O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.89 Mb.
bet5/8
Sana05.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1079359
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qo`llanma 11

Tozalash-zararsizlantirish. Daryo va boshqa suv havzalarida suvni o’z-o’zidan tabiiy tozalanishi kuzatiladi. Ammo rivojlangan davrda chiqindilar ko’pligi, uni suv havzalarini ifloslantirishi natijasida oqova suvlarni tozalash zaruriyati kelib chiqdi. Oqova suvlarni tozalashni quyidagi metodlarini ajratish mumkin.
Mexanik, _ fiziko-kimyoviy va biologik metodlardan foydalanish, ya’ni aralash metodlar ma’lum.
Mexanik tozalash metodining mohiyati, oqova suvni tindirish va filtrlashdan iborat.
Fiziko-kimyoviy tozalash metodida oqova suvlardagi organik chiqindilardan va oksidlanadigan yoki yomon oksidlanadigan organik moddalarni parchalab yuboriladi. Bunda elektroliz usuli keng qo’llaniladi. Ifloslangan oqova suvlar yuqoridagilardan tashqar i ulbtratovush, ozon, ion almashtiruvchi smolalar va yuqori bosim ostida tozalanadi. Xlorlash ham yaxshi samara beradi.
Biologik metod ham oqova suvlarni tozalashda katta rol o’ynaydi. Buning uchun bir necha turdagi biologik qurilmalar, ya’ni biofiltrlar, biologik hovuzlar va aerotenkalardan foydalaniladi.
Biofiltrlar orqali oqova suvlar yirik donador material qatlami ustiga yupqa bakteriyalardan iborat qatlam orqali o’tkaziladi.
Biologik hovuzlarda esa suv havzalaridagi barcha organizmlar oqova suvlarni tozalashda ishtirok etadi.
Aerotenkalar temir betondan qurilgan katta rezervarlardir. U yerda oqova suv bakteriyalar va mayda jonivorlardan tashkil topgan faol loyqalarda tozalanadi.
O’zbekistonda halqaro meyyorga mos keladigan tabiiy muhit va suvni muhofaza qiladigan qonun va meyyoriy hujjatlar qabul qilingan. Shulardan 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish» haqidagi qonunni aytib o’tish mumkin. Tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi 100 dan ortiq qonunlar loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etgan. Shulardan bittasi O’zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv haqidagi qonunni aytish mumkin. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida ana shu qonun asosida ish olib boriladi

1.1…..Suvning tarqalishi. Klaster








1.2......jadval. Suv resurslari tarqalishi.




Gidrosfera qismlari

Yalpi suv ming km3

%

Almashish aktivligi yili







1307324

93,96

3000

1

Dunyo okeani

2

Yer osti suvlari

600000

4,12

5000

3

Shu jumladan aktiv almashish zonalari

4000

0,27

330

4

Muzliklar

24000

1,65

8000

5

Ko’llar

280

0,019

7

6

Tuproq namligi

85

0,006

0,017

7

Atmosfera

14

0,001

0,027

8

Daryolar

1,2

0,0001

0,031




Jami:

1454193

100

2800






1.3…..jadval. Chuchuk suv zaxiralari




Gidrosfera qisimlari

Chuchuk suv km3

%

1

Muzliklar

24000000

85

2

Yer osti suvlari

4000000

14

3

Ko’llar va suv omborlari

155000

0,6

4

Tuproq namligi

83000

0,3

5

Atmosferadagi suv

14000

0,06

6

Daryo suvlari

120

0,004


Amudaryo suvlarida ifloslovchi moddalar miqdori mg|1 hisobida .1.4 jadval (Termez sh.)



Modda nomi

1979

1900

1981

1982

1982

1986

1987

1988

1989

1990

Mineralizatsiya

-

579,1

643,8

674,8

624,9

553,0

511,3

529

712

653,2

Azot

2,62

0,989

0,510

0,603

0,878

0,404

0,954

0,891

0,847

1,349

XPK

18,1

14,4

17,1

13

17,7

13,1

11,9

12,3

11,7

10,4

Mis

-

8,5

9,6

6,3

5,3

8,1

1,9

2,6

3,8

3,2

Xrom

8,0

10,9

12,6

11,9

12,0

2,3

2,3

1,9

0,7

2,8

DDT

0

0

0

0,011

0,018

0,002

0

0,019

0

0

Alfa-GXTSG

-

0,153

0,41

0,011

0,026

0,023

0,029

0,036

0,017

0,011

Gamma-
GXTSG

-

0,052

0,016

0,002

0,051

0,018

0,017

0,022

0,006

0,009




Mavzu bo’yicha “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldiring.
Bunda o’quvchilar Orol dengizi muammosi va uning kelib chiqish sabablarini yozib tahlil etishlari so’raladi.


Vaziyatdagi muammolar Turi

Muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablari

Vaziyatdan chiqib Ketish harakatlari

Orol dengizi muammosi.
Orol bo’yi muammosi.
Sho’rlanish.







Dars mavzusi: O`zbekistonning suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish.




Annontatsiya: Quyida berilgan dars ishlanma geografiya 7-sinf o’quvchilari uchun bir soatga mo’ljallangan.
Dars davomida asosan sayyoramizga,inson va xo’jalik faoliyatida zarur bo’lgan suv va uning ahamiyati haqida umumiy ma’lumotlar berish.
Dars ishlanmada foydalanilgan slaydlar,dars mazmunini ochib beruvchi ko’rgazmalar va foydalanilgan metodlar o’quvchi xotirasini mustahkamlash,hozirjavoblik va topqirlik xususiyatlarini rivojlantiradi.
Dars ishlanma: Davlat Ta’lim Standartlari asosida tuzulgan
Darsning maqsadi:Fidoying bo’lgaymiz seni,O’zbekiston!
Darsning shiori:Aql tarozisida tashlab ko’rilmagan har qanday bilim asossizdir.
Darsning maqsadi:

a) ta’limiy-o’quvchilarda dars davomida geografiya faniga kim asos solgani, geografiya so’zining ma’nosi, fan rivojiga hissa qo’shgan buyuk allomalar ,O’zbekistonning suv boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish kabi geografik bilimlarni berib borish .


b) tarbiyaviy-Vatan haqidagi bilim va tushunchalarni sharhlab,o’quvchilarning ongida nazariy hamda amaliy usullarda singdirish,ularda yurtga muhabbat,ona zaminga sadoqat tuyg’usida tarbiyalash.
c) rivojlantiruvchi-o’quvchilar dars davomida tahliliy tafakkur qilish, xulosa chiqarish, taklif kiritish mahorati,topqirlik va hozirjavoblik xususiyatlarini rivojlantirish.
Darsda qo’llanilgan kompetensiyalar.
Tayanch kompetensiya:
1.Axbarot bilan ishlash kompetensiyasi -mediya manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash , saqlash, ulardan samarali foydalana olish,ularning xavfsizligini ta’minlash, ko’nikmalarni egallashga hamda mediya madaniyatga ega bo’lish.
2.Milliy va umummadaniy kompetensiya.
-Vatanga sadoqatli, insonlsrga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo’lishni, badiiy va san’at asarlarini,tushunish, orasta kiyinish, madaniy me’yorlarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish.


Fanga oid kompetensiyalar.
1.Tabiiy,ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash tushunish, tushuntirish kompetensiyasi.
2.Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi.
3.Globus,geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi
Dars turi:Yangi bilim beruvchi dars
Dars usuli:Kichik guruhlarda ishlash
Dars jihozi:xarita, atlas, globus,ko’rgazma
Dars shiori:Aql tarozisida tashlab ko’rilmagan har qanday bilim asossizdir.
Dars maqsadi:Mustaqil ona diyorimizga munosib farzand bo’lish.
Dars bosqichlari.
I-Tashkiliy qism.
II-O’tgan mavzuni so’rash.
III-Yangi mavzu bayoni. IV-Mustahkamlash. V-O’quvchilarni baholash.
VI-Uyga vazifa. I.Tashkiliy qism.
Salomlashish,navbatchi axbarotini tinglash,siyosiy va fanga oid yangiliklarni o’quvchilardan so’rash.O’quvchilarni guruhlarga ajratish.

Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling