O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya OQUV QOLLANMA
Proektiv metodlar. Proektiv metodlar test usullarining bir ko‘rinishi bo‘lib,
ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko‘rinishga ega bo‘lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharxlash topshirig‘i beriladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qiliish mumkin bo‘lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi o‘zining xissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtai nazaridan baholashi kutiladi. Proektiv metodlar qatoriga Rorshaxning "Siyoh dog‘lari" testini kiritish mumkin (1921). Bu - 2 tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil siyoh dog‘laridan iborat bo‘lib, har 1 dog‘ har xil bo‘yoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har 1 "dog‘" nimaning shaklini eslatishi so‘raladi. Bunda: 2 ta dog‘ qizil rangli shtrixlar, 5 ta dog‘ kul rang - qora, 3 ta dog‘ - yorqin bo‘lmagan ranglarda beriladi. Sinaluvchi tasvirlagan obrazlar va assotsiatsiyalarga qarab uning shaxsi xususiyatlari to‘g‘risida xulosa chiqariladi. Rorshax testining yosh psixologiyasida qo‘llaniladigan varianti E.T. Sokolova tomonidan modifikatsiya qilingan test. Bu test oilaviy muloqatni diagnostika qiliishda foydalaniladi. Bu maqsadda eksperimenta qo‘shimcha metodik usul kiritilgan. Bir necha kartochkalar bo‘yicha eksperiment qatnashchilari kelishishlari kerak. Birgalikdagi (kelishuv asosida) javoblarning sifati va miqdoriga qarab tadqiqotchi kichik guruh (yoki oila)ning jipsligi va mosligi haqida ma‘lumotni qo‘lga kiritadilar. Shuningdek, psixologik tadqiqotchilarda ko‘pincha rasmli assotsiatsiyalar metodi qo‘llaniladi. Ushbu metod birinchi bo‘lib 1945 yilda S.Rozentsveyg tomonidan taklif qilingan. Bunda tekshiriluvchiga turmushda tez- tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlar aks ettirilgan rasmlar tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan personajlar nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga qarama-qarshi tomondagi shaxslar esa hali javob qaytarib ulgurmagan. Tekshiriluvchidan tez, qisqa muddat ichida bo‘sh kataklarga 132 qaytarilishi kutilayotgan javobni yozish so‘raladi. Berilgan javoblarga qarab shaxs yo‘nalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, agressiya xissining xususiyatlari, bu xisning kimlarga qaratilganligi va shunga o‘xshash muxim faktlar to‘planadi. Rozentsveyg testi subyekt agressiyasi yo‘nalishining 3 ta turini aniqlash imqonini beradi: 1. Agressiya insonning o‘ziga qaratilgan. 2. Agressiya atrofga qaratilgan. 3. Subyekt vaziyatni hal qiliishdan qochadi yoki uni bezaydi. Pedagogik amaliyotda ko‘pincha I. Shvantsara tomonidan ishlab chiqilgan, o‘smirlik va o‘spirinlik davri uchun mo‘ljallangan test variantidan foydalaniladi. Proektiv metodikalardan yana biri tugallanmagan jumlalar metodi. Ushbu metod yordamida guruhiy va shaxsiy ustanovkalar tekshiriluvchining atrofidagilarga (o‘rtoqlari, o‘quvchi, ota-onasi) munosabati xususiyatlari, shuningdek, o‘ziga va kelajakka bo‘lgan munosabatlari ham o‘rganiladi. Shu maqsadda tekshiriluvchiga bir qancha tugallanmagan jumlalar taklif qilinadi, ko‘p o‘ylamasdan gapni mantiqan oxiriga yetkazish talab qilinadi. Masalan, - mening har safar kayfiyatim bo‘ziladi, agar... - men uchun eng muhim muammo, bu - ... - do‘st - bu ... - mening otam ba‘zida ... - men shunga intilamanki ... Proektiv metodikalar turli-tuman. Ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, proektiv metodikani tavsiflash muayyan psixologik bilimlarni maxsus nazariy tayyorgarlikni va metodikani qo‘llash bo‘yicha amaliy tajrabaga ega bo‘lishni talab qiladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling