О‘zbekiston Respublikasida ekalogiya huquqi rivojlanishining aholi ekalogik ongiga ta’siri


Download 0.84 Mb.
bet18/21
Sana27.01.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1133530
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY VA EKOLOGIK MUAMMOLARI

Talim muassasalari
Milliy boyliklarimiz, urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimizdan darslarda о‘rinli, maqsadli foydalanish, atrof-muhitning toza va musaffoligi nafaqat mamlakatimiz, balki sayyoramiz uchun hayotiy zarurat ekanligini tushunib yetishga yordam beradi. Milliy qadriyatlarga suyangan holda ekologik ta’lim-tarbiya elementlarini о‘quvchilarga singdirib borish zarur. Ta’lim muassasalarida ekologik bilimlarni targ‘ibot va tashviqot ishlarini kuchaytirish maqsadida ularda “Ekologik markaz”, “Ekologiya klubi” tashkil etish, muntazam ravishda ekofestivallar hamda tanlovlar о‘tkazib turish ijobiy samaralar beradi.
Mahalla
Mahallalar ham ekologik ta’lim-tarbiyaning о‘ziga xos о‘choqlaridan biridir. Azaliy qadriyatlarimiz hisoblangan umumxalq hasharlarini о‘tkazish va unga kо‘proq yoshlarni jalb etish ularning tabiatga nisbatan tо‘g‘ri munosabatini shakllantirishga yordam berishi shubhasiz. Binobarin, ota- bobolarimizdan bizga meros hisoblanmish ona tabiatni sofligicha kelgusi avlodlarimizga yetkazish nafaqat tabiatni muhofaza qiluvchi mutaxassislar, balki har bir inson uchun ham qarz, ham farzdir.
Shu bilan bir qatorda, yoshlarning ekologik madaniyatini oshirishda quyidagi usullardan foydalanish muhim ahamiyatga ega:

  • yoshlar ishtirokida ekologiyaga oid mavzularda seminar treninglar tashkil etish;

  • ekobog‘lar barpo etish, ekologik hasharlar va aksiyalar о‘tkazishga yoshlarni keng jalb qilish;

  • ekologik mavzularda tanlovlar tashkil etish;

  • ekologik adabiyotlar kо‘rgazmasini tashkil etish;

  • talabalarning ilmiy konferensiyalarini tashkil etish va ijtimoiy reklamalarni kо‘paytirish;

  • ekomarafon va boshqa turli sport о‘yinlarini оtkazish;

  • bog‘cha va maktablarda ekologik tо‘garaklar tashkil etish;

  • ekologik sayohatlar uyushtirish;

  • yurtimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, о‘sib kelayotgan avlodning ekologik madaniyati, dunyoqarashi, bilim va mas’uliyatini oshirib borish bilan bog‘liq ommaviy axborot vositalarida maqolalar chop etish, telekо‘rsatuvlar, radioeshittirishlar va maxsus dasturlarni muntazam ravishda efirga uzatish.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling