О‘zbekiston Respublikasida ekalogiya huquqi rivojlanishining aholi ekalogik ongiga ta’siri
Atrof tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati
Download 0.84 Mb.
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY VA EKOLOGIK MUAMMOLARI
Atrof tabiiy muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati
Xo`sh, ekologiya sohasida kishilik jamiyati tomonidan e'tirof etilishi mumkin bo`lgan yagona yo`l nimadan iborat, degan o`rinli savol tug`iladi. Mazkur yo`l, bizning fikrimizcha, umuminsoniyat qadriyatlarini ifoda etuvchi, xalqaro huquq prinsiplaridan kelib chiquvchi va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlovchi huquqiy-demokratik yo`ldir. Chunki turli toifadagi kishilar, davlatlar, millatlar, xalqaro uyushmalarning fikrlarini umumlashtiruvchi masala barqarorlikdir. Har bir inson avvalambor o`z tinchligi, sihat-salomatligi, baxtli hayoti uchun qayg`uradi, albatta. Ushbu ezgu niyatlari amalga oshirish uchun odamlar butun kuch-qudratini ishga soladilar. Ular jamoa, uyushma, oqim, davlatga birlasha-dilar. Insoniyatning hozirgi rivojlanish bosqichida bunday hatti-harakat kishilarning yurish-turish qoida va me'yorlarini yozma ifodasi orqaligina amalga oshiriladi. Ijtimoiy munosabatlarning ana shunday yozma ifodasi fanda huquq deb ataladi. Atrof tabiiy muhit, ya'ni tabiatni muhofaza qilish, uning buzilgan qismlarini qayta tiklash va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish jarayonida kishilar o`rtasida yuzaga keladigan munosabatlar ijtimoiy ekologik munosabatlar turkumiga kiradi. Ularni esa, fanda umumlash-tirilgan tarzda ekologik munosabat, deb ataydilar. Barqaror rivojlanish yo`lida turgan har qanday davlat uchun huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish pirovard maqsad hisoblanadi. Unda xalq irodasi qonunlarda aks etadi, fuqarolar esa davlat boshqaruvida faol ishtirok etishlari qonun ustuvorligini ta'minlashda va adolatni yuzaga chiqarishda so`zsiz xizmat qiladi. Prezidentimiz Islom Karimov 2002-yil avgustdagi Oliy Majlisning II chaqiriq 9-sessiyasida qilgan ma'ruzasida O`zbekiston Respublikasida demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini o`rnatishning asosiy sohalarini ko`rsatib berdi. Unda hamma ijtimoiy munosabatlar faqatgina huquqiy yo`llar orqali tartibga solinishi kerakligi, ana o`shandagina ijtimoiy muhofazalangan bozor iqtisodiyotiga yetib borishimiz mumkinligi ta'kidlangan edi. Ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun milliy va xalqaro huquqda ekologik me'yorlar va qoidalarni tabiat qonuniyatlariga mos ravishda ishlab chiqish, ularni vakolatli organ, tashkilot yoki ham-jamiyatlar tomonidan qabul qilish, uning ishtirokchilari o`rtasida ushbu me'yorlarni umummajburiy kuchga ega qilish va albatta, huquqbuzarlarga nisbatan yuridik oqibatlarni keltirib chiqarish mexanizmini yaratish zarur. Aks holda, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning huquqiy jihatdan tartibga solish imkoniyatini yuzaga chiqarish aslo mumkin emas. Shunday qilib, ekologik munosabatlarni huquqiy tartibga solish nafaqat tabiat muhofazasiga, balki xalqlar va davlatlar o`rtasida barcha mahalliy, regional va global masalalarni tinch-totuvlik blan hal etish hamda insoniyatni barqaror rivojlanish tamoyillariga rioya qilishga olib keladi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling