. Xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritish
Xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritish
Davlat maqsadli jamg‘armalari va ular hududiy bo‘limlarining xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasiga budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlar doirasida o‘zgartirishlar kiritiladi.
Moliya vazirligining tegishli sohalarni moliyalashtiruvchi tarmoq tarkibiy bo‘linmalari tomonidan xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasiga kiritilgan o‘zgartirishlar (bundan davlat maqsadli jamg‘armalari va ular hududiy bo‘limlarining so‘rovi bilan kiritilgan o‘zgartirishlar mustasno) bo‘yicha davlat maqsadli jamg‘armalari va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarga mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdoriga o‘zgartirishlar haqida ma’lumotnoma-bildirishnoma (17-son shakl), shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari va ularning hududiy bo‘limlariga mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shakldagi Budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdoriga o‘zgartirishlar haqida ma’lumotnoma-bildirishnoma yuboriladi.
Budjet to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga asosan davlat maqsadli jamg‘armalari va ular hududiy bo‘limlarining so‘roviga ko‘ra xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar mazkur Nizomning muvofiq shaklda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
davlat maqsadli jamg‘armalari tuman (shahar) hududiy bo‘limlarining xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari tomonidan;
davlat maqsadli jamg‘armalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlarining xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan;
davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar yoki Moliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Bunda, xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasiga ularga o‘zgartirishlar kiritilishini asoslantiruvchi hujjatlar ilova qilinadi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari va ular hududiy bo‘limlarining xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlarni ko‘rib chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazish o‘n kunlik muddatda mazkur Nizomda xarajatlar smetasi va jamlanma xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xarajatlar smetasining IV guruh xarajatlari bo‘yicha o‘zgartirishlar xarajatlar iqtisodiy tasnifining kichik modda va elementlari doirasida kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |