O‘zbekiston Respublikasida Ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan istiqbolli dasturlarning yaratilishi va amalda tatbiq etilishi natijasida ta’lim jarayoni ko‘proq o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilmoqda


Download 64.12 Kb.
bet1/7
Sana20.12.2022
Hajmi64.12 Kb.
#1035201
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
АРАББОЕВ ТЎЛАНБОЙ


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasida Ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan istiqbolli dasturlarning yaratilishi va amalda tatbiq etilishi natijasida ta’lim jarayoni ko‘proq o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilmoqda. Bu esa, mustaqil fikrlovchi, ijodkor, milliy g‘oyalarga sodiq va yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan fuqaroni shakllantirish sohasidagi pedagogik intilishlarning asosini tashkil etadi. Buning uchun o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini takomillashtirish va kafolatlangan natijaga erishishni ta’minlash lozim.
Yоshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.”1
Tarixda Shunday mamlakatlar va xalqlar borki, yillar o‘tishi bilan nom-nishonsiz yo‘q bo‘lib ketadi. Shunday mamlakatlar va xalqlar bo‘ladiki, tarixda chuqur iz qoldirishi bilan birga, o‘z davrining yirik, gegemon davlatlaridan sanalib, o‘z atrofidagi va boshqa mintaqadagi xalqlarni va davlatlarning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘sha olgan. Ming-ming yillik tarixiy taraqqiyot davrida ham o‘z mavqeyini yo‘qotmagan bo‘lib hisoblanadi. Yuqorida biz ko‘rib o‘tgan Mesopatamiya va Hindiston hududlaridagi qadimgi madaniyat o‘choqlari ana Shundaylardan hisoblanadi.
Ikkidaryo oralig‘i hududi xalqlari qadimda ancha qoloq, aholi kam yashaydigan botqoq, tashlandiq bir joyni asrlar ming yillar o‘tmishi tinimsiz mehnati natiajasida qadimgi Sharqdagi ulkan boy madaniyat o‘chog‘iga aylantira oldi.
Ishning maqsad va vazifalari: O‘zbekiston davlati mustaqil bo‘lgach nafaqat, o‘zbek xalqi o‘tmishi tarixi, kelib chiqishi ilk madaniyat o’choqlarini o‘rganish imkoniyatlariga ega bo‘lish bilan bir qatorda, jahon xalqlari tarixini shu jumladan Sharq xalqlari o‘tmishini o‘rganish imkoniyatlari keng ochildi. Bizning o‘zbek tarixchi olimlarimiz ham jahon tarixini o‘rganishda o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqda. Qadimgi Sharq, qolaversa, Mesopatamiya, Misr, Hindiston davlatlari tarixi ham jahon tarixining bir bo‘lagi hisoblanadi. Ushbu kurs ishi ham qadimgi Sharqning uzviy va ajralmas bir bo‘lagi hisoblangan. Qadimgi Mesopatamiya o‘tmishi haqida yozilishdan asosiy maqsad Mesopatamiya qadimgi Sharqning eng qadimgi urug‘chilik munosabatlari buzilgan va sinfiy jamiyat vujudga kelgan hudud bo‘libgina qolmay, ushbu jarayonni o‘z atrofidagi Kichik Osiyo, Old Osiyo, O‘rta Osiyo hududidagi o‘lkalarga tarqalishiga muhim hissa qo‘shgan, Chunki qadimgi davrlardan xalqlar o‘rtasida G‘arbiy Eron, Shimoliy Suriya va Hindiston hududlari bilan savdo aloqalari rivojlangan. Savdo aloqalarining o‘sishi hunarmandchilik va dehqonchilikda Yangi texnika va texnologiyalarning qo‘llanilishi, mulkiy tengsizliklarning kelib chiqishi, sinfiy jamiyat va davlatning vujudga kelishiga zamin yaratib bo‘lgan.

Download 64.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling