O’zbekiston respublikasida shakllanib borayotgan ta’lim texnologiyasining tarixiy asosi sifatida respublikamiz hududida turli davrlarda shakllangan quyidagi ayrim ta’lim turlarini ko’rsatish mumkin


Download 71.74 Kb.
bet2/3
Sana31.10.2023
Hajmi71.74 Kb.
#1735813
1   2   3
Bog'liq
talimning zamonaviy tashkiliy shakll

Qadim zamonlarda yakka ta’lim shaklida hukmdorlarning va boshqa badavlat xonadonlarning farzandlariga turli ilmlar, kasblar , harbiy saboqlar, san’atlar o’rgatilgan. Bunday ta’lim-tarbiya shakli hozirda yakka repetitorlik ko’rinishida mavjud.

Guruhli ta’lim

Bu ta’lim shakli bir necha o’quvchiga bir vaqtda ta’lim-tarbiya berish jarayoni bo’lib, bunda ularning har biri o’z qobiliyatlari darajasida o’zlashtirishga erishadi.

Guruhda o’quvchilar sonining ko’p yoki kamligi ayrim fan yoki kasblar bo’yicha mashg’ulotlarning sifatiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli turli amaliy va laboratoriya hamda boshqa maxsus mashg’ulotlarda guruhdagi o’quvchilar soni belgilangandan ortiq bo’lishiga yo’l qo’yilmaydi.

Sinf-dars ta’limi

Bu guruh ta’limning o’ziga xos shakli bo’lib, bir xil yoshdagi o’quvchilarning ma’lum miqdoridan iborat guruhi sinfni tashkil qiladi. Har bir sinfda mashg’ulotlar o’quv fanlarini o’rganish bo’yicha belgilangan vaqt davom etadigan darslar shaklida tashkil qilinadi. Hozirda sinf-dars ta’limi dunyoda keng qo’llanilayotgan asosiy shakl hisoblanadi. Uning afzal tomonlari bilan birga o’ziga xos kamchiliklari ham mavjud bo’lib, ularni bartaraf qilish dolzarb vazifa hisoblanadi, shu sababli ushbu muammo yuzasidan dunyodagi yirik mutaxassislar tomonidan ko’plab fikr-mulohazalar va har turli yangi loyihalar taklif qilinmoqda.

Ota yoki ona kasbini O’rgatish ta’limi

Bu — oilada ota yoki ona kasbini o’rgatish bo’lib, ko’prok, turli hunar-kasblar, badiiy hunarmandchilik, amaliy-bezak san’atlari va boshqa san’at turlarini farzandlarga o’rgatish jarayonidan iborat. Bunda turli kasblarni o’rgatishning o’ziga xos tartib (texnologiya)lari qo’llaniladi. Xuddi shuningdek, ota yoki ona kasbi sifatida aka, opalar yoki oilaning boshqa yaqin qarindoshlari (amaki, tog’a va shu kabilar)ning kasblari ham o’rgatilishi mumkin. Ota kasbini o’rgatish ta’limi ko’proq, yakka ta’lim shaklida bo’lib, o’rganuvchining qobiliyatlari darajasida bilim va ko’nikmalarning o’zlashtirilishini ta’minlaydi.


Download 71.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling