O‘zbekiston respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘G‘risida [Ko‘chirma]


Download 103.08 Kb.
Sana25.01.2023
Hajmi103.08 Kb.
#1119561
Bog'liq
kiber 14-mustaqil ish

Toshkent axborot-texnologiylari universiteti Samarqand filiali Kompyuter injiniring 20-01-guruh talabasi Asatullayev Shaxzodning Kiberxavfsizlik fanidan mustaqil ishi Mavzu:O‘zbekiston respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. 03.04.2007 y. N PQ-614.

O‘zbekiston respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. 03.04.2007 y. N PQ-614.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AXBOROTNI KRIPTOGRAFIK MUHOFAZA QILISHNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA [Ko‘chirma] O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida” va “Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek axborotni muhofaza qilishning kriptografik vositalari hamda kriptografiya tizimlaridan foydalangan holda maxfiy yoki davlat sirlaridan iborat bo‘lgan ma’lumotla bayon etilgan axborotni muhofaza qilish faoliyatini tartibga solish maqsadida: Oldingi tahrirga qarang. 1. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi va mahsulotlar (xizmatlar)ni sertifikatlashni ta’minlovchi vakolatli organ hisoblanadi. (1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son) Oldingi tahrirga qarang. 2. Quyidagilar Davlat xavfsizlik xizmatining axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin: (2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son) axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari va tizimlarini rivojlantirish hamda foydalanish sohasidagi strategik ustuvor yo‘nalishlarni zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq ravishda shakllantirish va amalga oshirish; axborotni kriptografik muhofaza qilishni standartlashtirish, sertifikatlash va litsenziyalash, bu sohadagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirishni ta’minlash; axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, axborotni kriptografik muhofaza qilishning mahalliy vositalarini ishlab chiqish. 3. Belgilab qo‘yilsinki, quyidagilar: davlat sirlaridan iborat bo‘lgan ma’lumotlar bayon etilgan axborotni; davlat tashkilotlarining mulki hisoblangan maxfiy axborotni; tashkilotlar tomonidan tovarlar va xizmatlarni davlat tashkilotlari ehtiyojlari uchun yetkazib berishda ularning idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, maxfiy axborotini kriptografik muhofaza qilishda foydalaniladigan axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari, shu jumladan xorijda ishlab chiqarilgan vositalari majburiy ravishda sertifikatlashtirilishi shart.

4. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga* muvofiq; * 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan. O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini sertifikatlash to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. * 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan. 5. Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) “O‘zstandart” agentligi (R. Bo‘riyev) bilan birgalikda axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida tegishli standartlar, normativ va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etsin. 6. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (R. Qosimov), MXX bilan kelishilgan holda, axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishni ta’minlasin. 7. “O‘zstandart” agentligi (R. Bo‘riyev) belgilangan tartibda MXXni axborotni kriptografik muhofaza qilish sohasida mahsulot (xizmat)larni sertifikatlash huquqini olishga akkreditatsiyadan o‘tkazsin. Oldingi tahrirga qarang. 8. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalaridan yoki kriptotizimlardan foydalanishni nazarda tutuvchi axborot tizimlarini yaratish bo‘yicha loyihalar ekspertizasini o‘tkazishda mazkur loyihalarning DXX bilan kelishib olinishini ta’minlasin. (8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son) Oldingi tahrirga qarang. 9. Axborotni kriptografik muhofaza qilish mahalliy vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazish maqsadida xarid qilinadigan dasturiy va texnika vositalari, nazorat-o‘lchov hamda tadqiqot komplekslari, shuningdek foydalanish materiallari DXXning tasdiqlovchi xati bo‘lgan taqdirda bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan ozod etilsin. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)


10. Milliy xavfsizlik xizmati (R. Inoyatov) Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi Kotibi M. Atayev zimmalariga yuklansin.
Download 103.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling