O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/40
Sana15.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1202981
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya OQUV QOLLANMA

Kuzatish-psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali, biror maqsad asosida
o`rganish. Kuzatish-universal metod bo`lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy 
kuzatish 
xayotiy 
(ilmiy 
bo`lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Xayotiy kuzatish - kundalik hayotda, 
rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog`liq bo`ladi. Kuzatish ilmiy bo`lishi 
shu bilan bir qatorda psixologik-pedagogik kuzatish bo`lishi uchun bir 
qancha talablarga amal qilishi lozim: 


124 
1. Maqsadga yo`nalganlik. Umuman o`quvchini emas, balki uning shaxsiy 
sifatlari qonkret namoyon bo`lishini turli vaziyatlarda va faoliyatning har xil 
turlarida – o`yin, o`qish, mehnat, muloqat jarayonida kuzatish. 
2. Reja. Kuzatishni boshlashdan oldin muayyan vazifalar belgilanishi 
(nimani kuzatish), reja tuzilishi (vaqti va vositalari), ko‘rsatkichlari aniqlab olishi 
(nimani qayd etish), bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar va ularni oldini olish yo‘llari, 
taxmin qilinayotgan natijalarni o‘ylab olishi lozim. Bunda ko‘zatilayotgan
xususiyat aniq belgilanishi lozim (ular ko‘p bo‘lmasligi zarur). Kuzatishdan 
maqsad xulq-atvordagi topilgan kamchiliklarni to‘g‘rilash yo‘llarini ishlab chiqish 
bo‘lmog‘i lozim.
3. Mustaqillik. Kuzatish yo‘l-yo‘lakay qilinishi lozim bo‘lgan emas, balki 
mustaqil ravishda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan vazifa bo‘lmog‘i lozim. 
4. Tabiiylik. Psixologik-pedagogik kuzatish o`quvchilar uchun tabiiy 
sharoitlarda o`tkazilishi lozim. U o`qituvchining ishtirokisiz o`tkazilishi zarurki, 
o`quvchi ko‘zatilayotganini sezmasin. 
5. Tizimlilik. Kuzatish o`qituvchining xohishi bilan emas, balki doimiy reja 
asosida, tizimli ravishda yoki rejalashtirilgan ma‘lum oraliqdan so`ng o`tkazilishi 
zarur. 
6. Ob‘ektavlik. Kuzatish jarayonida o`z taxminlarini emas, ob‘ektiv 
fakt,harakat,o`quvchilar xulq-atvorining ob‘ektiv xususiyatlarini qayd etish va shu 
asosda xulosa chiqarish lozim. 
7. Qayd etish. Olingan barcha ma‘lumotlar ma‘lum tizimda qayd etilishi 
lozim. Olingan natijalar kuzatish jarayonida yoki uni o`tkazilgandan so`ng darhol 
qayd qilishi kerak. 
Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular :
1. Tekshiruvchining passiv xolatni egallaganligi. 
2. Qayd etishdagi xatolar. 
3. Qaytarish imqoning yo`qligigp. 
4. Natijalarni tahlil qilishdagi subektivizm.


125 
Kuzatish metodining ijobiy tomoni shundaki, eksperimental ravishda 
o‘rganish imqoni bo‘lmagan faoliyatni analiz qilish, o`quvchi xulq-atvori
tabiiy sharoitda o‘rganish imqoniyati mavjud. 
Kuzatish pedagogik amaliyotda qo‘llaniladigan asosiy metodlardan biridir. 
Kuzatish intervallari yoshga bog‘liq bo‘lishi kerak. 
Tug‘ilgandan 2-3 oygacha - har kuni 
2-3 oydan - 1yoshgacha - har xafta 
Ilk bolalik ya‘ni 1 - 3 yoshda — har oyda 
3 yoshdan 6-7 yoshgacha - yarim yilda 1 marta 
7-11 yoshda - 1 yilda 1 marta kuzatish o‘tkazilishi zarur. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling