O’zbekiston respublikasida 2023-yilda soliq tizimigakiritilgan o’zgartirishlar anotatsiya


Download 24.92 Kb.
bet3/6
Sana24.02.2023
Hajmi24.92 Kb.
#1226442
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
soliq

O’ZGARTIRISHLAR :
Qo‘shilgan qiymat solig‘i 
2023 yil 1 yanvardan boshlab QQS bo‘yicha soliq to‘lovchilarning toifasi, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, soliq hisobotini taqdim etish muddatlari o‘zgarmaydi.
Soliq stavkasi esa 15% dan 12 % gacha pasaytirildi.
Qoplanadigan (qaytariladigan) QQS summasining asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatlari 60 kundan 30 kungacha qisqartirildi.
2023 yilning 1 aprelidan quyidagilar bo‘yicha berilgan imtiyozlar bekor qilinadi: 
- Budjet mablag‘lari hisobidan har yillik mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida ko‘rsatiladigan geologiya xizmatlari bo‘yicha aylanma; 
Pochta markalari, markali otkritkalar, konvertlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma; 
- Budjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma; 
2023 yil 1 iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari xizmatlari bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar ham bekor qilinadi.
QQS bo‘yicha boshqa o‘zgarishlar
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan QQS to‘lovchilar deb e’tirof etilishi mumkin. 
QQS guvohnomasining amal qilish muddati to‘xtatilganligi munosabati bilan hisobga qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovar (xizmat)lar bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasiga, guvohnomaning amal qilish muddati tiklangan taqdirda, soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan davr uchun tuzatishlar kiritilishi (hisobga qabul qilinishi)ni nazarda tutuvchi tartib joriy qilindi. 
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida hisobda turadigan soliq to‘lovchilarga tovarlarni import qilish chog‘ida QQS to‘lovi hisobiga budjyetdan qoplanishi lozim bo‘lgan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish huquqi berildi. 
Foyda solig‘i 
2023 yil 1 yanvardan soliq to‘lovchilarning toifasi, soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi saqlab qolindi.
2022 yil 1 noyabrdan tovar (xizmat)larni eksportga realizatsiya qilishdan olingan foydaga, eksportdan olingan daromadning jami daromaddagi ulushidan qat’iy nazar, 0% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim. Bunda 2023 yil 1 yanvardan doimiy muassasalar orqali O‘zbekistonda faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlariga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foyda bo‘yicha 0% miqdoridagi soliq stavkasi qo‘llanilmaydi. 

Download 24.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling