O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi


Xarakter aksentuasiyasi -


Download 0.55 Mb.
bet44/53
Sana10.11.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1761747
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi-fayllar.org

Xarakter aksentuasiyasi - bu me’yorning eng oxirgi varianti bulib, bunda
xarakterning aloxida belgilari juda kuchayib ketadi. Buning natijasida ma’lum turdagi
psixogen ta’sirlarga nisbatan «tanlovchi zaiflik» yuzaga chikadi. Boshkacha psixogen
ta’sirlarga yaxshi va xatto yukori chidamlik saklanib koladi. Xarakter aksentuasiyasi
me’yorining eng so’ngisiga qarab, xarakter aksentuasiyasining ikki darajasi ajratiladi:
aniklik va yashirin (A.Ye.Lichko, L.A.Aleksandrov, 1973).
Anik aksentuasiya - me’yorning eng sunggi variantiga tegishli. U doimiy bo’lgan
ma’lum bir xarakter tipi belgilarini aks etishi bilan ifodatanadi. Aksentuasiyaning bu
darajasi o’smirning yakinlaridan to’plagan ma’lumot tengdoshlari orasidagi kuzatish.
diagnostik so’roknoma aniklanadi. Ammo ma’lum tip belgilarining ifodalanganligi
ijtimoiy adaptasiyaga tusik bo’la olmaydi. O’smir yosh davrida xarakter xususiyatlari
utkirlashadi, karshiligi eng kam bulgan xususiyat sifatida yo’nalgan psixogen omillar
ta’sirida adaptasiyaning vaktincha buzilishi xulk-atvorda «og’ishlar» bo’lishi mumkin.
Lekin keyinchalik kompensasiya kilinib, odatda adaptasiyaga xalal bermaydi.
Yashirin aksentuasiya - bu me’yorning eng oxirgi varianta emas, balki
me’yorning odatdagi variantiga tegishlidir. Odatdagi o’rganilgan sharoitda ma’lum bir
xarakter tipi kuchsiz yoki umuman ifodalanmagan bo’ladi. Hatto uzok vakt davomida
o’smir kuzatilganda xam har tomonlama o’zaro munosobatlarda xam uning tarjimayi holi
bilan tanilganda xam xarakterning ma’lum tapini aytish kiyindir. Ammo ushbu tip
oyelgilari «eng kam karshilik ko’rsatuvchi joyga» yukori talablar ko’yilgan vaziyat va
ruxiy shikastlar ta’siri ostida kutilmaganda yorkin yuzaga chiqishi kuzatiladi. Bu ikki
aksentuasiya darajasi turli omillar ta’sirida bir-biriga o’tib turishi mumkin: Bu omillar
ichida oila tarbiyasining xususiyatlari. ijtimoiy muhit, kasbiy faoliyat. jismonan soglik
muxim rol o’ynaydi.
A.Ye.Lichko 2 ta aksentuasiya tipini ajratadi. Bundan tashkari 14 aralash
variantlarini ko’rsatadi. Har bir tipni aniklashda fakat xarakterologik xususiyatlar emas,
balki klinik belgilar, jumladan nevropatiya, markaziy asab tizimining anorganik
shikastlanishi, fazasi affektiv buzilishlari xam kuzatiladi. A.Ye.Lichko xam aksentuasiya
xarakterning vaktincha o’zgarishi degan fikrda qoladi. Shu bilan birga ulardan ayrimlari
psixik kasalliklarga utadi yoki butun umr saklanishini kayd etadi. Aksentuasiyaning kelib
chikishida notugri tarbiyaning o’rni aloxida ta’kidlanadi. Xarakter aksentuasiyasi tiplari
kuyidagilardan iborat:

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling