O‘zbekiston respublikasida jamoat birlashmalari to‘G‘risida


-modda. Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyati


Download 25.97 Kb.
bet8/10
Sana16.03.2023
Hajmi25.97 Kb.
#1278860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
tavsiya etiladigan adabiyot. Jamoat birlashmalari qonun

17-modda. Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyati
Jamoat birlashmalari qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan tartibda ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadilar hamda faqat ustavdagi vazifalarni bajarish maqsadida huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxonalar va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarni barpo etadilar.
Jamoat birlashmalarining ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar ana shu birlashmalar a’zolari (qatnashchilari) o‘rtasida qayta taqsimlanmaydi va undan faqat ustav vazifalarini bajarish uchun foydalaniladi; jamoat birlashmalari o‘z mablag‘laridan hatto o‘z ustavida ko‘rsatilmagan bo‘lsa ham, xayriya maqsadlari yo‘lida foydalanishlariga yo‘l qo‘yiladi.
Jamoat birlashmalari tuzadigan korxonalar va tashkilotlar qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda va miqdorda budjetga pul o‘tkazadilar.
18-modda. Jamoat birlashmalari mulki
Jamoat birlashmalari, ularning tashkilotlari binolar, inshootlar, uy-joy fondi, uskunalar, asboblar, madaniy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish maqsadlari uchun mo‘ljallangan mulklarga, pul mablag‘iga, aksiyalarga, boshqa qimmatli qog‘ozlarga hamda ularning ustavlarida ko‘zda tutilgan faoliyatni moddiy ta’minlash uchun zarur bo‘lgan o‘zga mol-mulkka, shuningdek intellektual mulk obyektlariga egalik qilishlari mumkin. Birlashmalarning ustavlarida ko‘rsatilgan maqsadlarga muvofiq ularning mablag‘i hisobidan barpo etilgan nashriyotlar, boshqa korxonalar, xayriya muassasalari jamoat birlashmalarining mulki bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Qoraqalpog‘iston Respublikasining ham qonun hujjatlarida davlat va jamoat xavfsizligi mulohazalari bilan yoki xalqaro shartnomalarga muvofiq jamoat birlashmalari mulki bo‘la olmaydigan mol-mulk turlari belgilab qo‘yilishi mumkin.
Jamoat birlashmalarining pul mablag‘lari, agar ustavda ko‘zda tutilgan bo‘lsa, birlashmaga kirish va a’zolik badallarini to‘lashdan; ixtiyoriy ravishda o‘tkazilgan pul va xayriyalardan; ustavga muvofiq o‘tkazilgan leksiyalar, ko‘rgazmalar, sport tadbirlari hamda boshqa tadbirlar, lotereyalar tushumlaridan, ishlab chiqarish, xo‘jalik va noshirlik faoliyatidan olinadigan daromadlardan; qonun bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlardan tashkil topadi.
Siyosiy partiyalar va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi ommaviy harakatlarning chet davlatlardan, xalqaro tashkilotlar hamda chet davlatlarning yuridik shaxslari, ularning vakolatxonalari va filiallaridan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, diniy tashkilotlardan, nomi yashirilgan yoki faqat taxallusi ko‘rsatilgan shaxslardan moliyaviy va o‘zgacha moddiy yordam olishi man etiladi. Bunday yordam olingan taqdirda mazkur mablag‘lar qaytarilishi, qaytarish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim.
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Siyosiy partiyalar o‘z budjetlarini ommaning e’tibori uchun har yili e’lon qiladilar.
Jamoat birlashmalarining mulki qonun bilan muhofaza qilinadi.
Ittifoqlarning va ularga kiruvchi birlashmalarning ana shu ittifoq va unga qo‘shilgan birlashmalarga qarashli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish, tasarruf etishga doir vakolatlari jamoat birlashmalari ittifoqlarining ustavlarida belgilab qo‘yiladi.

Download 25.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling