O‘zbekiston Respublikasida davlatning strategik maqsadlariga erishish uchun yo‘naltirilgan islohotlarni davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirish talab etilmoqda


Davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritish


Download 65.11 Kb.
bet7/14
Sana06.04.2023
Hajmi65.11 Kb.
#1331295
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
g\'azna ilmiy loyiha 1

Davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritish
O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, har yili qabul qilinadigan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga asosan davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini ijro etish jarayonida daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasiga o‘zgartirishlar kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi hamda har yili qabul qilinadigan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuniga asosan davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasiga davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar va davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan o‘zgartirishlar kiritiladi.
Qonunchilik hujjatlari asosida davlat maqsadli jamg‘armalarining daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasiga Moliya vazirligi tomonidan o‘zgartirishlar kiritish davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlarning yozma so‘rovisiz amalga oshirilishi mumkin.

Budjet jarayonini takomillashtirish
To‘laqonli o‘rta muddatli budjetli rejalashtirishga o‘tish maqsadida soliq-budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va Davlat budjetini o‘rta muddatli davrga tayyorlash tamoyillarini, aniq maqsadlar va ularga erishish muddatlarini belgilovchi hamda fiskal tavakkalchiliklar tahlili hisobga olingan holda o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish choralarini ko‘rish zarur.

Shu bilan birga, soliq-budjet prognozlarini tayyorlashda davlat organlari tomonidan foydalaniladigan o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozlar ishonchliligini oshirish choralarini ko‘rish va bu ma’lumotlarni hisobot davri yakunlari bo‘yicha haqiqiy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash orqali baholab borish lozim.

Budjet jarayoni bosqichlari (O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarini tayyorlash, ko‘rib chiqish, qabul qilish va tasdiqlash) budjetni o‘rta muddatli rejalashtirishga o‘tilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining nazorat funksiyalari, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning (budjet mablag‘larini taqsimlovchilar) roli va funksional vazifalari qayta taqsimlanishi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqiladi.

Bunda, birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga dastlabki budjetdan ajratiladigan mablag‘larning chegaralangan miqdorlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan yetkazish orqali mazkur ajratilayotgan mablag‘larning Hukumat tomonidan belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiqligi hamda taqdim etiladigan budjet so‘rovlarining sifat darajasining oshishiga erishish ko‘zda tutilmoqda.




Download 65.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling