О‘zbekiston Respublikasida ekalogiya huquqi rivojlanishining aholi ekalogik ongiga ta’siri


Download 0.84 Mb.
bet13/21
Sana27.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1133530
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY VA EKOLOGIK MUAMMOLARI

birinchidan, ekologik-huquqiy bilim, ya’ni insonning tabiat, jamiyat tо‘g‘risidagi, atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq muammolar, tabiat bilan bog‘liq qarashlar hamda urf-odatlar tо‘g‘risidagi tasavvur va kо‘nikmalar yig‘indisi;
ikkinchidan, atrof-muhit va ekologiyaga bо‘lgan munosabat, ya’ni hozirgi kundagi ekologik muammolarga nisbatan befarq bо‘lmagan, tabiiy muhitning yomonlashuviga qarshi bо‘lgan va uni bartaraf etish yо‘llari hamda choralarini topishga tayyorlik; 
uchinchidan, ekologik-huquqiy xatti-harakat, ya’ni har kungi ekologik xulq-atvor elementlarini о‘z ichiga oladi.
Oilada ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyaning olib borilishi yoshlarni tabiatga, atrof tabiiy muhit va uning boyliklarini sevishga, muhofazalash hamda bundan oqilona foydalanishdagi dastlabki ekologik-huquqiy ongini, tafakkurini hamda tushunchalarini shakllantirishga yordam beradi. Maktabgacha bо‘lgan muassasalarda ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyaning olib borilishi esa, yosh bolalarni oilaga nisbatan ekologik-huquqiy ongi, tafakkurining ancha shakllanganidan dalolat beradi.
Shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida olib boriladigan ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya jarayoni, yoshlar hayotida asosiy hal qiluvchi bosqichlardan biridir. Mamlakatimizda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining bunyod etilishi hamda zamon talabi darajasidagi rekonstruksiya qilinishi yoshlarimizga yangi zamon talabi doirasidagi ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya jarayonini egallashga yordam beradi.
Bu davrda yoshlarimiz ekologik qonunlar va ularning mohiyati hamda mazmunini kengroq о‘rganadilar, shuningdek, olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash imkoniyatiga ham ega bо‘ladilar. Oliy о‘quv muassasalarida yoshlarimiz bevosita aniq yо‘nalish va mutaxassisliklarga ega bо‘lib, ekologik-huquqiy bilim saviyalarini о‘z sohalari asosida о‘zlashtiradilar.
Magistratura va aspirantura jarayonida esa aniq mutaxassis bо‘lgan, chuqur ekologikhuquqiy bilim saviyaga, ma’naviyat va madaniyatga ega bо‘lgan yoshlarimiz hayot va ilm-fan yо‘lidagi kо‘plab ijobiy ishlarni amalga oshirib, ilm-fan sohasida magistrlik va doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladilar.
Yuqoridagilar shuni kо‘rsatmoqdaki, yoshlarga doimiy ravishda ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyani olib borishda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiqdir:
Birinchidan, yoshlarda ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyaning uzluksizligiga, chambarchas olib borilishi va о‘qitilishiga hamda oilada olingan ekologik-huquqiy bilimlarning samaradorligiga erishish;
ikkinchidan, amaldagi О‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish tо‘g‘risida”gi, “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonunlariga yoshlarga ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya berish bilan bog‘liq talablarni kiritish hamda unda oiladagi ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya olib borish jarayonini alohida kо‘rsatish;
uchinchidan, yoshlarga ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya berish sohasida tegishli vazirlik, qо‘mita va korxona, muassasa, tashkilotlarning о‘zaro hamkorligini kuchaytirish;

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling