O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida


-modda. Jamoat birlashmasi ustav yoki qonun talablarini buzgan taqdirda uni tugatish


Download 25.97 Kb.
bet10/10
Sana16.03.2023
Hajmi25.97 Kb.
#1278860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tavsiya etiladigan adabiyot. Jamoat birlashmalari qonun

22-modda. Jamoat birlashmasi ustav yoki qonun talablarini buzgan taqdirda uni tugatish
Jamoat birlashmasi ushbu Qonun 3-moddasining 2, 3, 4-qismi va 18-moddasining to‘rtinchi qismida ko‘zda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan taqdirda sud qaroriga binoan tugatilishi mumkin.
Jamoat birlashmasi ushbu Qonunning 21-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘zda tutilgan harakatlarni bir yil davomida takroran sodir etganligi uchun sud uni tugatishi mumkin.
Sud qarori bilan tugatilgan jamoat birlashmasining mol-mulki qaytarib bermaslik sharti bilan davlat mulkiga aylantirilishi mumkin.
Xalqaro jamoat birlashmalari, uning bo‘linmalari, filiallari, jumhuriyat va viloyatlararo jamoat birlashmalari O‘zbekiston Respublikasi prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Bosh Davlat soliq boshqarmasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan vakolat berilgan boshqa idoralari va mansabdor shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi chiqargan qarorga muvofiq tugatiladi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining jamoat birlashmasini tugatish to‘g‘risida qarori ustidan shikoyat qilinmaydi.
Mahalliy jamoat birlashmalari tegishli viloyat, Toshkent shahar sudlari tomonidan tugatiladi. Bunda sudning qarori ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
V BOB. JAMOAT BIRLAShMALARINING XALQARO ALOQALARI. XALQARO JAMOAT BIRLAShMALARI, XALQARO ShARTNOMALAR
23-modda. Jamoat birlashmalarining xalqaro aloqalari
Jamoat birlashmalari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va o‘z ustavlariga muvofiq xalqaro jamoat (nohukumat) birlashmalariga qo‘shilishi, bevosita xalqaro aloqalar o‘rnatishlari, tegishli bitimlar tuzishlari mumkin.
24-modda. Xalqaro jamoat birlashmalari
Agar O‘zbekiston Respublikasida tuzilgan jamoat birlashmasining faoliyati ustavga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida va bitta yoki undan ko‘proq xorijiy davlat hududida amal qilsa, u xalqaro jamoat birlashmasi deb e’tirof etiladi.
Basharti, chet elda tuzilgan xalqaro jamoat birlashmasi tarkibiga respublika jamoat birlashmasi kollektiv a’zo sifatida kirsa, respublika jamoat birlashmasining ustavi ham ushbu Qonunga muvofiq ro‘yxatga olinishi kerak.
O‘z faoliyatini xorijiy davlat hududida ham amalga oshiradigan jamoat birlashmasi zarur o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan ustavini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadi.
Tinchlikni mustahkamlashni, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni, insonparvarlik faoliyatining o‘zga turlarini maqsad qilib qo‘ygan jamoat birlashmalari qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
Ushbu Qonunning qoidalari xorijiy davlatlar jamoat birlashmalarining O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan bo‘limlari (filiallari va boshqa tarkibiy bo‘linmalari) faoliyatiga nisbatan qo‘llanadi.
25-modda. Xalqaro shartnomalar
Agar O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasida ushbu Qonundagidan o‘zga qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnomadagi qoidalar qo‘llanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh. 1991-yil 15-fevral, 223-XII-son
Download 25.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling