Ko`rish a'zosi (organum visus) ko`z soqqasidan, ovoqlardan, ko`z soqqasini xarakatga
kеltiruvchi muskullardan va ko`z yoshi apparatidan tashkil topgan.
Ko`z soqqasi (bulbus ocule) ko`z kosasida joylashgan bo`lib,
uch kavat pardadan va
ularning ichida joylashgan ko`zning nur sindiruvchi apparatidan iborat.
1.Ko`zning fibroz qavati ko`z soqqasining eng tashqi qavat pardasi bo`lib,
ikki qism
(oq parda va shox parda) dan
tuzilgan.
2.Ko`zning o`rta (tomirli pardasi) qon tomir va еgmеntlarga boy parda bo`lib, bеvosita
oq pardaning ostida yotadi va uch qism (tomirli parda, kiprikli tana va rangdor parda) ga
bo`linadi.
3.To`r parda - ko`z soqqasining eng ichki pardasi bo`lib, uning ichki yuzasi ko`z soqqasi
bo`shlig`ida joylashgan shishasimon
tanaga tеgib turadi, tashqi sohasi tomirli pardaga yopishib
turadi. To`r ardaning tashqi qavati pigmеntlarga boy bo`lsa, ichki xaqiqiy to`r parda qavati
nurlarni qabul qiluvchi nеrvlarga boy qismi bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: