O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish haqidagi nazariyalar
Download 0.94 Mb.
|
iqtisodiyot nazariyasi maruzalar matni
1.Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish haqidagi nazariyalar.
Tsivilizatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti mazmunan aralash iqtisodiyot bo`lar ekan, bu yerda bozor regulyatori va davlat regulyatorlari qo`shilgan holda va birgalikda amal qiladi. Davlat mulk soxibi, lekin uning iqtisodiyotda tutgan o`rnini uning mulkdagi hissasi bilan o`lchab bo`lmaydi. Davlat mulkdor bo`lgani uchungina emas, balki hamma sub'ektlar manfaatini yakinlashtiruvchi kuch bo`lgani uchun ham uning iqtisodiyotni boshqarishdagi ahamiyati mulkdagi hissasiga qaraganda ancha kattaroq. Davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi uning muhim funktsiyasiga aylanadi. Ishlab chiqarishning ijtimoiylashuvi muqarrar bo`lganidan makroiqtisodiy miqiyosdagi aloqa va bog`lanishlarni uyushtirishni davlat o`z qo`liga oladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash deganda davlatning o`z chora-tadbirlari, o`zining iqtisodiy siyosati orqali takror ishlab chiqarishga ta'sir etishi tushuniladi. Bu ta'sir muttasil iqtisodiy o`sish va ommaviy farovonlikni oshirishga qaratiladi. Ammo uning kuchi va qo`llanish mikyosi turlicha. Agar Frantsiya, Shvetsiya va Avstriyada davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kuchli bo`lsa, Germaniya va AQSh da bu aralashuvi nisbatan kuchsiz. Davlat iqtisodiyotni tartibga solar ekan, mikroiqtisodiy faoliyatni rag`batlantirish orqali ishlab chiqarishning barqarorlashuvi va o`sishini ta'minlash, umumiqtisodiyot kelajagi uchun yo`l ochish, daromadlarni kayta taqsimlash vositasida sotsial muvozanatga erishish kabilarni mo`ljallaydi. Hozirda, davlat bir qator iqtisodiy vazifalarni bajarishi zarurligini xech kim inkor etmaydi. Ammo, davlat va bozor vositasini tartibga solish qanday nisbatlarda olib borilishi kerak degan masalaga turli nazariy qarashlar va yondashuvlar mavjud. Milliy xo`jalikni boshqarishda davlat monopolizmi mavjud bo`lishi kerak, degan fikrdan tortib iqtisodiyotda faqat cheklanmagan xususiy tadbirkorlik mavjud bo`lgandagina samarali iqtisodiyot bo`lishi mumkin, degangacha bo`lgan fikrlar ilgari suriladi. Bozor iqtisodiyotiga davlatning aralashuviga munosabat, uni vujudga kelishi va rivojlanishi har xil davrda har xil bo`lgan. Bozor munosabatlari tarkib topishi davrida (XVII va XVIII asrlar) merkantilistlar fikri hukmron bo`lgan. Uning mohiyati sanoat va savdoni rivojlantirish uchun davlat tomonidan iqtisodiyotning tartibga solishni zarurligida edi. XVIII asr oxirida merkantalizmni o`rniga kelgan klassik maktab namoyondalari A.Smit, D.Rikardo va boshqalar davlatning iqtisodiyotini tartibga solishga aralashuviga salbiy munosabatda bo`lganlar. Bu g`oyani birinchi marta A.Smit asoslab bergan. Uning fikricha bozor iqtisodiyotida asosiy tartibga soluvchi vositalar bozor mexanizmlari (talab, taklif, baho va raqobat) hisoblanadi. Bundan kelib chiqqan holda bozorga to`liq mustaqillik berilishi lozim. Davlat esa iqtisodiyotga aralashmaslik siyosatini olib borishi kerak. Hozirgi zamon neoklassik kontseptsiyalar (monetarizm, ko`tish nazariyasi) g`oyalari usha klassik maktab g`oyalaridan kelib chiqadi. Jamiyatda shunday sohalar borki, unga bozor mexanizmi ta'sir eta olmaydi. Bular birinchi galda ijtimoiy tovarlar, ya'ni jamoa bo`lib, iste'mol qilinadigan tovar va bajariladigan xizmatlar (milliy mudofaa, transport, ta'lim tizimi). Bu sohada ishlab chiqarishni tashkil etishni davlat o`z zimmasiga oladi. Undan tashqari, bozor mexanizmi hal eta olmaydigan muammolar mavjud. Ular quyidagilardir: atrof-muhitni muhofaza qilish, ishsizlik, inflyatsiya va boshqalar. Ushbu muammolarni hal etish uchun davlat aralashuvi zarur bo`ladi. XX asrning 30 yillariga kelib mamlakatlarda takror ishlab chiqarishga xos bo`lgan ziddiyatlar kuchaydi.Davlat hukumatlari oldida iqtisodiy inqirozlarni oldini oladigan, uning oqibatlarini yumshatadigan, inflyatsiya va ishsizlikni bartaraf etadigan milliy iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmini topish asosiy masala bo`lib qoldi. Ana shunday mexanizmni angliyalik iqtisodchi Dj.M.Keyns asoslab berdi.U iqtisodiy inqirozlar va ishsizlikning asosiy sababi, iste'mol buyumlari va ishlab chiqarish vositalariga iste'mol talabining yetarli emasligi deb ko`rsatadi.Bunga sabab, uning fikricha daromadlar usgan sari foydali ne'matlarga bo`lgan talabning o`sish sur'atlari pasayib boradi, ya'ni insonlarda iste'mol qilishga ishtiyok kamayadi va daromadlarni jamg`arish harakati kuchayib boradi. Dj.M.Keynsning fikricha, ayni vaqtning o`zida tadbirkorlarning ishlab chiqarish vositalariga bo`lgan talabi ham pasayib boradi, chunki foyda qisqarib boradi, uni kelajakda oladigan daromadlarga bo`lgan ishonchi yo`qolib boradi. Bunday sharoitda u pulini ishlab chiqarishga qo`yishdan yuqori foiz hisobiga qarzga berishni afzal ko`radi. Dj.M.Keyns ommaviy ishsizlikni muqarrar deb hisoblagan va «rejali», «tartibga solinuvchan» kapitalizmni tarkib toptirish mumkin deb hisoblagan. Buning uchun esa, davlatning, umuman iqtisodiyotni tartibga solishga aralashishi zarur deb hisoblagan. Davlat soliq tizimi va foiz me'yorini belgilab berish orqali iste'mol qilish ishtiyokiga ta'sir etishi kerak deb hisoblagan. Dj.M.Keyns davlat o`zining iqtisodiy sohasida olib boradigan siyosati vositasida, jami talab va taklifni bir-biriga muvofiqlashtirishi iqtisodiyotni tanazzul holatidan chiqarishi va keyinchalik barqarorlikni ta'minlashi kerak, degan fikrni ilgari surgan. AQSh prezidenti F.Ruzvelt hukumat yuritadigan iqtisodiy siyosatni ana shu g`oyalar asosida ishlab chiqdi va mamlakatni iqtisodiy tanazzuldan chiqara oldi Ruzvelt amalda banklarni markazlashtirdi, ularda taftish o`tkazdi, oltinni tashqariga olib chiqishni ta'kikladi, baholar ustidan davlat nazoratini o`rnatdi, fermerlarga kredit berishni ta'minladi. Nazariy jihatdan Keynsning qarashlari iqtisodiyot nazariyasida yangi, makroiqtisodiyot bulimi vujudga kelishiga sabab buldi. Amaliy jihatdan esa, 2 jahon urushidan so`ng mamlakatlar iqtisodiy siyosatining asosi qilib olindi. Ammo bu jarayon uzoq davom etmadi. Byudjet mablag`lari yetmaganligi sababli AQSh, Angliya va boshqa mamlakat xukumatlari soliqlarni yuqori ko`tarib yuborishlari natijasida tadbirkorlar va xodimlarning daromadlarini ko`paytirishga bo`lgan manfaatdorligi so`na boshladi. Byudjet kamomadini qoplash uchun hukumatlar kredit vositalari, zayomlar va ortiqcha pulni bosib chiqarishga qo`l urdilar. Bu esa, stagnatsiyaga (ishlab chiqarish sur'atlarning pasayishi, inflyatsiya, ommaviy ishsizlik) olib keldi va 70-yillar o`rtasi 80-yillar boshida jahonda kuchli iqtisodiy inqiroz ro`y berdi. M.Fridman 1974-1975 yildagi krizislar sababli, Amerika iqtisodiyotini barqarorlashtirish kontseptsiyasini ishlab chikdi.U inflyatsiyaning oldini olish uchun davlat muamaladagi pul hajmini qattiq nazoratga olishligiga asosiy e'tiborni qaratgan. AQSh, Buyuk Britaniya, Olmoniya va boshqa bir qator mamlakatlarda neokonservatorlar yo`riqlariga asosan iqtisodiy siyosat asosida «samarali taklif» - xususiy tadbirkorlikni rag`batlantiruvchi qoida asos qilib olindi. Erkin tadbirkorlik foydali bo`lishi uchun, foydadan va mehnat daromadlaridan olinadigan soliq stavkalar pasaytirildi. Davlat korxonalarining bir qismi xususiylashtirildi. Bu qilingan tadbirlar o`z samarasini berdi. AQSh va boshqa mamlakatlarda davlat byudjeti kamomadi qisqardi, muomaladagi pul miqdori kamaydi. Inflyatsiya sur'atlari 3-4 marta pasaydi, iqtisodiyotning rivojlanish sur'atlari o`sdi. Hozirgi sharoitda rivojlangan mamlakatlarda maxsulotlarning ko`p qismini ishlab chiqarish va sotish ishlari bozorlarni o`zaro bo`lib olgan monopoliyalar tomonidan nazorat qilinadi. Masalan, AQSh iqtisodiyotining ko`pchilik tarmoqlarida yirik firmalar harakat qiladilar. Ularning sarmoyalari mlrd.dollar bilan hisoblanadi. Shunga qaramasdan, bozor baholar darajasi va ishlab chiqarishning foydaliligi darajasiga ta'sir eta olish qobiliyatini saqlab kolgan. Ammo bozorning o`zi davlat tomonidan tartibga solinishiga muhtoj, chunki bozorning o`zi hal eta olmaydigan muammolar bor, bular muxtojlik, inflyatsiya, ishsizlik va hokazo. Demak, rivojlangan mamlakatlarda, ya'ni bo zor iqtisodiyotini hozirgi xususiyatiga ko`ra, qarama - qarshi bo`lgan 2 vosita, ya'ni bozor va davlatning bozor munosabatlariga aralashuvi tartibga soladi. Nazoratsiz bozor iqtisodiyoti jamiyat uchun ham, tabiat uchun ham o`ta halokatlidir. Chunki faqatgina davlat barqarorlikning, tinchlik osoyishtalikning, ijtimoiy himoyalashning, tashqi siyosatning va ekologiyaning muvozanatini ta'minlovchi hisoblanadi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling