O‘zbekiston Respublikasida davlatning strategik maqsadlariga erishish uchun yo‘naltirilgan islohotlarni davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirish talab etilmoqda


Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy etish


Download 65.11 Kb.
bet11/14
Sana06.04.2023
Hajmi65.11 Kb.
#1331295
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
g\'azna ilmiy loyiha 1

Tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini joriy etish
Fiskal tavakkalchiliklarni tahlil qilish va oshkor etishni o‘z ichiga olgan holda uzoq muddatli soliq-budjet barqarorligini baholash mahalliy davlat hokimiyati organlari va keng jamoatchilikda olib borilayotgan soliq-budjet siyosatining barqarorligi to‘g‘risida tasavvur hosil qiladi va, zarur hollarda, soliq-budjet siyosatiga o‘z vaqtida zarur tuzatishlar kiritish imkonini beradi.

Aktivlar va majburiyatlarni boshqarish tizimini mustahkamlash
Davlat boshqaruvi sektori juda katta miqdordagi moliyaviy aktivlarni tasarruf etadi. Ushbu aktivlarning asosiy qismini xorijiy valyuta va depozitlar, davlat korxonalariga berilgan kreditlar, shuningdek, davlat korxonalari kapitalida davlat ishtiroki doirasidagi aktivlar tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi va davlat kafolatining umumiy miqdori e’lon qilib boriladi, biroq budjet hisobotida davlat aktivlari va majburiyatlari va ular bilan bog‘liq tavakkalchiliklar aks ettirilmaydi.
Shu munosabat bilan aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish va ularni boshqarishning samarali tizimini, shu jumladan davlat sektorida shakllantirishda boshqaruvning moliyaviy balansini tayyorlash jarayonini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish talab etiladi.

Davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish
Qarz barqarorligining ishonchli baholanishini ta’minlash hamda o‘rta muddatda samarali qarz siyosatini olib borish maqsadida davlat qarzini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
Davlat qarzi bilan bog‘liq tavakkalchiliklar hisobini yuritish, tahlil qilish, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish va boshqarish tizimini yaxshilash uchun quyidagi birinchi navbatdagi vazifalarni amalga oshirish talab etiladi:
davlat qarzini boshqarishning o‘rta muddatli strategiyasini ishlab chiqish;
davlat qarzi barqarorligini tahlil qilish tizimini amaliyotga joriy etish va yanada takomillashtirish;
davlat qarzi to‘g‘risidagi ma’lumotlar sifatini oshirish.

Budjet hisobi standartlarini birxillashtirish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash hamda budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish
Davlat sektorida buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarini to‘laqonli joriy etish uchun qadrlar tayyorlash va tegishli dasturiy ta’minotlarni takomillashtirish zarur bo‘ladi va bu, o‘z navbatida, uzoq muddatni talab etadi.
Bundan tashqari, alohida vazirlik va idoralarda ichki nazorat va audit xizmati ta’sis etilgan.

Biroq, ichki audit xizmati faoliyatining huquqiy va uslubiy asoslari mavjud emasligi, ularning faoliyati faqat budjet mablag‘laridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish bilan bog‘liq holatlarni aniqlashga qaratilganligi tufayli ushbu xizmatlarni ko‘rsatish faoliyatining samaradorligi chegaralanib qolgan.




Download 65.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling