II BOB. O‘zbekiston Respublikasida ekalogiya huquqining aholi ekalogik ongiga ta’siri
2.1. O‘zbekistonning ekologik siyosati va atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati.
Tabiat va jamiyat o`rtasidagi o`zaro ta'sirlar natijasida turli ijtimoiy munosabatlar paydo bo`ladi. Ushbu sohada ijtimoiy munosabatlarni biz ijtimoiy-ekologik munosabatlar deb ataymiz.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ijtimoiy-ekologik munosabatlar shakli, mazmuni jihatdan turli-tuman bo`lib, ushbu munosabatlarni tartibga solishda ham keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ijtimoiy-ekologik munosabatlarni yo`nalishlarini ilmiy jihatdan asos-langan holda oqilona aniqlash o`z navbatida, ushbu munosabatalrni tartib-ga solish huquqiy mexanizmini ixchamlashtiradi va amalga oshirishga yordam beradi.
Bugungi kunda tabiat-jamiyat tizimidagi ijtimoiy munosabatlar uchta quyidagi asosiy yo`nalishlarda paydo bo`ladi:
1. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq ekologik - huquqiy munosabatlar;
2. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bilan bog`liq ekolo-gik-huquqiy munosabatlar;
3. Aholini ekologik xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan ekolo-gik-huquqiy munosabatlar.
Ushbu ekologik-huquqiy munosabatlar yo`nalishlari o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra bir-biri bilan chambarchas bog`liq bo`lib, jamiyatning tabiat bilan o`zaro ta'sirlar tizimida tutgan o`rni muammolarni hal qilishda qo`llaniladigan chora-tadbirlari, uslublari va o`ziga xos xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish - yer, yer osti boyliklari, suv, o`rmon, hayvonot va o`simlik dunyosi hamda atmosfera havosini muhofa-za qilish, tabiiy hosilalar va ekologik komplekslarni saqlash, qayta tiklash, atrof muhitning biologik xilma-xilligini ta'minlash bilan bog`liq qoida-talab, chora-tadbirlarning yig`indisi hisoblanadi. Ayniqsa, XX asrda tabiiy muhitni muhofaza qilish yo`nalishiga katta e'tibor beriliib, har bir davlatda turli dastur, rejalar va qonunchilik hujjatlari qabul qilingandir.
Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari, qoida-talablari muho-faza ahamiyatidagi ijtimoiy-ekologik munosabatlarini tartibga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |