O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi
Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar
Download 1.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya OQUV QOLLANMA
Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar:
1. Bolaning rivojlanishida uning haotidagi har bir senzitiv davrni aniqlash va undan iloji boricha ko`proq foydalanish muammosi. Bu masalaning muammoliligi shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining barcha senzitiv davrlari ma‘lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom etishi va qachon tugashi noma‘lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o`ziga xos individual bo`lib, turli davrda har xil kechadi. 2. Bolaga ongli tashqil etilgan pedagogik ta‘sir va uning psixologik taraqqiyoti orasidagi bog`lanish muammosi. Ta‘lim va tarbiya bolaning rivojlanishiga ta‘sir etadimi, yoki u ta‘lim va tarbiya natijasida faqat bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lib, uning intellektual va ahloqiy rivojlanishga ta‘sir qilmaydimi? Har qanday ta‘lim bolaning rivojlanishiga ta‘sir qiladimi yoki faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta‘lim-mi? 3. Ta‘lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining har bir aniq davrida ta‘limga yoki tarbiyaga urg`u berish kerakmi?- bola hayotining ayni davrida nimaga ko`proq ehtiyoj sezadi: kognitiv -intellektual yoki shaxs sifatida rivojlanishgami? 4. Pedagogik ta‘sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining sistemaliligi xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy hislatlarning o`zgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi mumkin, har birining rivojlanishi boshqa xususiyatlarga bog`liq. 5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta‘lim va yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog`liqligi muammosi.Ta‘limni bola organizmida ma‘lum neyrofiziologik to‘zilmalar yetilmasdan boshlash mumkin-mi?Ta‘lim bolaning organik rivojlanishiga ta‘sir qiladimi? Agar ta‘sir qilsa, qanday darajagacha ta‘sir qiladi? 122 Genotip hamda muhit bolaning psixologik va xulq-atvori rivojlanishiga alohida birgalikda qanday ta‘sir qiladi? 6. Bolaning ongli ta‘lnm na tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu muammoni hal qilnshda ta‘lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima nazarda tutilishi: bolada layoqatlarning mavjudligi ma‘nosidami yoki ta‘lim va tarbiyaga qobiliyatning rivojlanganligi ma‘nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojlanish darajasi mavjudligi ma‘nosidami, intellektual va shaxsiy yetuklikning ma‘lum darajasiga erishilganligi ma‘nosidami? 7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik ta‘sirlarni o`zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta‘lim va tarbiya berilganligi. 8. Ta‘limni indiniduallashtirishni ta‘minlash muammosi. Bolalarning layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga bo`lib o`qitish, har bir bolaning individual xususiyatlarga mos ta‘lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi. Yuqorida keltirilgan psixologik-pedaagogik muammolarni hal qilish o`qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko`nikma va malakalarni talab qiladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling