O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/40
Sana15.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1202981
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya OQUV QOLLANMA

Eksperiment metodi. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya 
eksperimenti turlariga bo‘linadi. Bu metod psixik xolatni ta‘riflashgagina emas, 
balki ularni tushuntirib berishga ham imqon beradi. 
Kuzatishdan farqli o‘laroq, psixologik eksperiment tadqiqotchining 
sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, 
psixologik fakt aniq namoyon bo;lishiga, uning tadqiqotchi xohlagan yo‘nalish 
bo‘yicha o‘zgartirishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab 
takrorlanishiga imqon beradigan shart-sharoitni yaratadi.
Labaratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning labaratoriya 
sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskunalar yordamida o‘tkazishlarida va 
sinaluvchining xatti-harakatlari yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bo‘lishi bilangina emas, 
balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi kishining munosabati bilan ham 
belgilanadi.
Labaratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalari, idrok, xotira va 
boshqalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozirgi paytda 
labaratoriya eksperimentini ko‘pincha shunday tarzda o‘tkazishadiki, unda odam 
odatdagi sharoitlarda bajarishi mumkin bo‘lgan faoliyatning ba‘zi psixologik 
jihatlari modellashtirib qo‘yiladi. Jumladan, eksperimentda anchagina xissiy 
zo‘riqish vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masalan, kasbi-
kori uchuvchi bo‘lgan kishi anglanilgan yechimlar qabul qilishi mumkin. Yuksak 


126 
darajadagi uyg‘unlikni taqozo etadigan murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi 
ko‘rsatkichlarga munosabat bildirishi va hakozolar belgilab qo‘yilgan bo‘lishi 
mumkin. 
Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910-yilda A.F.Lazurskiy taklif etgan) 
mo‘ljallanganiga ko‘ra, eksperiment o‘tkazilayotganini biladigan sinaluvchida 
hosil bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy 
sharoitlarga (dars, suhbat, o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirilishi 
lozim. 
Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni o‘zoq vaqt xotirada saqlab 
qolish to`g`risidagi ko`rsatmaga bog`liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga 
misol bo`la oladi. O`quvchilardan bir guruhi o`rganilishi lozim bo`lgan material 
bilan tanishtiriladi va ushbu material yo‘zasidan ertasiga so`ralishini aytadi. 
Boshqa bir guruhda esa o`quv materiali xuddi shunday tarzda o`tilib bo‘lgach,
o‘quvchilarga o`tilgan dars bir haftadan so‘ng so‘ralishi aytiladi. Haqiqatda esa 
har ikkala guruhda ham o‘quvchilardan ikki xaftadan keyin so`ralgan. Ana shu 
tabiiy eksperiment jarayonida materialni o‘zoq vaqt xotirada saqlab qolishga 
mo`ljallangan yo`l-yo`riqning afzalliklari aniqlanadi. 
Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperiment 
psixologik-pedagogik eksperiment deb ataladi. Har xil yosh bosqichlarida 
o`quvchilarning 
bilish 
imqoniyatlarini 
o‘rganishda, o‘quvchi 
shaxsini 
shakllantirishning qonkret yo‘llarini aniqlashda uning roli benixoya kattadir. 
Psixologik-pedagogik 
eksperiment 
uch 
qismdan 
iborat. 
Aniqlovchi, 
shakllantiruvchi, 
nazorat 
eksperimentlari. 
Aniqlovchi 
eksperimentda 
sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish darajasi aniqlanadi. Masalan, 
boladagi xotiraning rivojlanish darajasi "Meyli" testi yordamida aniqlanishi 
mumkin. Shakllantiruvchi eksperimentda aniqlangan psixik jarayon me‘yordan 
orqada bo‘lsa, uni rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. 
Misolga qaytsak, xotirani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Nazorat 
tajribalarida shakllantiruvchi ta‘sirning samaradorligini aniqlash uchun diagnostik 
metod yana bir marta takroran o‘tkaziladi. "Meyli" testi yana bir bora o‘tkazilib, 


127 
maxsus matematik-statistik metodlar yordamida shakllantiruvchi ta‘sirning 
samaradorligi aniqlanadi. 
Anketa. Savollar yordamida psixologik axborot to‘plashning metodik 
usulidir. Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, tadqiqotning 
maqsadiga mos keladi. Anketa yordamida o‘qituvchi o‘quvchilar shaxsiy sifatlarini 
aniqlash uchun material to‘playdi. 
Taklif etiladigan savollarga qarab, anketalar mazmun, funktsiyasi, shakli 
bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin. 
Mazmun bo‘yicha anketa: 
1. Faktlar ("Sening bo‘sh vaktishdagi mashg‘uloting", "Uy joy sharoitingni 
ta‘rifla"); 
2. Atrofdagi kishilar, xodisalar xarakteristikasini ("O‘quv- ishlab chiqarish 
korxonasida ish formasi boshqacha bo‘lishi kerak deb xisoblaysanmi?"', 
"Ko‘pchilik bolalar o‘z imqoniyatlarini to‘liq ishga solmay o‘qishlarining sababi 
nimada deb o‘ylaysan?"). 
3. O‘quvchining niyatlarini ifodalashi mumkin ("Oliy o‘quv yurtiga 
kirasanmi?", "Yozgi oromgoxga borasanmi?"). Savollar bajaradigan
funktsiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
a)Filtrlovchi-savollar. M.: agar o‘qituvchini oliygoxga kirishni xohlovchilar 
qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif etiladi: "Sening yoqtiradigan 
predmeting?" Bunga faqat oliygoxga kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilargina javob 
beradilar. 
b)Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy funkisiyasi - 
ma‘lumotning to‘g‘riligini tekshirish. Shakli bo‘yicha anketalar: 
a) 
Ochiq — bunda to‘g‘ri savollar o‘z xohishiga qarab, erkin 
javob berish mumkin. 
b) 
Yopiq — bunda savollarga tayyor javob berilgan bo‘lib, 
o‘quvchi ulardan birini tanlashi lozim. 
Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
1. Savollar aniq, tushunarli, sodda va qonkret bo‘lishi lozim.


128 
2.Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin eng
murakkablari, nixoyasida yana oson savollar berilishi lozim. 
3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qiluvchi savollar 
berilishi lozim.
Anketa metodining ijobiy tomoni:
1)ommaviy o‘rganish imqoniyati; 2) informatsiya to‘plash tezligi; 
3)ma‘lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng foydalanish 
imqoniyati; 
4)og‘zaki formada javob olish qiyin bo‘lgan savollarga javob olish imqoni; 
5)bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imqoni;
6)natijalarni qayd etishning qulay usuli. 
Shuni ham nazarda tutish lozimki, anketa metodi shaxs xususiyatlarining 
barcha soxalarini to‘la o‘rganish imqonini bermaydi, o‘quvchilar turlicha javob 
berganlari tufayli ularni klasifikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, 
javoblarning obyektivligi yuqori emas, chunki o‘quvchilar bunga vijdonan 
yondoshmasliklari mumkin. Suhbat metodi. Suhbat - bevosita muloqot jarayonida 
o‘quvchilar psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo‘lib, o‘qituvchi oldindan 
tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun kerakli bo‘lgan informatsiyani olish 
imqoniga ega. 
Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, xatti-harakati 
motivlari, hayotining turli tomonlariga uning bahosi, biografiyasining asosiy 
faktlari va unga bo‘lgan munosabatlarni aniqlash mumkin. 
Suhbat metodi ma‘lum qoidalarga asoslanishi lozim. 
Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak. 
Suhbat boshida o‘quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak. 
Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak. 
Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak. 
Suhbat metodining ijobiy tomoni – o‘quvchi bilan bevosita muloqatda 
bo‘lish, uning reaktsiyalarini xisobga olish imqoni, qo‘shimcha, to‘ldiruvchi 


129 
savollar berilishi mumkinligidir. Shuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz 
obyektiv fakt emas, balki kishining subyektiv fikrini olamiz. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling