Ma'muriy-huquqiy usul - davlat va huquqning muhim usullaridan biri bo`lib, davlatning majburlov chora-tadbirlarining qo`llanilishda na-moyon bo`ladi.
Ekologiya huquqida ma'muriy-huquqiy usul keng qo`llanilib, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik xavfsizligini ta'minlovchi qoida-talablarning belgilani-shi, barcha yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan qabul qilinishining majburiyligi, ekologik qoida-talablarni buzganlik uchun javobgarlik chora-tadbirlarining qo`llanilishida katta ahamiyatga egadir.
Fuqaroviy-huquqiy usul ekologiya huquqida tobora rivojlanib borayotgan usul sifatida bevosita ekologik-huquqiy munosabatlar ishtirok-chilarining tengligi, mulkning daxlsizligi, moddiy rag`batlantirish, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishda iqtisodiy chora-tadbirlarning qo`llanilishda namoyon bo`ladi.
Ekologiya huquqi – tabiat-jamiyat tizimidagi murakkab munosabat-larni tartibga soladi, shuning uchun ham turli tushunchalar, institutlar, toifalar keng qo`llanib, ekologik-huquqiy qoida-talablarni qo`llanilishi va mazmunini ochib berishga xizmat qiladi.
Ekologik huquqiy munosabatlar tizimini o`rganishni oson bo`lishi uchun o`ziga xos institut, toifa va nazariy qoidalar majmuini birlashtirgan holda ekologiya huquqi o`z tizimiga ega.
Biz murakkab ekologik huquqiy munosabatlar yo`nalishlarini tahlil qilish va o`rganishni yengillashtirish maqsadida ekologiya huquqi tizimini ikki qismi, ya'ni umumiy va maxsus qismga bo`lib o`rganamiz.
Ekologiya huquqining umumiy qismi
- tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro bog`liqligi;
- ekologiya huquqining tushunchasi, predmeti va tizimi;
- tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi;
Do'stlaringiz bilan baham: |