O’zbekiston respublikasida 2023-yilda soliq tizimigakiritilgan o’zgartirishlar anotatsiya


Jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar


Download 24.92 Kb.
bet5/6
Sana24.02.2023
Hajmi24.92 Kb.
#1226442
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
soliq

Jismoniy shaxslardan olinadigan foyda solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlar 
Har ikki soliq turlari bo‘yicha soliq to‘lovchilarning toifasi, soliqlarning stavkalari, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash (shu jumladan, ShJBPHGA 0,1% o‘tkazish) tartibi saqlab qolindi.
Jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipoteka kreditlarini so‘ndirishga yo‘naltirganda, bir vaqtning o‘zida turar joy qiymati (bugungi kunda 300 mln so‘m) bo‘yicha talabni bekor qilgan holda, JShODS bo‘yicha soliq solinmaydigan daromad summasi 15 mln so‘mdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha (yoki 920 000x80=73,6 mln so‘moshirildi. 
2023 yil 1 apreldan jismoniy shaxslarning hayotini uzoq muddatga sug‘urtalash haqini to‘lashga yo‘naltiriladigan jismoniy shaxslarning daromadlari qismida JShODS bo‘yicha imtiyozlar bekor qilindi.
Qat’iy belgilangan miqdorlarda soliqni to‘lovchi jismoniy shaxslar (YaTT) uchun JShODS stavkasi 10% ga indeksatsiya qilindi. 
JShODS va ijtimoiy soliq bo‘yicha yillik soliq hisobotini taqdim etish muddatlariga o‘zgartirish kiritildi. 2022 yil yakunlariga ko‘ra yillik soliq hisobotini 2023 yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etish zarur. 
JShODSni hisoblab chiqarish maqsadida jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilindi.
Uy-joy va avtomobil ijarasi bo‘yicha minimal stavkalar oshadi
Aksiz solig‘i bo‘yicha qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgarishlar 
2023 yil 1 fevraldan neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 %ga indeksatsiya qilindi. 
2023 yil 1 yanvardan boshlab alkogol mahsulotlarini (kuchsiz alkogolli ichimliklar bundan mustasno) ishlab chiqarishda aksiz solig‘i aksiz to‘lanadigan mahsulot tarkibidagi etil spirtining ulushidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotining o‘lchov birligi “litr” deb belgilandi (ilgari “dal” edi).
2022 yilda aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkasi 1 dal uchun 138 000 so‘m (yoki 1 litr uchun 13 800 so‘m) miqdorida belgilangan edi. 
2023 yilda ushbu mahsulotlarga aksiz solig‘i stavkasi aksiz to‘lanadigan tovar tarkibidagi suv qo‘shilmagan etil spirtining 1 litri uchun 34 500 so‘m miqdorida belgilanmoqda. 
Masalan, aroq tarkibidagi etil spirti ulushi 40% ni tashkil etadi, 1 litr uchun aksiz solig‘i summasi 13 800 so‘mni (34 500 so‘m x 40%), 2023 yil 1 fevraldan esa indeksatsiyani hisobga olgan holda – 15 200 so‘mni (38 000 so‘m x 40%) tashkil etadi.
2023 yil 1 yanvardan quyidagilarga aksiz solig‘i stavkasi 5 baravarga oshiriladi va 1 litr uchun 7 450 so‘mni tashkil etadi:
- oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti;
- efiraldegidli fraksiyadan texnik rektifikatsiyalangan etil spirti;
- asosiy fraksiyadan etil spirti. 
2023 yil 1 yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlarini import qilishda aksiz solig‘i stavkalari 5% ga pasaytirildi.


Download 24.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling