O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida


III BOB. JAMOAT BIRLAShMALARINING HUQUQLARI VA ULAR FAOLIYATINING ShART-ShAROITLARI


Download 25.97 Kb.
bet7/10
Sana16.03.2023
Hajmi25.97 Kb.
#1278860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tavsiya etiladigan adabiyot. Jamoat birlashmalari qonun

III BOB. JAMOAT BIRLAShMALARINING HUQUQLARI VA ULAR FAOLIYATINING ShART-ShAROITLARI
15-modda. Jamoat birlashmalarining huquqlari
Jamoat birlashmalari qonun oldida tengdirlar.
Jamoat birlashmalarining huquqlari ularning ustavlarida qayd etiladi.
Jamoat birlashmalari ustavlarda, dasturiy, boshqa hujjatlarda belgilangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun o‘z maqsadlari va faoliyati to‘g‘risidagi axborotni erkin tarqatadi, qonunchilikda ko‘zda tutilgan xollarda va tartibda esa:
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarini tuzishda qatnashadi;
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlarini tayyorlashda ishtirok etadi;
davlat va jamoat idoralarida o‘z a’zolari (qatnashchilari) nomidan ish yuritadi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiladi;
ushbu Qonunda hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasining ham o‘zga qonunchiligida ko‘zda tutilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
16-modda. Siyosiy partiyalar, ommaviy jamoat harakatlari, kasaba uyushmalari
Siyosiy partiyalar davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiladi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashadi.
Partiyalarning dasturiy hujjatlari bo‘ladi, ular ommaning e’tibori uchun matbuotda e’lon qilinadi.
Siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish, saylovoldi tashviqot ishlarini olib borish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida fraksiyalar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida partiya guruhlari tuzish huquqiga egadir.
Ommaviy jamoat harakatlari siyosiy yoki o‘zga maqsadlarni ko‘zlaydilar hamda ularning ro‘yxatga olingan a’zolari bo‘lmaydi.
Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish idoralarida lavozimni egallab turgan shaxslar o‘z xizmat faoliyatida qonun talablariga amal qiladilar va siyosiy partiyalar hamda siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi ommaviy jamoat harakatlarining qarorlari bilan bog‘liq bo‘lmaydilar.
Kasaba uyushmalari davlat idoralari, xo‘jalik tashkilotlari, kooperativ va o‘zga jamoat birlashmalari bilan o‘zaro munosabatlarda kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq kasaba uyushmasi a’zolarining ishlab chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi manfaatlarini ko‘zlab ish olib boradi va ularni himoya qiladi.
Siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarining faqat yakka tartibda ro‘yxatga olinadigan a’zolari bo‘ladi.

Download 25.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling