O‘zbekiston Respublikasida davlatning strategik maqsadlariga erishish uchun yo‘naltirilgan islohotlarni davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirish talab etilmoqda


Download 65.11 Kb.
bet10/14
Sana06.04.2023
Hajmi65.11 Kb.
#1331295
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
g\'azna ilmiy loyiha 1

Budjet ustuvorligini ta’minlash
Davlat budjetining to‘liqligi, ishonchliligi va Davlat budjetining strategik yo‘naltirilganligini ta’minlash maqsadida barcha davlat maqsadli jamg‘armalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridagi mablag‘larni Davlat budjetiga qo‘shish choralarini ko‘rish, shuningdek, budjet hisobotida Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining konsolidatsiyalashgan jami moliyaviy ko‘rsatkichlarini yagona shaklda taqdim etish zarur.
Ushbu chora-tadbirlar doirasida o‘rta muddatli budjetni rejalashtirishga to‘liq o‘tishni ta’minlash va ichki nazorat samaradorligini oshirish maqsadida Moliya vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar — budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning (oluvchilarning) roli va funksional majburiyatlari qayta ko‘rib chiqilishi lozim.

Davlat budjeti darajalari o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlash
Davlat moliyasini boshqarishning yanada oqilona va samarali tizimini ta’minlash maqsadida budjet tizimining budjetlari o‘rtasida ulardan har birining xarajatlar bo‘yicha majburiyatlarini aniq ajratishni va daromad olish manbalarini mustahkamlashni nazarda tutuvchi budjetlararo munosabatlarni takomillashtirish zarur.
Shu bilan birga, budjetlararo transfertlar miqdorini hisoblash va ajratishning yagona va shaffof uslubiyati joriy etiladi.
Shuningdek mahalliy budjetlarning barqarorligini ta’minlash uchun budjet qoidalarini kuchaytirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan budjet intizomi qoidalariga rioya qilishini qat’iy nazoratga olish talab etiladi.

Fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish
Davlat moliyasining uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash va oldindan prognoz qilish imkoniyatini oshirish uchun fiskal tavakkalchiliklar tahlilini va ularning oshkor etish jarayonini yaxshilash choralarini ko‘rish lozim.
Fiskal tavakkalchiliklarni tahlil qilish va boshqarish davlat sektorida soliq-budjet siyosatiga oid qarorlarni qabul qilish jarayoni samarali muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda fiskal tavakkalchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etish va boshqarish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan.

Asosiy makroiqtisodiy tavakkalchiliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor qilinishi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qarz olish ustidan qat’iy nazoratning mavjudligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumati nomidan berilgan davlat qarzlari va kafolatlari to‘g‘risidagi jami ma’lumotlar oshkor etilishiga qaramasdan, fiskal tavakkalchiliklarning alohida yo‘nalishlari oshkor qilinmaydi va hisobi yuritilmaydi.




Download 65.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling