O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy resurslari, ularning manbalari, ishlatish yo‘nalishlari Moliya resurslari


Download 328.09 Kb.
bet7/9
Sana28.10.2023
Hajmi328.09 Kb.
#1731244
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy resurslari, ularning manbalari, ishlatish yo‘nalishlari

5. Qimmatli qog`ozlar bozori
Qimmatli qog`ozlar, bu - qonunda belgilangan tartibda chiqarilgan va nominal qiymatga ega bo`lgan pulli xujjatlardir. Ular mulkchilik munosabatlarini ifodalaydi va qandaydir mulk yoki pul miqdoriga egalik qilish huquqini tasdiqlaydi. Qimmatli qog`ozlar dividend yoki foizlar ko`rinishida daromad to`lashni hamda mazkur xujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini ham nazarda tutadi.
Boshqacha qilib aytganda, egalik qilish huquqini tasdiqlovchi, divident yoki foizlar ko`rinishida daromad olishni ko`zlovchi, emissiya qiluvchi va sotib oluvchi o`rtasidagi o`zaro mulkiy munosabatni bildiruvchi, boshqa shaxslarga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi barcha pulli xujjatlar qimmatli qog`ozlar deb yuritiladi.
O`zbekiston Respublikasining "Qimmatli qog`ozlar va fond birjasi to`g`risida"gi Qonunida ko`rsatilishicha, mamlakatimiz hududida qimmatli qog`ozlarning quyidagi turlari amal qiladi: aktsiyalar, obligatsiyalar, xazina majburiyatlari, depozit sertifikatlari, veksellar, hosilaviy qimmatli qog`ozlar.
Aktsiyalar aktsiyadorlik jamiyatining ustav jamg`armasiga muayyan hissa qo`shganlikdan guvohlik beruvchi, uning egasiga jamiyat foydasining bir qismini olish va uni boshqarishda qatnashish huquqini tasdiqlovchi qimmatli qog`ozdir.
Aktsiyalar bo`yicha ularning egasi oladigan daromad divident deb aytiladi. Dividentlarning miqdori aktsiyadorlik jamiyatining yil davomida olgan foydasiga bevosita bog`liqdir. Katta foyda olgan jamiyatning o`z aktsiyadorlariga ko`proq divident to`lash imkoniyati mavjud bo`lsa, kamroq foyda olgan jamiyatlarning to`laydigan dividentlari ham kamroq bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasida chiqarilayotgan aktsiyalarning 2 xil turi mavjud bo`lib, ularning birinchisi ochiq va yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalaridir. Ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatlarining aktsiyalari ochiqchasiga muomalaga chiqarilib, keyinchalik aktsiyadorlarning roziligisiz qo`ldan-qo`lga o`tib, o`z egasini almashtirib turishi mumkin. Yopiq turdagi jamiyatlar aktsiyalari sarmoyadorlar o`rtasidagina taqsimlanib, faqat kompaniya umumiy yig`ilishining roziligi bilan qo`ldan-qo`lga o`tishi mumkin.
Aktsiyalarning ikkinchi turi, bu – egasining nomi yozilgan va faqat uning mulki hisoblanadigan aktsiyalardir. Aktsiya egasi jismoniy shaxs bo`lsa, uning familiyasi, agar yuridik shaxs bo`lsa, tashkilotning nomi ko`rsatiladi.
Aktsiyalar, shuningdek, oddiy va imtiyozli bo`ladi. Oddiy aktsiya egasi aktsiyadorlar umumiy yig`ilishida qatnashish huquqiga ega bo`lib, u oladigan dividentining miqdori jamiyatning yil davomidagi ish natijalariga bog`liq. Imtiyozli aktsiyalar egasi aktsiyadorlar yig`ilishida qatnashish, demak, jamiyatni boshqarishda ishtirok etish huquqiga ega emas. Aktsiya egasiga beriladigan imtiyoz shundan iboratki, unga to`lanadigan divident miqdori kafolatlangan bo`lib, jamiyatning ish natijalariga bog`liq emas.
Obligatsiyalar deyilganda, uning egasi ma`lum miqdordagi pul mablag`larini qarzga berganligini va uning evaziga ma`lum muddat o`tgandan keyin qarz belgilangan foiz bilan qaytarilishini tasdiqlovchi qimmatli qog`oz tushuniladi.
Obligatsiyalar, ularni chiqaruvchi, ya`ni emitentning xususiyatiga ko`ra 3 xil bo`ladi: davlat obligatsiyalari, munitsipal (mahalliy) obligatsiyalar va korxonalarning obligatsiyalari.
Xazina majburiyatlari, bu – ularning egalari tomonidan byudjetga ma`lum miqdordagi pul mablag`larini berilganini va ular ma`lum muddat davomida belgilangan daromadni olish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi qimmatli qog`ozlardir.
Tabiatan xazina majburiyatlari davlat obligatsiyalari bilan nihoyatda yaqin bo`lib, odatda 3 xil ko`rinishga ega:
1. Uzoq muddatli – 5 va undan ortiq yillik muddat;
2. O`rta muddatli – 1 yildan 5 yilgacha;
3. Qisqa muddatli – 3,6 va 9 oylik.
Jahon amaliyotida ularning birinchisi Bond, ikkinchisi Note va uchinchisi Bill deb yuritiladi.
Depozit sertifikatlari, bu – pulni omonatga qo`yilganligi to`g`risidagi va omonat muddati tugagandan keyin omonatchiga depozit summasi va tegishli foizlarni qaytarib olish huquqini beruvchi guvohnomadir.
Depozit sertifikatlari bank muassasalari tomonidan quyidagi ikki xil ko`rinishda chiqariladi:
1. Yuridik shaxslar uchun 1 yilgacha bo`lgan muddat bilan;
2. Jismoniy shaxslar uchun 3 yilgacha muddatga.
Sertifikat yuridik shaxslarga sotilganda, ular bilan bank o`rtasida shartnoma imzolanib, oldi-sotdi naqd pulsiz amalga oshiriladi. Jismoniy shaxslarning depozit (jamg`arma) sertifikatlari ularning arizalari asosida rasmiylashtiriladi.

Download 328.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling