O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Nima uchun metodi chizmasi har bir guruhga alohida beriladi.Ekologik muammo berilgan, uning kelib chiqish sabablari o’quvchilar tomonidan yoziladi


Download 1.89 Mb.
bet7/8
Sana05.01.2023
Hajmi1.89 Mb.
#1079359
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qo`llanma 11

Nima uchun metodi chizmasi har bir guruhga alohida beriladi.Ekologik muammo berilgan, uning kelib chiqish sabablari o’quvchilar tomonidan yoziladi.


III-Yangi mavzu
Suv boyliklari qishloq xo’jaligi,aholi va sanoatni suv bilan ta’minlash,elektr energiyasi olish,baliq ovlash va dam olish maqsadlarida foydalaniladigan yerusti va yerosti suvlaridan iborat.
Suv boyliklari orasida daryolarning ahamiyati ayniqsa katta.Hozirgi vaqtda O’zbekistonda daryo suvlari 4,2 mln ga yer sug’orilmoqda.
O’zbekiston daryolari sanoat va maishiy xo’jalikning suvga bo’lgan talabini qondirishda ham muhim ahamiyatga ega. Chunki biror sanoat tarmog’I yo’qki,unda suv ishlatilmasin.
O’zbekistonda yiliga o’rtacha 57,781 km kub suvdan foydalanilmoqda. Shundan yerosti suvlari 0,5 km kub tashkil etadi.Mavjud ishlatilayotgan suvlarning 90,1 foizi sug’orishga , qolganlari sanoat,maishiy kommunal va boshqa sohalarga ishlatilmoqda.Respublikamiz hududidagi daryolarning potensial energiya resurslari 8,8 mln kVt bo’lib, O’rta Osiyo daryolari energiya resurslarining 13 foiziga teng. O’zbekiston daryolari energiya resurslari jihatidan O’rta Osiyoda Tojikiston ,Qirg’iziston va Qozog’istondan so’ng to’rtinchi o’rinda turadi. Respublikamizda gidroenergiya resurslaridan foydalanish maqsadida Chirchiq daryosida – Chorvoq,Xo’jakent,G’azalkent,Sirdaryoda-Uchqo’rg’on, Farhod,Qoradaryo-Andijon GESlari qurilgan.O’zbekiston daryolaridan baliq ovlashda ham foydalaniladi.
So’nggi yillarda sug’oriladigan yerlar meliorativ holatining yaxshilanishi sababli zovur suvlarining ko’payishi, sanoatdan,maishiy xo’jalikdan,transport korxonalaridan, chorvachilik va fermalardan chiqqan iflos suvning bir qismi daryolarga tashlanmoqda.Natijada, daryo suvlari ifloslanib, undagi organok hayotga salbiy ta’sir etmoqda.Shu sababli O’zbekiston suv boyliklarini toza saqlash,ularga tashlanadigan suvlarni iloji boricha tozalash lozim.Sug’oriladigan zonadan chiqadigan va tarkibida zaharli kimyoviy moddalar, ya’ni har xil tuzlar bo’lgan zovur suvlarini daryolarga oqizishga yo’l qo’ymaslik kerak. Daryo yoqalarida sanitar zonalar tashkil etish lozim.
O’zbekistonda ishlatilayotgan suvlardan qishloq xo’jaligida noratsional foydalanish, sanoat va maishiy-kommunal xo’jalikdan chiqayotgan ifloslangan suvlarni to’la tozalamasdan tabiiy havzalarga oqizish oqibatida suv boyliklari ifloslanmoqda. Ifloslangan suvlarning 78 foizi sug’oriladigan yerlarga, 18 foizi sanoat , 4 foizi kommunal xo’jalik hissasiga to’g’ri kelmoqda.
1tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan suv miqdori.



1 tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan suv mi qdori

Po`lat
250 m3

Azot o`g`iti
350-400 m3

Mis 500


m3



Plastmassa 500-1000 m3



Sellyuloza 1500m3



Sintetik kauchuk va gazlama 2000 m3


- O`zbekiston suv havzalarini sanoat tarmoqlaridan chiqadigan iflos chiqindilar ifloslaydi.


- Suvda har-xil zaharli moddalar to`planadi, suvning fizik xossalari, tiniqligini, hidi va mazasi va kimyoviy tarkibi o`zgaradi. Zaharli birikmalar paydo bo`ladi.
- Hammamizga ma’lum mamlakatimizda Suvni muhofaza qilish to`g`risida qonunlar qabul qilingan. Jumladan; Yer, yer boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumiy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.Bu konstitutsiyaning 55-moddasida ta’kidlangan.
-O`zbekiston yer usti va yer osti suvlaridan foydalanishda ro`y berayotgan murakkab holatning oldini olish va suv bilan ta’minlash asosida bir qator loyihalar tuzilgan.
-Suv tarmoqlaridagi nosozliklar tufayli suvlar bekorga oqizib yubormaslik.
-Daryo, ko`l, buloq, kanal suvlarini bilib –bilmay xo`jasizlarcha isrof qilmaslik.
-O`zbekiston suv boyliklarini toza saqlash, ularga tashlanadigan suvlarni iloji boricha tozalash.
-Daryo yoqalarida sanitariy zonalar tashkil etish lozim.
- Ekologik ta’lim - tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishimiz lozim bunda biz kattalrning suv haqidagi hikmatli so`zlariga doimo rioya qilishimiz darkor. Yani:
- Suvga qarab tuflama, suvga qarab supurma.
- Suv - hayot manbai.
- Quyosh hosilning otasi bo`lsa, suv onasidir.
- Yer xazina - suv oltin.
- Nimani xor qilsang, shunga zor bo`lasan.

Yangi mavzu yuzasidan o`quvchilar olgan bilimlarini tekshirish: .Masalan: Respublikamizda suvni tejab ishlatish maqsadida qurilgan suv omborlari (xaritadan ko‘rsatib) ularning xalq–xo‘jaligidagi ahamiyati beqiyosdir.





Download 1.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling