Vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash
Davlat maqsadli jamg‘armalari va ularning hududiy bo‘limlari tomonidan vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash mazkur Nizomning muvofiq shaklda, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash esa mazkur Nizomningmuvofiq shaklda keyingi moliya yilining birinchi choragini oyma-oy bo‘lgan holda amalga oshiriladi.
Bunda, vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutiladigan mablag‘lar keyingi moliya yilining birinchi choragidagi daromadlar prognozidan ortiq bo‘lmasligi lozim hamda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun xarajatlar summasiga aniqlik kiritilishi mumkin.
Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun davlat maqsadli jamg‘armalarining vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi joriy moliya yilining 10-dekabrigacha tuziladi va tasdiqlanadi.
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi xarajatlar smetasi tasdiqlangunga qadar amalda bo‘ladi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan xarajatlar smetasida belgilangan birinchi chorak uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar vaqtinchalik xarajatlar smetasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lardan kam bo‘lmasligi kerak.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi mavjud bo‘lmagan taqdirda, joriy moliya yilining 1-aprelidan e’tiboran davlat maqsadli jamg‘armasining xarajatlari xarajatlar smetasi ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar to‘xtatib turiladi.
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash mazkur bobning muvofiq amalga oshiriladi.
Jamlanma xarajatlar smetasini tuzish va tasdiqlash
Davlat maqsadli jamg‘armalari va ularning hududiy bo‘limlari tomonidan jamlanma xarajatlar smetasi, budjet tizimi budjetlari xarajatlari tasnifiga muvofiq bo‘lim, kichik bo‘lim, bob va xarajatlar moddalari kesimida, bo‘ysunuvidagi hududiy bo‘limlarning xarajatlar smetasini, davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlar smetasini jamlash yo‘li bilan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakllarda tuziladi va moliya yilining 10-martidan kechiktirmay tasdiqlanadi hamda jamlanma xarajatlar smetasiga tarmoq, shtat va kontingentlar bo‘yicha jamlanma hisobotlar ilova qilinadi.
. Jamlanma xarajatlar smetasi bo‘yicha IV guruh xarajatlari yoyilmasi mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan jamlanma xarajatlar smetasining muvofiq shaklda tuziladi va tasdiqlanadi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha tarmoq, shtat va kontingentga doir rejaning bajarilishi to‘g‘risidagi hisobot shakllari mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan jamlanma xarajatlar smetasining tegishliligiga ko‘muvofiq shakllarda tuziladi hamda tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |