O‘zbekiston Respublikasida davlatning strategik maqsadlariga erishish uchun yo‘naltirilgan islohotlarni davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirish talab etilmoqda
Daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish hamda tasdiqlash
Download 65.11 Kb.
|
g\'azna ilmiy loyiha 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi hamda daromadlar va xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish
. Daromadlar va xarajatlar smetasi, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish hamda tasdiqlash
Davlat maqsadli jamg‘armalari va ularning hududiy bo‘limlari tomonidan daromadlar va xarajatlar smetasi mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda, jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi esa mazkur Nizomning 4a-ilovasiga muvofiq shaklda har yili tuziladi hamda tasdiqlanadi. Bunda, daromadlar va xarajatlarni rejalashtirish davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan daromadlar manbai va xarajatlar yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. . Davlat maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, tasdiqlash mazkur Nizomda davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlar smetalari va jamlanma xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg‘armalari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasining daromad qismi moliya yili boshidagi mablag‘lar qoldig‘i hamda daromadlarning manbalar kesimidagi prognozidan tashkil topadi. Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi hamda daromadlar va xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun davlat maqsadli jamg‘armalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hududiy bo‘limlarining vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi mos ravishda davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari tomonidan, davlat maqsadli jamg‘armalarining vaqtinchalik xarajatlar smetasi va jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi esa davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar yoki Moliya vazirligi tomonidan joriy moliya yilining 25-dekabriga qadar ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Davlat maqsadli jamg‘armalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hududiy bo‘limlarining xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi mos ravishda davlat maqsadli jamg‘armalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo‘limlari tomonidan, davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi esa davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar yoki Moliya vazirligi tomonidan moliya yilining 1-aprelidan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ularni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi yoki ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilganligi haqida davlat maqsadli jamg‘armalari hamda ularning tegishli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hududiy bo‘limlari shu kunning o‘zida xabardor qilinadi. Bunda, ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan taqdirda, xabarnomada rad etish sabablari va ularni o‘n kungacha bo‘lgan muddatda bartaraf etib, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qayta kiritish zarurligi ko‘rsatiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi davlat maqsadli jamg‘armalari hamda ularning tegishli hududiy bo‘limlari tomonidan xabarnomada belgilangan muddatda rad etish sabablari bartaraf etilgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qayta kiritiladi. Qayta kiritilgan xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini ko‘rib chiqish mazkur Nizomning 2-bobi 4-paragrafida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda, xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlari mazkur Nizomning tegishliligiga ko‘ra 35 va 36-bandlarida belgilangan muddatlardan oshib ketmasligi lozim. Xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi hamda jamlanma daromadlar va xarajatlar smetasi tasdiqlangan xarajatlar bo‘yicha quyidagi xarajatlar guruhiga ajratilgan holda umumiy tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi: ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar; ish beruvchilarning ajratmalari; kapital qo‘yilmalar; boshqa xarajatlar. Davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan jamg‘arma xarajatlarini moliyalashtirish (to‘lash) mazkur Nizom talablariga muvofiq tuzilgan va tegishli davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar yoki Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Davlat maqsadli jamg‘armalarining xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetasi, jamlanma xarajatlar smetasi, jamlanma vaqtinchalik xarajatlar smetasi unda tasdiqlangan barcha guruhlar bo‘yicha xarajatlarni, xarajatlar yoyilmasiga va ularning hisob-kitoblariga to‘liq mos kelishini tekshirgan holda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilinadi. Download 65.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling