O‘zbekiston Respublikasida ishsizlikni kamaytirish va aholining ish bilan bandligini ta’minlash siyosatining xususiyatlari
Yh – Yp YuZ = --------------- 100
Download 36.13 Kb.
|
Miqroiqtisodiyot
Yh – Yp
YuZ = --------------- 100 Yp Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq foydalanilgan sharoitda mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi. Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo‘q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi. Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo‘lsa, YaIM uzilishi shuncha ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham potensial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM dan katta bo‘ladi. Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, Ouken qonuni deyiladi.24 Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. YaIMning pastroq darajasi o‘z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo‘lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi. Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo‘qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig‘ida deb hisoblanadi.25 Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: Yuz = -2.5 [ u – u*] Bu yerda: u* – ishsizlikning tabiiy darajasi; u – ishsizlikning haqiqiy darajasi. YaIM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini formulasini umumlashtirib quyidagi formulani olamiz: Yh – Yp ------------- 100 = - β [ u –u*] Yp Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bog‘liqlikning teskari jihatiga e’tibor qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki YaIMning 2-3 foizga o‘sishi davriy ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. Ya’ni dastlabki 1 foizlik iqtisodiy o‘sish fan-texnika taraqqiyoti natijasida resurslardan foydalanish samaradorligi hisobiga erishilishi mumkin, shuningdek, bu paytda aholi sonining ko‘payishi ham ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki 2-3 foizdan yuqori bo‘lgan har 2-3 foiz iqtisodiy o‘sish esa davriy ishsizlikni 1 foizga qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak, 1 foizlik davriy ishsizlikni tugatish uchun yillik 4-6 foizlik iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi kerak. 3. Ishsizlik mehnat bozorining asosiy muammolaridan biri bo‘lib, biror bir mamlakat iqtisodiyotning bu “nuqsoni”dan hali qutulganicha yo‘q. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bu ko‘rsatkichning yillar bo‘yicha o‘zgarishi uning bir me’yorda bo‘lmaganini ko‘rsatadi. Jumladan, 2000–2006 yillarda mamlakatimizda ishsizlik darajasi 0,3-0,4 foizni tashkil etgan. Lekin, 2007 yildan boshlab real ishsizlik darajasi o‘rtacha 5 foiz va undan yuqori darajada bo‘lmoqda. Bu holatni shunday izohlashimiz mumkinki, O‘zbekiston Respublikasida 2007- yilning 1 iyuligacha amal qilib kelgan mehnat resurslari balansi shakli Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 31- yanvardagi “Aholini ish bilan bandligini hisobga olish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 42- sonli Qarori bilan tasdiqlangan metodika asosida hisoblab kelinar edi. Mazkur balans Prezident farmon va qarorlari asosida mamlakatda ish 40 bilan bandlikning yangi noan’anaviy shakllarining (uy mehnati, kasanachilik, oilaviy biznes, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qoramol etishtirish, xizmat ko‘rsatish va servis) paydo bo‘lishi natijasida o‘z qamrovini yo‘qotdi. shuningdek, mazkur metodika respublika aholisi va uy xo‘jaliklari statistikasini yuritish va ularning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlari monitoringini amalga oshirishda xalqaro standartlar va yangi talablarga javob bermay qo‘ydi. Shundan kelib chiqqan holda 2007- yil 24- mayda Vazirlar Mahkamasining “Ishga joylashtirishga muhtoj ish bilan band bo‘lmagan aholini hisobga olish metodikasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 106- sonli qarori qabul qilindi va unga muvofiq joriy yilning 1 iyulidan boshlab “Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo‘lmagan aholini hududlar bo‘yicha hisoblab chiqish” metodikasi amaliyotga tatbiq etildi. Metodika Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilangan normalardan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining ish bilan ta’minlash va mehnat bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga oladi. Aholi bandligini ta’minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi va u iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. Bugungi kunda respublikamizdagi ustuvor yo‘nalishlardan biri - aholi bandligini oshirish, ishchi kuchidan maqsadli foydalanish, foydali mehnatga layoqatli aholining ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilmoqda. Ana shularni hisobga olgan holda, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishda Hukumatning asosiy e’tibori aholi bandligini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirishni ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishni amalga oshirishga qaratiladi. Birinchi navbatda, bu iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning ehtiyojini hisobga olgan holda, yangi ish o‘rinlari tashkil etish bo‘yicha har yilgi dasturlarni ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Iqtisodiy davrlar asosan to‘rtta bosqichini o‘z ichiga oladi va ularni iqtisodiy tebranishlar deb yuritish maqsadga muvofiq. Iqtisodiy tebranishlarning sabablari xilma-xil bo‘lsa-da, ularning barchasi yalpi xarajatlar hajmining o‘zgarishi orqali YaIM dinamikasiga ta’sir ko‘rsatadi. Ishsizlik darajasi deb ishsizlar soninning ishchi kuchi soniga nisbatiga aytiladi. Ishchi kuchi ham boshqa tovar mahsulotlari kabi bozorda sotiladi va sotib olinadi. To‘la ish bilan bandlik 100 foiz ish bilan ta’minlanganlik darajasini anglatmaydi. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra friksion, tarkibiy va davriy ishsizlik turlari mavjud. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik darajalari yig‘indisiga teng bo‘lib, mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi. Ishsizlar sonining oshishi, ya’ni ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan yuqori bo‘lishi potensial hajmdagi YaIM bilan haqiqiy hajmdagi YaIM o‘rtasida uzilishga olib keladi. Ouken qonuni bunday bog‘liqlikning miqdoriy darajasini ifodalaydi. AQSH ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan minqiroz asta sekin butun moliya tizimini qamrab oldi va pirovardida iqtisodiy inqirozga ham aylandi. Natijada iqtisodiyotda pasayish va ishsizlik darajasining o‘sishi kuzatildi. Download 36.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling