O‘zbekiston Respublikasida davlatning strategik maqsadlariga erishish uchun yo‘naltirilgan islohotlarni davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirish talab etilmoqda
Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish
Download 65.11 Kb.
|
g\'azna ilmiy loyiha 1
Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish
. Davlat maqsadli jamg‘armalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hududiy bo‘limlari va tuman (shahar) bo‘limlarining xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi taqdim etilgan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddatda mos ravishda davlat maqsadli jamg‘armalari va ularning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi taqdim etilgan kundan boshlab o‘n besh kunlik muddatda davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar yoki Moliya vazirligi (davlat maqsadli jamg‘armasining taqsimlovchi organi mavjud bo‘lmaganda) tomonidan ko‘rib chiqiladi. Hududiy bo‘limlar tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi mazkur bo‘limlarning rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqilishi mumkin. Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini ko‘rib chiqishda quyidagi talablarga rioya qilinishi lozim: tejamkorlik rejimiga amal qilgan holda xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasida asoslanmagan xarajatlar keltirib chiqaradigan tadbirlar uchun mablag‘lar kiritilishiga yo‘l qo‘ymaslik; alohida tadbirlarni o‘tkazish muddatlarini va ularni moliyalashtirishni ta’minlash imkonini hisobga olgan holda xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi bo‘yicha ajratilgan mablag‘larni chorak (oy)larga taqsimlashni ta’minlash. Ko‘rib chiqish jarayonida quyidagilar tekshiriladi: IV guruh bo‘yicha xarajatlar summasining IV guruh xarajatlari yoyilmasida ko‘rsatilgan summaga muvofiqligi; xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasiga kiritilgan xarajatlar bo‘yicha boshqa hisob-kitoblar va asoslantirish. . Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasining asoslanganligini qo‘shimcha o‘rganish maqsadida tegishli davlat maqsadli jamg‘armalari va ularning hududiy bo‘limlaridan xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzish hamda ijro etishning istalgan bosqichida ularga doir hisob-kitoblar talab qilib olinishi mumkin. . Agar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlar summasi belgilangan tartibda yetkazilgan summaga nisbatan ortiq bo‘lsa, xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlarning ortiqcha qismi qisqartiriladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasida xarajatlar summasining oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. . Davlat maqsadli jamg‘armalari ularning hududiy bo‘limlarining xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini mustaqil belgilaydi. Download 65.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling