O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida


-modda. Jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga olish


Download 25.97 Kb.
bet5/10
Sana16.03.2023
Hajmi25.97 Kb.
#1278860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tavsiya etiladigan adabiyot. Jamoat birlashmalari qonun

11-modda. Jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga olish
O‘zbekiston Respublikasida amal qiluvchi xalqaro jamoat tashkilotlarining, jumhuriyat, viloyatlararo birlashmalarining ustavlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida jamoat birlashmasining ustavini ro‘yxatga olish tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi.
Viloyat, nohiya, shahar, posyolka, qishloq hududida yoki ikki va undan ortiq nohiya, shahar, posyolka, qishloq hududida faoliyatini amalga oshiradigan jamoat birlashmalarining ustavlari viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklarining adliya boshqarmalari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
Jamoat birlashmasi ustavini ro‘yxatga olish uchun ustav qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida mazkur jamoat birlashmasi rahbar idorasi a’zolari tomonidan imzolangan va shu a’zolar har birining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, istiqomat joyi ko‘rsatilgan ariza topshiriladi. Arizaga ustav, ustavni qabul qilgan ta’sis syezdi (konferensiyasi) yoki umumiy yig‘ilish protokoli, ushbu Qonunning 6 va 8-moddalari talablari bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa materiallar ilova qilinadi.
Ustavni ro‘yxatga olish haqidagi ariza u topshirilgan kundan boshlab bir oy muddatda ko‘rib chiqiladi.
Jamoat birlashmalari ustavlariga kiritilgan o‘zgarishlar, qo‘shimchalar ham ustavlarni ro‘yxatga olish tartibi va muddatlariga muvofiq ro‘yxatga olinishi lozim.
Jamoat birlashmalari ustavlarini ro‘yxatga oluvchi idoralar ana shu birlashmalar ro‘yxatini tuzib boradilar.
Jamoat birlashmasi yoki uning tashkilotlari (idoralari) ularning ustavlari ro‘yxatga olingan kundan boshlab ushbu Qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda o‘z faoliyatlarini amalga oshiradilar va fuqarolik qonunchiligiga muvofiq huquqiy shaxs deb tan olinishi mumkin.
Xalqaro jamoat birlashmalarining, ularning bo‘linmalarining filiallari, shu jumladan ommaviy harakatlari va ularning tarmoq bo‘linmalarining, shuningdek jumhuriyat va mahalliy jamoat birlashmalari (shu jumladan ommaviy harakatlarning) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning joylaridagi idoralarida o‘z ustavlarini ro‘yxatdan o‘tkazmagan bo‘lsalar, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jamoat birlashmasi ustavini, unga kiritilgan keyingi o‘zgartishlar va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorda davlat boji undiriladi.

Download 25.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling