О‘zbekiston Respublikasida ekalogiya huquqi rivojlanishining aholi ekalogik ongiga ta’siri


Ekalogik huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish muammolari


Download 0.84 Mb.
bet10/21
Sana27.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1133530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY VA EKOLOGIK MUAMMOLARI

2.2. Ekalogik huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish muammolari

Bugungi kun yoshlarida ekologik-huquqiy ong va madaniyatni shakllantirish, ularni tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lishga о‘rgatish, noyob tabiatni asl holicha avlodlar uchun asrab-avaylash hissini oshirish orqali atrof-muhitga bо‘lgan salbiy ta’sirning oldini olish mumkin. Buning uchun yoshlar ongida ona yer, ona tabiat, ona Vatanga, uning tabiiy boyliklariga bо‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘usini yanada rivojlantrishimiz lozim. Yurtimiz mustaqillikka erishgach, atrof-muhitni muhofaza qilishda ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyaning muhim va hal qiluvchi rolini anglagan holda, bu tizimni, uning tarkibiy qismi bо‘lgan fanlarni takomillashtirish ustuvor vazifalardan qilib belgilandi.


Umumiy ta’lim jamiyat rivojida zarur tayanch bо‘lsa, ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiya va madaniyat har qanday mamlakatda insonlarning tо‘laqonli sog‘lom turmish kechirishi uchun zarur bо‘lgan mо‘tadil atrof-muhit sharoitiga bо‘lgan huquqlar daxlsizligining muhim kafolatidir. Bu kafolat mamlakat taraqqiyoti, davlat mustaqilligi, sog‘lom turmush tarzi, millatlararo ekologik aloqalar, ekologiya borasida insonlarning huquqlarini ta’minlashga, majburiyatlarni bajarishga shart-sharoit yaratadi. Ushbu kafolatlar, avvalo, Konstitutsiyamizning 50-, 55-moddalarida о‘z ifodasini topgan. Uning asosida qabul qilingan sohaga oid qonunlar va boshqa hujjatlarga singdirilgan. Ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyaning asosiy vazifasi barcha о‘quv muassasalari tinglovchilariga ekologik qonunchiligimizni, birinchi navbatda, Konstitusiyada belgilangan burchlarni о‘rgatish va tabiatga hurmat ruhini shakllantirishdan iborat. Ana shu nuqtai nazardan qaraganda, bunday huquqiy ta’lim-tarbiyaning ahamiyati о‘ta muhimdir. Ekologik-huquqiy ta’lim asosida о‘z huquqlari va burchlarini yaxshi bilgan jamiyat a’zolarigina ijtimoiy hayotning barcha sohalarida ongli ravishda mehnat qiladi va ularning yaratuvchanlik faoliyati ancha yuqori bо‘ladi. Ekologik ta’lim-tarbiya berishda tarixiy merosdan samarali foydalanib, ularni bugungi zamon talablari bilan bog‘liq holda yoshlar ongiga singdirish ham muhimdir. Bulardan Sohibqiron Amir Temurning obodonchilik, atrof-muhitni kо‘kalamzorlashtirish, bog‘u rog‘lar yaratish borasida olib borgan ishlarini aytib о‘tish kerak. Konstitutsiya va ekologik qonunlarning ezgu maqsadlarini, tabiiy muhitni muhofaza qilish g‘oyasini aniq kо‘rsata bilish ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiyaning muhim vazifalaridan biri bо‘lmog‘i lozim. 
Ekologik madaniyat bu — tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini chuqur anglagan holda unga zarar yetkazmay asrab-avaylashdir. Bu madaniyatni aholiga yetkazish, targ‘ibot va tashviqot qilish lozim. Buning zamirida esa zarur ekologik bilimlarni chuqur о‘zlashtirish muammosi yotadi.
Aholining tabiatni muhofaza qilish oldida turgan mas’uliyatli burchi va bu burchni anglagan holda atrof-muhitga ongli munosabatda bо‘lishi, о‘zida mustahkam ekologik tarbiya, ekologik ma’rifat va ekologik axloqni jamlash hissini yaratishi muhimdir.
Avvalo ekologik madaniyat oiladagi tarbiyadan boshlanadi. Oilaviy muhit va axloqiy tarbiya natijasida farzandlar ongida atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabat paydo bо‘lishi, yoshlarning tabiatni sevishi va ardoqlashi, har bir ne’matning qadriga yetishi muhim vazifa. Qolaversa, bola tarbiyasida hozirda jahon miqyosida hayot-mamot masalasiga aylangan ekologik dunyoqarashni rivojlantirish hissi muhim о‘rin tutadi.
Ayni paytda, jamoatchilik e’tiborini atrof-muhitni asrash masalalariga qaratish g‘oyat dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Shunga kо‘ra, har bir insonda atrof-muhitni asrash madaniyatini shakllantirish va yuksaltirish barchamizning diqqat-e’tiborimizda bо‘lmog‘i lozim.
Shu maqsadlar sari yurtimizda Tabiatni muhofaza qilish davlat qо‘mitasining organlari, vazirliklar va idoralar, ta’lim muassasalari, korxona va birlashmalar, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqalarning birgalikdagi say’-harakatlari bilan keng aholi qatlamlari о‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalarini targ‘ib qilish bо‘yicha maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.
Tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bо‘lish, azaliy an’analarimizni tiklash, har bir shaxs va butun jamiyatning axloqiy hamda ma’naviy tarbiyasini takomillashtirish g‘oyatda muhim. Ekologik madaniyat tushunchasi, azaldan barcha xalqlarning turmush tarzida muayyan darajada mavjud bо‘lsa-da, maxsus fan sifatida G‘arb olimlari tomonidan XX asrning ikkinchi yarmida ilgari surilgan.
Yurtboshimiz Islom Karimov «О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» nomli strategik ahamiyatga molik kitobida haqli ravishda ta’kidlaganidek: «Ma’naviy-ruhiy tiklanish insonning yerga va uning boyliklariga bо‘lgan munosabatni ham о‘z ichiga olishi lozim. Sivilizatsiya belgilarini asrab-avaylash qanchalik zarur bо‘lsa, qishloq xо‘jaligi ming yillar mobaynida butunlay sug‘oriladigan dehqonchilikka asoslangan mintaqada yer va suvni asrab-avaylash ham shunchalik muhimdir. Yer, xavo, suv va olov (Quyosh) Markaziy Osiyoda qadimdan e’zozlab kelingan, ajdodlarimizning zardushtiylikdan tortib to islomgacha bо‘lgan barcha dinlari tomonidan munosib qadrlab kelingan”.
Ekologik madaniyat kо‘p jihatdan huquqiy ong, huquqiy madaniyat va uning jamiyatdagi egallagan mavqeiga ham bog‘liqdir. Shu boisdan ham eko­lo­gik tarbiyaning huquqiy asosi tabiatni muhofaza etishga doir qo­nun­lar­da, fuqarolarning konstitusion huquq va burchlarida о‘z ifodasini top­gan. Normativ hujjatlar kishining tabiat ne’matlariga aql bilan yon­da­shib, undan tejamkorlik bilan foydalanishini qonun doirasida nazo­rat qi­la­­di.
Bugungi kunda dunyo miqyosida yuz berayotgan umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolarni imkon qadar hal etish va ekologiyamizni yaxshilash va ekologik tanazzulning oldini olish uchun avvalo ekologik madaniyatimizni mustahkamlash, bu madaniyatni avvalo qalbimizga singdirishimiz lozimdir. Shundagina qalbimizda ulkan bir ekologik dunyoni barpo etamiz va bu dunyoga bо‘lgan mustahkam muhabbatni kashf etamiz.

        1. Download 0.84 Mb.

          Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling