O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida


-modda. Jamoat birlashmalarining ommaviy axborot vositalari va noshirlik faoliyati


Download 25.97 Kb.
bet9/10
Sana16.03.2023
Hajmi25.97 Kb.
#1278860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tavsiya etiladigan adabiyot. Jamoat birlashmalari qonun

19-modda. Jamoat birlashmalarining ommaviy axborot vositalari va noshirlik faoliyati
Jamoat birlashmalari ommaviy axborot vositalarini ta’sis etishga hamda amaldagi matbuot va boshqa ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka muvofiq noshirlik faoliyati bilan shug‘ullanishga haqlidirlar.
IV BOB. JAMOAT BIRLAShMALARI FAOLIYATINI NAZORAT QILISh. QONUNChILIKNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
20-modda. Jamoat birlashmalari faoliyatini nazorat qilish va kuzatib borish
Moliya idoralari jamoat birlashmalarini mablag‘ bilan ta’minlash va ular daromadlarining manbalarini, ular olgan mablag‘ miqdorini va soliqlar to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq soliq to‘lanishini nazorat qilib boradilar.
Jamoat birlashmalarining qonunlarni bajarishini prokuratura idoralari nazorat qilib boradilar.
Jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olgan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning joylardagi idoralari jamoat birlashmasi faoliyatining maqsadlariga taalluqli ustav qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi. Ro‘yxatga oluvchi idora jamoat birlashmasining rahbar organidan qabul qilingan qarorlarni taqdim etishni talab qilishga, jamoat birlashmalari o‘tkazadigan tadbirlarda qatnashish uchun o‘z vakillarini yuborishga, jamoat birlashmasi ustaviga rioya qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan jamoat birlashmasi a’zolaridan va boshqa fuqarolardan tushuntirish olishga haqlidir.
21-modda. Javobgarlik asoslari
Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish amaldagi qonunchilikka muvofiq jinoiy, ma’muriy, moddiy yoki o‘zga javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun bu ishda aybdor bo‘lgan davlat va jamoat idoralarining mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar javobgar bo‘ladilar..
Jamoat birlashmasi, shu jumladan o‘z ustavini ro‘yxatdan o‘tkazmagan jamoat birlashmasi jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzgan taqdirda qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Jamoat birlashmasi uning ustavida belgilab qo‘yilgan maqsadlar va vazifalar doirasidan chetga chiqadigan yoki qonunni buzadigan xatti-harakatlari sodir etgan taqdirda ana shu jamoat birlashmasining rahbar idorasi jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olgan idora yoki prokuror tomonidan yozma ravishda ogohlantirilishi mumkin.

Download 25.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling