savolga javob topishda o’ziga ishonchlilik
Mavzu: Kirish.O’zbekiston suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish.
Reja:

1.Suvning yer yuzidagi ahamiyati.
2.Suv zaxiralari.
3.Suvni ifloslanish yo’llari va manbalari.
4.Suvning tozalash usullari.

Tayanch so’zlar:Suv resurslari,Suv resurslarini ifloslanishi,Tozalash-zararsizlantirish.Suvni tarqalishi.




Suv resurslari
Suv eng qimmatli tabiiy resurs.U hayotni tashkil qiluvchi moddalar almashunuvi jarayonida muhim rol o’ynaydi.Suv sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish, maishiy turmushda katta ahamiyatga ega.
Suv yer yuzasini shakllanishida ishtirok etadi, tabiatda aylanib turadi,shuningdek iqlimni, ob-havoni shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.


Suv dunyoning eng katta boyligi,ammo chuchuk suv zahiralari cheksiz emas.Yer sharining ko’pgina hududlarida,chuchuk suv tanqisligi dolzarb muammo hisoblanadi.
Suv resurslari:okeanlar, dengizlar, daryo va ko’llar, qutb va tog’likdagi muzliklar, yer osti suvlari, tuproq va havodagi namlikdan iborat.


Suv resurslari; okeanlar, dengizlar, daryo va ko’llar, qutb va tog’likdagi muzliklar, yer osti suvlari, tuproq va havodagi namlikdan iborat. Umumiy suvning miqdori 1,5 mlrd. km3. ni tashkil etadi. Bu miqdordagi suvning 94,2%i sho’r suvlar hisoblanadi. Chuchuk suv zahiralari 2-2,5% dan iborat. Chuchuk suvlar asosan Antarktida muzliklarida, Grenlandiya, qutbdagi orollar va tog’larda joylashgan.
Dunyoning ko’pgina rayonlarida chuchuk suv tanqisligi kuzatiladi. Hisob-kitoblarga qaraganda har xil maqsadlarda foydalaniladigan suv sarfi 150 km3 ni tashkil qiladi.
Taxminan insoniyatning 1/3 qismi “suv ocharchiligi”ga duchor bo’lgan. Yer sharining qurg’oqchil rayonlarida aholining suvga bo’lgan talabi qondirilmaydi. Meksika, Eron, Pokiston,Jazoir, AQShning 10dan ortiq shtatlari, Rossiyaning ayrim viloyatlari va O’rta Osiyo davlatlari shular jumlasidandir.
O’zbekistonda sug’orish uchun asosiy suv manbalari Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Chirchiq va Ohangaron daryolaridir. Respublika bo’yicha yer osti suvlarining tabiiy zahiralari 66342 ming m3.
Suv resurslarini ifloslanish manbalari asosan qishloq xo’jaligi ekinlarini sug’orishda, mineral o’g’itlar va turli pestitsidlardan suv bilan birga yuvilib oqova suv hosil qilishi chorvachilik komplekslari orqali ochiq suv havzalari va yer osti suvlarini ifloslanishi, sanoat ishlab chiqarish korxonalari suvni og’ir metal ionlari va turli xil zaharli moddalar bilan ifloslab oqova suvlarni hosil qilishidir. Bunday suvlar tarkibida, sanoat korxonalaridan og’ir metallar, fenol, xlor, kaprolaktom, neft mahsulotlari, biologik va kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar uchraydi.
Suv resurslarini ifloslantirishda temir yo’l, aviatsiya transport vositalari, shuningdek avtokorxonalarning ham hissalari bor.
Sanoat chiqindilari orasida neft va uning mahsulotlari, daryo va ko’llarning ifloslanishida eng havflilari hisoblanadi.Atom elektrostantsiyalaridan chiqadigan radioaktiv chiqindilar daryo suvlarini ifloslantiradi.Ular suvdagi plankton va baliqlar organizmida to’planib, ulardan boshqa organizmlarga o’tadi.
Maishiy chiqindilar aholining o’sishi, yangi shaharlarning barpo qilinishi tufayli oqova suvlarni ko’payishiga olib keladi. Maishiy turmushdagi oqova suvlar daryo va ko’l suvlarini kasallik tug’diruvchi bakteriyalar va gelmintlar bilan ifloslanish manbai bo’lib qolgan, shu bilan birga suv havzalarini maishiy turmushda keng foydalanayotgan sintetik yuvuvchi vositalar ifloslantirmoqda.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling