O‘zbekiston Respublikasida davlatning strategik maqsadlariga erishish uchun yo‘naltirilgan islohotlarni davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirish talab etilmoqda
Xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash
Download 65.11 Kb.
|
g\'azna ilmiy loyiha 1
Xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash
Xarajatlar smetasi davlat maqsadli jamg‘armalari va ularning hududiy bo‘limlari tomonidan mazkur Nizomning muvofiq shaklda tuziladi va moliya yilining o‘ninchi martidan kechiktirmay tasdiqlanadi. IV guruh “Boshqa xarajatlar” bo‘yicha xarajatlar yoyilmasi mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan xarajatlar smetasining muvofiq shaklda tuziladi. Xarajatlar smetasi davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan ularga tegishli moliya yili uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratiladigan mablag‘lar hajmi doirasida tuziladi. Moliya yili uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hajmi davlat maqsadli jamg‘armalariga davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan yetkaziladi. Davlat maqsadli jamg‘armalarining hududiy bo‘limlariga moliya yili uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan mablag‘lar hajmini yetkazish tegishli davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg‘armalarining budjet loyihalari, xarajatlar smetasi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari ko‘rsatkichlariga va tejamkorlikning qat’iy rejimini hisobga olgan holda mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojga muvofiq amalga oshirilishi lozim. Xarajatlarni hisoblab chiqarishda quyidagilarga amal qilinishi zarur: davlat maqsadli jamg‘armasining qonunchilikka muvofiq asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlariga; qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat maqsadli jamg‘armalari xarajatlarining normativlariga; tovar va xizmatlarning davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlari va tariflariga. Jumladan: xarajatlar smetasiga ish haqi uchun jamg‘armadan ajratiladigan mablag‘lar qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan lavozim maoshlari, ularga qo‘shimcha haq to‘lash va ustamalar hamda amaldagi namunaviy shtatlar va shtat normativlariga rioya etilgan holda kiritiladi. Ishbay shaklda bajariladigan ishlar uchun ish haqi, moliya yiliga xarajatlar smetasida nazarda tutilgan shunday ishlarning hajmidan kelib chiqib xarajatlar smetasiga kiritiladi; ijtimoiy soliq to‘lovini to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijtimoiy soliq to‘lovi to‘lanadigan barcha to‘lov summalaridan kelib chiqqan holda kiritiladi; ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ish beruvchining barcha xodimlarining o‘tgan yilgi ish haqining haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda kiritiladi; xo‘jalik xarajatlari, jumladan kommunal xizmatlar uchun xarajatlar har bir tashkilotga ko‘rsatiladigan xizmat doirasida o‘tgan hisobot davridagi haqiqiy xarajatdan kelib chiqib yoki belgilangan limit (jismoniy hajmlar) doirasida hamda narx va tariflarni hisobga olgan holda hisoblanadi; telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflardan kelib chiqib hisoblanadi; davlat maqsadli jamg‘armalarining binolar, inshootlar, transport vositalaridan foydalanish, binolar va transport vositalari, shuningdek boshqa mulk ijarasi bilan bog‘liq xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan xarajatlar me’yori, limitlar va natural ko‘rsatkichlardan kelib chiqib aniqlanadi; xizmat safarlariga xarajatlar tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan vazifalardan, shuningdek qonunchilik hujjatlarida belgilangan me’yorlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi; budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo‘yicha boshqa xarajatlarni aniqlashda o‘zgacha ko‘rsatkichlar va uslublar qo‘llanilishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tegishli davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar yoki Moliya vazirligi tomonidan tekshiriladi. Davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar bo‘yicha ular tomonidan jamg‘armani saqlash, yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tuzilgan xarajatlar smetasidan tashqari belgilangan tartibda jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish bo‘yicha xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin. Davlat maqsadli jamg‘armalari va ular hududiy bo‘limlarining xarajatlar smetasi dasturiy majmuada ularning rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan elektron raqamli imzo bilan ushbu sana ko‘rsatilgan holda tasdiqlanadi. Bunda, xodimlar ish haqi jamg‘armasining summasini ajratgan holda smetada xarajatlarning umumiy summasi ko‘rsatiladi. Davlat maqsadli jamg‘armalari va ularning hududiy bo‘limlari tomonidan xarajatlar smetasi ko‘rib chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun u tasdiqlangan kundan kechiktirmay DMBAT tizimi orqali tegishli organlarga yuboriladi. Download 65.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling