O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


III-MODUL.PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING DOLZARB


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/40
Sana15.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1202981
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
Bog'liq
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya OQUV QOLLANMA

 
III-MODUL.PEDAGOGIK PSIXOLOGIYANING DOLZARB 
MUAMMOLARI 
 
 


120 
14-mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti, 
maqsad va vazifalari 
 
Ma‘ruza mashg`uloti rejasi 
1. Pedagogik psixologiyaning predmeti, vazifasi va tuzilishi. 
2. Pedagogik psixologiyaning tamoyil va metodlari. 
3. Pedagogik psixologiyani rivojlanishini tarixiy jihatlari. 
Darsning maqsadi: 
Pedagogik psixologiyaning predmeti, pedagogik psixologiyaning vazifalari
pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixi, pedagogik psixologiya fanining 
tadqiqot metodlarini dalillab beradi. 
Pedagogik psixologiya -psixologiya fanining tarmog`i sifatida ta‘lim va 
tarbiyaning shaxsga samarali ta‘sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va 
mexanizmlarini o`rganuvchi fandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti 
o`quvchilarni maktabda bilim, ko`nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini
bu jarayonlarda sodir bo`ladigan individual tafovutlarni, ularda mustaqil va ijodiy 
tafakkurni 
tarkib 
toptirish 
qonuniyatlarini 
tadqiq 
etishdir. 
Pedagogik 
psixologiyaning muhim vazifalaridan biri -maktabdagi ta‘lim-tarbiya jarayonini 
yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo`lib, 
bu hol yangi ta‘lim dasturiga o`tish bilan bog`liqdir. Pedagogik psixologiya uch 
bo`limdan iborat: ta‘lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o`qituvchi 
psixologiyasi.
Pedagogik psixologiyaning vazifalari: 
1) ta‘lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o`rganish; 
2) bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish; 
3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko`rsatkichlarini aniqlash; 
4) ta‘lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo`lish sharoitlarini 
o`rganish; 
5) pedagog va o`quvchilar o`rtasidagi, o`quvchilar va o`quvchilar 
o`rtasidagi o`zaro munosabat xususiyatlarini o`rganish; 


121 
6) o`quvchilarga individual yondoshish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni 
o`rganish. 
7) pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini 
o`rganish.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling