O`zbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimining xalqchiligi reja


Download 34.27 Kb.
bet2/5
Sana25.10.2023
Hajmi34.27 Kb.
#1718861
1   2   3   4   5
Bog'liq
O`zbekiston respublikasida jismoniy madaniyat tizimining

Jismoniy madaniyat tizimi bo`g’inlari
Jismoniy madaniyat tizimi bir-biri bilan o`zviy bog’liq bo`lgan zvenolarga bulinib, hozirgi
kunda xam madaniyat jarayonining turli dasturlarining bajarilishi shu zvenolarda amalga
oshirilmoqda:
a) maktabgacha ta’lim(davlat va nodavlat maktabgacha madaniyat bola lar muassasalari)
zvenosi;
6) maktab yoshidagilar jismoniy madaniyatsi (umumiy o`rta ta’lim I-IX sinflar) zvenosi;
v) o`rta maxsus, kasb-xunar ta’limi(akademik litseylar, kasb-xunar kolledjlari) zvenosi;
g) oliy ta’lim zvenosi;
d) armiya zvenosi;
e) oliy ta’lim va armiyadan sungi xavasmandlik asosidash jismoniy madaniyat zvenosi;
Jismoniy madaniyat tizimi o`zida kuidagi asosiy elementlarni birlashtiradi:
a) jismoniy madaniyatning maqsadi, vazifalari va prinsiplarinnig maqsadga muvofiqligi;
b) jismoniy madaniyat tizimida kullaniladigan vositalar - gimnastika, uyinlar, sport,
turizm va boshqalar tipidagi jismoniy mashqlar;
SHu narsa e’tiborga molik-ki, rivojlangan mamlakatlarda jismoniy madaniyat soxasining
turlicha tizimlaridan foydalanish chegaralab qo`yilmagan.
Tarixiy ma’lumotlar
Tarixga nazar tashlaganimizda jamiyatda sinflarning paydo bulishi bilanok, usha
jamiyatda jismoniy madaniyat tizimi sinfiy xarakteriga ega bula boshlagan edi.
Quldorlik davri
Quldorlik davrida jismoniy madaniyat tizimi kuldorlarning maqsadi uchun xizmat qildi.
Quldor o`z farzandi baquvvat, chidamli, chakkon bulishi va kullarni kuriklashi, ularning
kurkinchda ushlashi uchun kulida kurol ishlata olishi (kadimgi YUnon "etti kurashi"
mashqlarini puxta egallashi)ga harakat kilar edi. Jismoniy madaniyat tizimi
ekspluatatsiya kiluvchilar foydasi uchun xizmat qildi.
O`rta asrlar
O`rta asrlargi kelib esa, jismoniy madaniyat tizim harbiy maqsadni xal qilishga yunalish
oldi. Feodal, katta yer egasi, savdogar o`z mulkini ximoya qilish uchun jismoniy
rivojlanganligi, tayyorgarligi yuqori bo`lgan jamiyat a’zolariga muxtojligini bayon qildi.
Ular moddiy ne’matlar yaratishdek muhitdan ajratilib, faqat jismoniy sifatlari (kuch,
tezkorlik, chidamlilik, chakkonlik)ni rivojlantirish, madaniyatlash bilan cheklandilar.
Jamiyatda alohida tabaka, kasb egasa (sokchi, jangchi) shakllandi. Ogir va ko`pol
ritsarlarning kurollari ulardan katta jismoniy tayyorgarlik va ot bilan muomala qilishni
talab kilar edi. SHuning uchun ular mashg’ulotlarda ot o`rniga hozir bizda gimnastika
mashg’ulotlarida ishlatiladigan "ot" dan foydalanar edilar. Feodallarning jismoniy
madaniyat tizimi shunga yunaltirilga edi.
Kapitalizmga kelib, burjuaziya ko`prok odamlarni jismonan madaniyatlashni, ishchini
mehnatga va vatan mudofaasiga (soldatlikka) tayyor lay boshladi. Madaniyatga siyosiy
tuye berildi. Kolaversa ko`p soatlab konveyer, stanoklar orkasida ishlashga moslaydigan
mashqlar tizimidan foydalanildi.
XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida jismoniy madaniyat jarayoning tizimini
shakllangan davri boshlandi. Notekis rivojlangan kapitalizm milliy rivojlanishda xam
jonlanishni vujudga keltirib, qator mamlakatlarda jismoniy madaniyat tizimi, vositalari
va uning uslu biyatini yaratishdek vazifalarni xal qilish kerakligi masalasini o`rta ga
tashladi. Mustaqil O`zbekistoning jismoniy madaniyat va sportning yanada rivojlantirishga asos buluvchi eng muxim tadbirlar ko`rilmokda O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida”gi qonuni (1992 yil 14 yanvar) barcha axolining sogligini mustahkamlash uning jismoniy tarbiya va sport bilan shugullanishiga shart-sharoitlar yaratib berishni kafillikka oladi. SHu bilan birga maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari va o`kuv yurtlari xar yili kamida bir marta maktabgacha yoshdagi bolalarning ham O`quvchi yoshlarning jismoniy tayorgarlik darajasini kurishdan utkazadilar. Umumta’lim maktablarida boshva o`kuv yurtlarida jitsmoniy tarbiya buyicha imtixonlar utkaziladi - deb kursatilgan. Bu esa O`quvchi yoshlarning salomatligini mustahkamlash, jismoniy kamolotini oshirish ularni mexnat va mudofaa ishlariga layokatli kishilar kilib yetishtirishga qaratilgandir. CHunki bu tadbirlar Respublika axolisini madaniy turmush darajasini oshirish, O`quvchi yoshlarni tarbiyalash ularning mexnat va mudofaaga tayyorlashda (jismoniy tarbiyaning moxiyati) yuksak baxolangan edi. CHorizm O`rta Osiyeni bosib olgandan boshlab, maxalliy axolini zuravonlik bilan ruslashtirishga intildi.
Turkiston o`lkasida jismoniy tarbiya Turkiston o`lkasida qadimiy xalq o`yinlari, jismoniy mashqlar va musobakalar fizkulturaning vositalari sifatida saklanib koldi. XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda yangi tildagi maktablarda jismoniy tarbiya mashgulotlarini utkazishga urinib kurildi. Erlar va kizlar gimnaziyalarini ba’zilarida jismoniy tarbiya darslari joriy etildi. 1890 yillarda maktablarda jismoniy tarbiya darslari jonlandi. Toshkent, Fargona gimnaziyalarida, Xarbiy maktab va bilim yurtlarida gimnastika, kilichbozlik, otish va turli o`yinlardan mashgulotlar utkazila boshladi. 1913 yilda tashkil etilgan “Toshkent sport xavaskorlar jamiyati” Turkistonda eng yirik sport jamiyati edi. 1908 yildan boshlab, Turkistonda professional polvonlarning chempionatlari utkazila boshladi. Bu musobokalarda dunega mashhur polvonlar, Zaikiy, Potdubnыy, Vaxturov, SHeval kabi
Jismoniy tarbiya nazariyasining etakchi tuchunchalari va jismoniy tarbiyaning ijtimoiy mohiyati
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi fani mutaxassislikga yunaltirilgan uquv predmeti sifatida
jismoniy tarbiya mutaxassislari uchun fundamental bilimlar tizimi, inson jismoniy barkamalligi va unga
erishish hamda boshqarishning umumiy qonuniyatlarini urgatadi Jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy fan
tarzida jismoniy tarbiyaga oid mavjud faktlarni izohlab beradi va umumlashtiradi. Amaliy fan sifatida
insonni jismoniy barkamolligining vositalari, jismoniy tarbiyasi shakllari va uning uslubiyati haqidagi
amaliy, nazariy bilimlarni beradi, hayotiy-zaruriy harakat malakalari va kunikmalari zahirasini oshiradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va uning amaliyoti hamisha rivojlanishda va mukammalashib boradi.
Amaliyot natijalari, ilmiy tadqiqot malumotlari, jismoniy tarbiya nazariyasini va uslubiyatini yangicha
tamoyillar va qonunlar bilan boyita boradi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya nazariyasi vametodikasi
predmeti qotib qolgan uzgarmas malumotlardan iborat bulishi mumkin emas.
Jismoniy nazariyasi va metodikasi ijtimoiy, tabiyi, pedagogika fanlari erishgan muvoffaqiyatlarga
tayanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi har qanday holatda ilmiy pedagogikaning negizini
tashqil etuvchi umumiy qonunlardan, printsiplar va qoidalardan foydalanadi, shu jumladan, barcha sport
fanlari uchun ham bu qonunlar, printsiplar va qoidalar mos keladi va uziga hos manokasb etadi.
Uquv fani sifatida shakllanishi va uning rivojlanishiga jamiyat a zolarining jismoniy tayyorgarligini
oshirish mumkinligi haqidagi nazariy fikrning vujudga kelishi va unga intilish sabab buldi. Bu bilan
insonning jismoniy rivojlanishini boshqarish mehnat va harbiy amaliyotda yuqori samara berishi
isbotlandi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasining m a z m u n i quydagilarni uz ichiga oladi:
-jismoniy tarbiya jamiyat mahsuli ekanligi, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning boshqa shakllari bilan
bogliqligi:
-jismoniy tarbiyaning maqsadi, uning umumiy vazifalari va tamoilari:
-jismoniy tarbiyaning vositalari, metodik printsiplari:
-xarakatga urgatish, uqitishning uslublari:
-jismoniy sifatlarni rivojlantirish:
-jismoniy mashqlar bilan shugullanish mashgulotlarini tashqillashning shakllari:
-jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirish va uning hisoboti:
-jismoniy tarbiya uslubiyatining xususiyatlari:
-maktabgacha yoshdagi va maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi:
-sport trenirovkasi jarayonining tavsifi.
Pedagogik jarayon tarzida jismoniy tarbiyani umumiy qonuniyatlari jismoniy tarbiya nazariyasining urg
anish predmeti hisoblanadi. Umumiy qonuniyatlar deganda, aholining har qanday tabaqasini: bolalar,
usmirlar, yoshlar, Urta yoshdagilar, kattalar va qariyalar hamda jismoniy mashqlar bilan shugullanishni
endigina boshlaganlarni, malakali sportchilarni jismoniy tarbiyasining xususiy tomonlari tushuniladi.
Bundan tashqari jismoniy tarbiya uslubiyati jismoniy tarbiyani ajratib olingan ayrim xususiy
qonuniyatlarini ham urganish predmeti qilib belgilaydi va pedagogik jarayonning umumiy qonuniyatlarini
amalga oshirishda “Umumiy va kasb maxsus jismoniy tayorgarligi metodikasi” deb aniq yunalishdagi
metodikalardan foydalaniladi. Bunday uslubiyatlarni har birini ichida uzlarining xususiy uslublari
mavjud.Uslublarning turli-tumanligi shugullanuvchilarning qaysi psixologik tiplariga mansubliligi,
ulaming yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va tanlangan sport mutaxassisligi (maktab yoshidagi
bolalar jismoniy tarbiyasi metodikasi va h.k.) ga xos va mos kelishi kerak.
Sport pedagogikasining ayrim fanlari uslubiyati (sport o’yinlari, gimnastika va boshqalarni uqitish
metodikasi) alohida mustaqil ajratilgan ilmiy va uquv fanlari tarzida shakllangan. Jismoniy tarbiya
nazariyasi va uslubiyati fani esa ularni yagona nazariy va uslubiy asoslar bilan qurollantiradi, urganish
predmetlari xarakteriga kura pedagogika fanlari tizimidagi fan sifatida uz qoidalarini ijtimoiy psixologik
va biologik faktorlar hisobiga tuldiradi.

Download 34.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling