O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


Psixogerantologiya mavzusi bo‟yicha taqdimotlar


Download 7.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/41
Sana06.11.2023
Hajmi7.77 Mb.
#1751759
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi

Psixogerantologiya mavzusi bo‟yicha taqdimotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


97 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


98 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
II-QISM 
 
 
12-mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti va 
metodlari. 
 
Ma‘ruza mashg`uloti rejasi 
1. Pedagogik psixologiyaning predmeti. 
2. Pedagogik psixologiyaning vazifalari. 
3. Pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixi. 
4. Pedagogik psixologiya fanining tadqiqot metodlari 
Darsning maqsadi: 
Pedagogik 
psixologiyaning 
predmeti, 
pedagogik 
psixologiyaning 
vazifalari, pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixi, pedagogik psixologiya 
fanining tadqiqot metodlarini dalillab beradi. 
Pedagogik psixologiya -psixologiya fanining tarmog`i sifatida ta‘lim 
va tarbiyaning shaxsga samarali ta‘sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va 
mexanizmlarini o`rganuvchi fandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti 
o`quvchilarni maktabda bilim, ko`nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, 
bu jarayonlarda sodir bo`ladigan individual tafovutlarni, ularda mustaqil va ijodiy 
tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Pedagogik 
psixologiyaning muhim vazifalaridan biri -maktabdagi ta‘lim-tarbiya jarayonini 
yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo`lib, 


99 
bu hol yangi ta‘lim dasturiga o`tish bilan bog`liqdir. Pedagogik psixologiya uch 
bo`limdan iborat: ta‘lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o`qituvchi 
psixologiyasi.
Pedagogik psixologiyaning vazifalari: 
1) ta‘lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o`rganish; 
2) bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish; 
3) aqliy taraqqiyotning ishonchli ko`rsatkichlarini aniqlash; 
4) ta‘lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo`lish sharoitlarini 
o`rganish; 
5) pedagog va o`quvchilar o`rtasidagi, o`quvchilar va o`quvchilar 
o`rtasidagi o`zaro munosabat xususiyatlarini o`rganish; 
6) o`quvchilarga individual yondoshish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni 
o`rganish. 
7) pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini 
o`rganish.
 Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar:  
1. Bolaning rivojlanishida uning haotidagi har bir senzitiv davrni aniqlash 
va undan iloji boricha ko`proq foydalanish muammosi. Bu masalaning 
muammoliligi shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining 
barcha senzitiv davrlari ma‘lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha davom 
etishi va qachon tugashi noma‘lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o`ziga xos 
individual bo`lib, turli davrda har xil kechadi.
2. Bolaga ongli tashqil etilgan pedagogik ta‘sir va uning psixologik 
taraqqiyoti orasidagi bog`lanish muammosi. Ta‘lim va tarbiya bolaning 
rivojlanishiga ta‘sir etadimi, yoki u ta‘lim va tarbiya natijasida faqat bilim
ko`nikma va malakalarga ega bo`lib, uning intellektual va ahloqiy rivojlanishga 
ta‘sir qilmaydimi? Har qanday ta‘lim bolaning rivojlanishiga ta‘sir qiladimi yoki 
faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta‘lim-mi? 
3. Ta‘lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining 
har bir aniq davrida ta‘limga yoki tarbiyaga urg`u berish kerakmi?- bola hayotining 
ayni davrida nimaga ko`proq ehtiyoj sezadi: kognitiv -intellektual yoki shaxs 
sifatida rivojlanishgami? 
4. Pedagogik ta‘sirlarning kompleksligi va bola taraqqiyotining 
sistemaliligi xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy 
hislatlarning o`zgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning har biri alohida rivojlanishi 
mumkin, har birining rivojlanishi boshqa xususiyatlarga bog`liq. 
5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta‘lim 
va yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog`liqligi 
muammosi.Ta‘limni bola organizmida ma‘lum neyrofiziologik to‘zilmalar 
yetilmasdan boshlash mumkin-mi?Ta‘lim bolaning organik rivojlanishiga ta‘sir 
qiladimi? Agar ta‘sir qilsa, qanday darajagacha ta‘sir qiladi? 
Genotip hamda muhit bolaning psixologik va xulq-atvori rivojlanishiga 
alohida birgalikda qanday ta‘sir qiladi? 
6. Bolaning ongli ta‘lnm na tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu 
muammoni hal qilnshda ta‘lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima 
nazarda tutilishi: bolada 


100 
layoqatlarning mavjudligi ma‘nosidami yoki ta‘lim va tarbiyaga qobiliyatning 
rivojlanganligi ma‘nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojlanish darajasi 
mavjudligi ma‘nosidami, intellektual va shaxsiy yetuklikning ma‘lum darajasiga 
erishilganligi ma‘nosidami? 
7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik 
ta‘sirlarni o`zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta‘lim va tarbiya 
berilganligi. 
8. Ta‘limni indiniduallashtirishni ta‘minlash muammosi. Bolalarning 
layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga bo`lib o`qitish, har bir bolaning 
individual xususiyatlarga mos ta‘lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi. 
Yuqorida keltirilgan psixologik-pedaagogik muammolarni hal qilish 
o`qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko`nikma va 
malakalarni talab qiladi. 

Download 7.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling