O‘zbekiston Respublikasida Ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan istiqbolli dasturlarning yaratilishi va amalda tatbiq etilishi natijasida ta’lim jarayoni ko‘proq o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilmoqda


Download 64.12 Kb.
bet3/7
Sana20.12.2022
Hajmi64.12 Kb.
#1035201
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
АРАББОЕВ ТЎЛАНБОЙ

Ishning tuzilishi: Kirish, 3 ta band, xulosa, adabiyotlar ro‘yxati, mundarija hamda 70 sahifadan iborat.

1. Messopatamiyada jamoatchilik munosabatlari.

Qadimgi Sharq xalqlari ijtimoiy tuzumining farq qiladigan eng muhim xususiyati-unda urug‘chilik tuzumi qoldiqlarining uzoq vaqt saqlanib qolganligi qadimgi jamoa avvalo oila jamoasi, keyin esa qishloq jamoasi qoldiqlarining mustahkam saqlanib qolganligidir. Lekin ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi ijtimoiy tuzumni o‘zgartiradi. Metalurgiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi texnikani bir qadar taraqqiy qildirib, qishloq xo‘jaligining va asosan hunarmandchilikning rivojlanishiga yordam beradi. Chorvachilikning dehqonchilikdan keyin esa hunarmandchilikning qishloq xo‘jaligidan ajralib chiqishi hamda hunarmandchilik va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi sohasida turli tarmoqlarning paydo bo‘lishi qo‘shimcha yordamchi ish kuchini talab qilgan. Shu bilan birga ishlab chiqarishning ko‘payishi bilan kishi o‘zining kun kechirishi uchun kerak bo‘lgandan ko‘ra ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Yangi ish kuchlaridan foydalanish qo‘l kelib qolgan. Shuning uchun, urushlarda qo‘lga tushgan asirlar qul sifatida foydalanila boshlangan. Ikkinchi tomondan, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va ishlab chiqarish miqdorining oshirilishi natijasida ortiqcha mahsulotlar paydo bo‘lgan. Bu ortiqcha mahsulotlar bozorlarga olib chiqilgan va Shunday qilib ular tovarga aylangan.


Mulkiy tengsizlik orqasida qishloq jamoalarining kambag‘allashib qolgan a’zolari boylardan qarzdor bo‘lib, ularning asoratiga tushib qolgan. Qarzlarini to‘lashga qurbi etmagan kambag‘allar shaxsan mehnat qilib o‘z qarzlarini uzishga majbur qilganki, buning natijasida ko‘pincha qarzdorlar amalda qul bo‘lib, qolganlar. Qulchilikning eng muhim manbai bo‘lgan urushlar mulkiy jihatdan tabaqalanishga yordam byergan. Jamiyatning birinchi marta sinflarga, ya’ni quldorlar sinfiga va qullar sinfiga bo‘linishi ana shu tariqa vujudga kelgan.
Qadimgi Sharq tarixini o‘rganishda shu narsani doim esda tutmoq kerakki, ilk quldorlik jamiyati iqtisodiy tuzumining o‘ziga xos, alohida ustqurmasi, ya’ni jamiyatning siyosiy, huquqiy, diniy, badiiy, falsafiy qarashlari va shu qarashlarga muvofiq keladigan siyosiy, huquqiy va boshqa muassaslari bo‘lgan. Shu munosabat bilan tarixchining eng muhim vazifasi qadimgi Sharqda quldorlik davlatlarining tashkil topish va rivojlanish davridagi iqtisodiy tuzumning shuningdek, unga muvofiq keladigan ustqurmaning xarakterli xususiyatlarini belgilashdir. Shubhasizki, qadimgi Sharq xalqlarining ijtimoiy tuzumi ibtidoiy jamoa tuzumiga qaragnda ancha taraqqiy qilgan tuzum bo‘lgan. Buzilib borayotgan ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitida quldorlik tuzumi tamomiliga tabiiy va qonuniy bir hodisadir, Chunki quldorlik tuzumi ibtidoiy jamoa tuzumiga qaragnda oldinga qadam tashlashdir. Qadimgi Sharqda jamiyat birinchi marta quldorlar sinfi va qullar sinfiga bo‘linib, unda o‘ziga xos dispotik davlat vujudga kelgan, ibtidoiy jamoa tuzumi davrida esa bunday davlat bo‘lmagan.
Qadimgi Sharqdagi quldorlik davlatlarida natural xo‘jalik yetakchi rol o‘ynagan desam xato bo‘lmaydi.1 Murakkab va keng quloch otgan amaldorlik uyushmasidan iborat eng qadimgi hokim va podsholar, shuningdek undan keyinroq Shumer va Akkad davlatlarining hokim va podsholari ham sun’iy sug‘orish tarmoqlarini kengaytirish va yaxshi saqlash sohasida qilgan g‘amxo‘rliklarini o‘z yozuvlarida faxrlanib gapirganlar. Podsho va hokimlar o‘z xizmatlarini harbiy g‘alabalar bilan bir qatorga qo‘yib, bu bilan mamlakat hayotida irrigatsiyaning juda katta ahamiyatga ega bo‘lganligini ko‘rsatganlar. Masalan, Larsa podshosi Ramsin o‘z yozuvlaridan birida “ko‘pdan-ko‘p aholini ichiladigan suv bilan ta’min etgan.... to dengiz qirg‘og‘igacha.....g‘alladan mo‘l-ko‘l hosil byergan” kanal qazdirilganligini aytadi. Rimsin bu kanalni qazdirib, o‘z viloyatini dehqonchilik qilinadigan yerga aylantirgan. Qisqacha qilib aytganda, Mesopatamiyada ilk davlatlarning paydo bo‘lish davrigacha jamoachilik munosabatlari, jamoalar o‘rtasidagi aloqalar asta-sekinlik bilan rivojlangan. Shu bilan birga jamoachilarning bir oz o‘ziga to‘q tabaqalari asta-sekin xonavayron bo‘lib, kambag‘allarga va hatto qullarga aylangan. Jamoalarning bu tabaqalanish protsessi tilda ham aks etgan. Boylarda ham, kambag‘allarda ham ifodalovchi eng qadimgi jamoaviy terminlar paydo bo‘lgan. Qullarga va qisman yerga ega bo‘lgan aristokratlar “ulkan kishilar” deb atalgan, ularga “kichik kishilar” ya’ni qishloq jamoalarining oz mulkli erkin a’zolari qarama-qarshi turgan.
Bu eng qadimgi sinfiy jamiyat urug‘chilik tuzumi xarobalari ustida paydo bo‘lgan. Bu jamiyatdagi qulchilik hali uncha rivojlanmagan, ibtidoiy holda bo‘lgan. Quldorlar, qullar mehnatini ham, erkin kambag‘allar mehnatini ham eksplutatsiya qilganlar. Sira kelishtirib bo‘lmaydigan sinfiy ziddiyatlar davlatning tashkil topishiga sabab bo‘lgan. Kambag‘allar va qullarning ko‘pchilik ommasini itoatda tutuish uchun qullarda hukmronlik tizimiga ehtiyoj tug‘ilgan.
Mesopatamiya hududida quldorlik davlatining mavjud bo‘lganligini ko‘rsatuvchi eng qadimgi hujjatlar eramizdan avvalgi uchinchi ming yillikning boshlariga taalluqlidir. Bu davrga oid hujjatlarda ko‘rsatilishicha, bular juda mayda davlatlar, to‘g‘rirog‘i, tepasida podsholar turgan va endi tshkil topayotgan dastlabki davlatlar bo‘lgan.
Mustaqilligini yo‘qotgan knyazliklarni quldorlar aristokratiyasining Yuqori tabaqa vakillari idora qilib, ular “patesi” degan unvonga ega bo‘lishgan.
Bu eng qadimgi quldorlik davlatlarining iqtisodiy negizi mamlakatning davlat qo‘lida to‘plangan yer fondi bo‘lgan. Erkin dehqonlar ishlaydigan jamoa yerlari davlat mulki hisoblangan va bu yerlarning aholisi davlat foydasiga odatda juda og‘ir majburiyatlar bajarishi lozim bo‘lgan. Ammo, shu bilan birga, podsho bevosita o‘z ixtiyorida alohida er maydonlariga ega bo‘lgan. Sinfiy tabaqalanish jarayoni yerga egalik qilish shakllarida ham aks etgan. Davlat hokimiyatining jamoa yerlarini bosib olish hollari ko‘p bo‘lgan, bu yerlarning bir qismi bundan ilgarilariyoq jamoadagi eng boy kishilarning mulkiga aylantirilgan. Podshoning markazlashgan katta yer egaligi va dehqonlarning jamoa bo‘lib erdan foydalanishlari bilan bir qatorda boylarning xususiy er mulki asta-sekin vujudga kelgan. Erdan mahrum qilinib, sekin asta qullarga aylantirilgan kambag‘allar shuningdek, qulga aylantirilgan harbiy asirlar podshoga, ibodatxona va quldor aristokratlarga qarashli yerlarda ishlaganlar.
Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonilik bu davrdagi xo‘jalikning asosiy shakli bo‘lgan. Shuning uchun eng qadimgi quldorlik davlatining eng muhim vazifalaridan biri irrigatsiya tarmoqlarini tashkil qilish uni yaxshi saqlashdan iborat bo‘lgan. Yerni sug‘orishda, haydashda va g‘alla yanchishda shuningdek, yuk tashishda ish hayvonlardan foydalanilgan. Ko‘p gusht va sut mahsuloti beradigan mollar ham ko‘paytirilgan. Mayda shoxli hayvonlar, ayniqsa dumbali va merinos qo‘ylar, shuningdek turli zotli echkilar juda keng tarqalgan. Transport ehtiyojlari uchun hukiz va eshaklardan foydalanilgan. Ot anchagina keyin, eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikda paydo bo‘lgan bo‘lsa kerak.
Eramizdan avvalgi uchinchi ming yillikda Mesopatamiya janubiy qismining eng qadimgi jamoalarida ishlab chiqarilgan deyarli barcha mahsulotlar shu yerning o‘zidayoq iste’mol qilingan. Xiroj va soliqlarni natura bilan to‘lash odati xo‘jaliklarning jamoalarining natural xarakterda bo‘lganligini ko‘rsatadi. Eramizdan avvalgi 2400 yillarda Mesopatamiya jamoalarida amaldorlar soliqlarni qo‘y, qo‘zi, baliq bilan olishlari lozim bo‘lgan. Yer, jun, yog‘ qulning va mis buyumlarning narxini g‘allaga chaqib hisoblash rasm bo‘lganligi xarakterlidir. Ammo ortiqcha mahsulot paydo bo‘lishi natijasida ibtidoiy jamoalarning qadimgi natural xo‘jalik tuzumi asta-sekin o‘zgarib borgan. Dehqonchilik yoki hunarmandchilikda ortqicha ishlab chiqarilgan mahsulotlar bozorda paydo bo‘la borgan sari mamlakat ichida ham qo‘lini mamlakatlar bilan ham eng qadimgi ayriboshlash savdosi vujudga kelgan, qullar, uy-joylar, erkin yerlari, uy hayvonlari va qimmatbaho metallar savdo-sotig‘i yuzsidan tuzilgan shartnomaning matnlari saqlanib qolgan. Bu matnlar eramizdan avvalgi uchinchi ming yillikning boshlarida savdo mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Yetishmaydigan turli xom ashyolarni qo‘shni mamlakatlardan keltirish zaruriyati tashqi savdoning xiyla keng ko‘lamda rivojlanishiga yordam byergan. Masalan, bizga ma’lumki, Shumeriylar misni lam, Eron, va Ossuriyadan olib kelganlar, yog‘ochni Ikki daryo oralig‘ining shimoli va Sharqidagi tog‘li o‘lkalardan keltirganlar. Bu savdo anchagina keng hududda olib borilganiga qaramay, u hali juda ibtidoiy holda bo‘lgan. Bu eng qadimgi ayriboshlash savdosi bo‘lib bir xildagi tovarlar ikkinchi xildagi tovarlarga almashtirilgan, xolo Faqat, keinroq qiymatning eng qadimgi ekvivalentlari sekin-asta paydo bo‘la boshlagan. Eng qadimgi zamonlarda Mesopatamiyaning dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi xalqlarida odatda qoramol va g‘alla ekvivalent xizmatini o‘tagan. Keyinchalik metallarning tarqalishi natijasida quyma metall parchalari pul xizmatini o‘tay boshlagan. Ammo bu quyma metal parchalari muayyan og‘irligi va asilligini ta’minlaydigan qilib qolipda zarb etilmaganligi fanda aniqlangan. Shuning uchun ham har bir savdo-sotiq muomalasida bu quyma mis yoki kumush parchalarining og‘irligini tekshirib ko‘rish zarur bo‘lgan. Bu eng qadimgi pullar o‘zining oddiy tovar xarakterini ko‘p vaqtgacha saqlab, mustahkamlab kelganligin bizga ma’lum.
Qadimgi Mesopatamiyada savdoning kengayishi transportning ham rivojlanishiga olib kelgan. Misrdagidek, Mesopatamiyada ham eng qadimgi zamonlardayoq mollarni daryo va kanallar orqali kemalarda tashiganligi taxmin qilinadi.
Mesopatamiyaning katta daryolari, tabiiy magistrallari bo‘lgan Dajla va Frot hamda bir talay kanallar suv transportining rivojlanishiga imkon byergan. Karvon yo‘llarida esa mollar eshak va xukizlarda judda oddiy g‘ildirakli jang aravalar va yuk aravalarida tashilgan. Ur shahari qazilgan vaqtda bu oddiy jang aravalarining namunalari va ularning tasviri topilgan.1
Qishloq jamoalari ichidagi mulkiy tabaqalanish jamoa tuzumini asta-sekin yemira borgan. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishi, savdo va qulchilikning rivojlanish, nihoyat, talonchilik urushlari jamoachilik ommasi orasidan kichik bir guruh quldorlar aristokratiyasining ajralib chiqishiga imkon byergan. Markaziy hokimiyat organlari mavjud bo‘lishiga qaramasdan Sharqda jamoa turmushining qadimgi shakllariham ko‘pvaqtgacha o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. Yerning anchagina qismi amalda jamoalarga qaragan. Aslida er jamoalar qo‘lida bo‘lgan va yerning ko‘pgina qismi erkin jamoachilar qo‘lida bo‘lgan o‘zlari ishlashgan. Lekin bu hol butun er fondining ilohiylashgan, tarzda davlat qo‘lida to‘planishiga zid kelmasdi.
Messopatamiyada asta -sekin parchalanib ketayotgan jamoa yer egaligi bilan bir qatorda yirik podsho yer egaligi ham mavjud edi. Podsho mamlakatning barcha yerlarini hammasini o‘ziga qarashli mulk deb bilgan va jamoalar yeridan muayyan qismini ajratib, istagan amaldoriga tortiq qilib berish huquqiga ega bo‘lgan. Urushlar natijasida davlat ixtiyoridagi yer fondi ko‘paydi. Masalan, Hammurapi Larsa ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng, ana shu viloyatni Bobil podsholigiga qo‘shib oladi. Larsa hokimining yerlarini esa podsho o‘z fondiga qo‘shib, ularni idora qilish uchun maxsus amaldor tayinlaydi. Vorissiz qolgan yerlarga egalik qilish huquqi ham yerlarning kengaytirish imkonini bergan. O‘sha davrga oid hujjatlardan birida Shunday deyiladi: “Bu odam vafot etdi. Uning yerlarini SHamashxasirga (Larsada podsho yerlarini boshqaruvchi kishiga) topshiring”. Hukmdorning ulkan yer - mulklaridan asosan qullarni ishlatuvchi podsho saroy boshqarmasi bilan birga, bu yerlarning bir qismini ijaraga olib, ijarachilar ham foydalangan. Ijarachi, ijara hujjati, ijaraga olingan yer, ijara haqqi kabi tushunchalarni anglatgan maxsus atamalar mavjudligi yerni ijaraga berish keng tarqalganligini ko‘rsatadi. Ijaraga berish va olish ma’lum shaklda tuziladigan ijara shartnomasida qayd etilgan. Bu shartnomada ijara ob’ekti, ijara haqi miqdori yoki hosil ulushi, haq to‘lash joyi va muddati, guvohlarning ismlari va shartnoma tuzilgan vaqt ko‘rsatilgan. Yerni ijaraga berishga alohida marosimlar bag‘ishlanib, ijaraga berilgan yer maydoni ijarachining yeriga aylanganligi va uning qo‘liga o‘tgan bo‘lsa ham, lekin butkul uning mulki hisoblanmasligi ma’lum qilingan. Shunday qilib, davlat hokimiyati ijarachi ijara yerni o‘ziniki qilib olmasligi uchun zarur choralar ko‘rgan. Ijara haqi yoki o‘sha davrning tili bilan aytganda, “ijara g‘allasi” odatda mahsulot shaklida olingan. Shu bilan birga ijaraga olgan kishi ijara haqiga to‘lashi lozim bo‘lgan mahsulotlar miqdori ayrim hollarda aniq ko‘rsatilgan.
Ba’zan shartnomada ijara haqi tarzida to‘lanishi lozim bo‘lgan donning umumiy miqdori ko‘rsatilib, ba’zan ma’lum yer maydoni hisobidan, ba’zan esa “qo‘shni yerlarga” yoki “o‘ng va so‘l tarafdagi yerlarga qarab”, ya’ni ijara uchun shu joyda urf bo‘lgan haq miqdoriga muvofiq ijara haqi olingan. Ayrim hollarda ijara haqi uchun hosilning muayyan ulushi olinib, hosilni yig‘ib olish vaqtida to‘langan. Donli ekinlar maydoni ijaraga olinsa, hosilning uchdan bir qismi ijara haqi sifatida, ijaraga bog‘ olinganda, hosilning uchdan ikki qismi hisobidan ijara haqi to‘langan. Ijara yerdan hosil qancha ko‘p olinsa, ijara haqi ham muvofiq ravishda oshib borgan. Ammo ijaraga olingan bog‘ kam hosil bergan holda, ijara haqi kamaytirilmagan. Bu hol Xammurapi qonunining 65- moddasida aks ettirilgan. Bu moddaga muvofiq, erga yaxshi ishlov berilmaslik natijasida olinadigan daromad miqdori kamaysa, ijara haqi qo‘shni bog‘ daromadiga qarab hisoblangan, ya’ni ijara haqi shu kabi erning o‘rtacha daromadi hisobidan olingan. Shunday qilib, bog‘ egasi qat’iy ijara haqiga ega bo‘lib, uning bog‘ni ijaraga berishdan keladigan daromadi ko‘payib borgan. Qo’riq yer ijaraga olinsa, bunda juda oz ijara haqi, shunda ham ikkinchi yili to‘langan. Ba’zan bir necha kishi sherik bo‘lib ijaraga yer olgan, bu yerni birgalikda ishlab, ijara haqi va boshqa xarajatlar to‘langanidan keyin qolgan hosil o‘rtada teng taqsimlangan. Ana Shunday guruh bo‘lib ijaraga yer olish jamoa a’zolarining xonavayron bo‘lib, kambag‘allar soni ortib borayotganligi va aholi keskin ijtimoiy tabaqalanganini ko‘rsatadi. Shu munosabat bilan sub ijara usuli ham paydo bo‘ldi. Bunda yirik ijarador katta yerlarni ijaraga olib, ularni o‘z navbatida bo‘lib, mayda ijarachilarga ijaraga bergan.
Bularning hammasi asosiy boyliklarning bir guruh boylar qo‘lida to‘planishiga olib keldi. Ular faqat poda va qullarga egalik qilish bilan cheklanmay, yirik yerlar egasi ham bo‘lganlar; ular bu yerlarni podshodan in’om tariqasida olganlar, yoki ba’zi hujjatlarda ko‘rsatilishicha, sotib qo‘llarida jamlaganlar. Masalan, Larsadan topilgan yigirma olti hujjatning barida ham bo‘sh yotgan yerlarning xaridori sifatida bir kishi nomi tilga olingan. Muomalada Yangi, xususiy er egaligini anglatuvchi “ota uyi” (“bit abia”) atamasi paydo bo‘lgan. “Ota uyi” otadan meros tariqasida o‘tgan yerni anglatgan.
Davlat hukmron quldorlar sinfi manfaatlarini himoya qilib, yerga bo‘lgan xususiy mulkchilikni turli yo‘llar bilan himoya qilishga intilgan. Podsho amaldorlari tomonidan qonunga xilof ravishda tortib olingan yer egasi amaldor ustidan podshoga shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lgan. O‘sha davrga oid ayrim hujjatlarda ko‘rsatilishicha, podsho bunday hollarda o‘z amaldoriga qo‘yidagicha ko‘rsatma bergan: “Birovning abadiy mulki bo‘lgan yerni kim egallashi mumkin? Bu ishni tekshir. Agar yer uning ota uyiga qarashli bo‘lsa, uni egasiga qaytarib ber.” Shunday qilib, “ota uyi” ni qonunga xilof tarzda tortib olish jinoyat hisoblangan. Davlat hokimiyati katta yer egalarining mulkiy manfaatlarini zo‘r berib himoya qilgan.
Hammurapi qonunining ayrim moddalarida maxsus askarlar tilga olinadi. Ular podshodan chek yerlar olib, buning evaziga harbiy xizmat o‘tashlari lozim bo‘lgan. Bunday askarlar podshoning birinchi chaqirig‘i bilan urushga otlanganlar. O‘zlarining shu burchini ado etmagan jangchilar o‘lim jazosiga hukm qilinib, chek yerlari tortib olingan. Lekin, bunday jangchilar alohida huquqlarga ham ega bo‘lganlar. Asirga tushib qolgan jangchi to‘lovini qaytarib olingan, asirlikda jangchining chek eri, mol-mulki esa uning o‘g‘liga berilgan. Tutqundagi jangchining mol-mulkini bosib olish jinoyat hisoblangan va bu ishni qilgan kishi qattiq jazolangan. Jangchining mulki tortib olinganligi, unga zarar etkazilganligi, uni yollanma ishga berilganligi, hukmdor taqdim etgan yer undan tortib olinganligi uchun o‘lim jazosi berilgan. Jangchi podsho in’om qilgan qoramol, er va bog‘ hamda uyni sotishi mumkin emas edi. Davlat hokimiyati jangchilarning mulkiy manfaatlarini shu tariqa himoya qilib, harbiy xizmat o‘tash majburiyati bo‘lgan jangchilardan iborat ko‘pgina mayda dehqon - yer egalarining guruxlarini tuzgan. To‘xtovsiz urushlar va bu urushlar oqibatida odamlar sonining kamayib ketishi ana Shunday guruhlar yaratish zaruratini yuzaga keltirdi.
Qishloq xo‘jaligining anchagina rivojlanishi, metallurgiyaning paydo bo‘lishi va ayriboshlash savdosining paydo bo‘lishi yoyilishi ishlab chiqaruvchi kuchlarni o‘stirgan va ish kuchiga bo‘lgan ehtiyojni orttirgan. Buning natijasida qadimgi urug‘chilik jamoa tuzumi emirilgan va bu tuzum xarobalarida eng qadimgi quldorlik davlatlari paydo bo‘lgan. Bu jarayonni eramizdan avvalgi uchinchi ming yillikdagi Shumer va akkad shaharlarining xarobalaridan topilgan juda ko‘p hujjatlar va moddiy madaniyat yodgorliklaridan ko‘rishimiz mumkin.
Xo‘jalikning ibtidoiy shakllari ovchilik va baliqchilik mamlakat iqtisodiyotida qoldiqlar tariqasidagina bir qadar ahamiyatini saqlab qolgan. Ammo tabiiy sharoitga ko‘ra eng qadimgi davrlardayoq vujudga kelgan va eramizdan avvalgi uchinchi ming yillikda yana rivojlangan qishloq xo‘jaligi etakchi va asosiy rol o‘ynagan. Quyi Mesopatamiyaning ba’zi joylarida hosildor yerlar bu vaqtda ancha ishlangan va ko‘p sonli mehnatsevar aholi undan chiqqan mahsulot bilan mo‘l-ko‘l ta’minlangan. Yirik shaharlar, masalan, Larsa va Uruk shaharlari xarobalarining orasi atigi 24 kilometr bo‘lishi aholining juda ham zich yashaganligidan dalolat beradi.1 Frotning g‘arbidagi bepoyon o‘tloq va dashtlar chorvachilik bilan shuhullanishiga imkon byergan. Uzun va qisqa shoxli xo‘kizlar o‘tloqlarda boqilib, uyda ham oz-ozdan don, donning yormasi berib boqilgan.
Ikki daryo oralig‘ida sug‘orma dehqonchilikdan Yuqori hosil olish natijasida ilk sinfiy jamiyat qurilgan. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra arxeologlar Shumer jamiyatida 5 ta qatlamni ajratib ko‘rsatishga imkon beradi. SHoxlar, jrets-voennonachalniklar, shaharliklar, savdogarlar, hunarmandlar va boshqa turlarga ajratilgan.
Oila jamoasi deganda, biz katta oila xo‘jaligini tushunamiz. Bu oilalar birikmasi patriarxal oila jamoasini bildiradi. Oila jamoasi etarlicha bo‘lmagan birlik, u alohida o‘zi xo‘jalik yuritishga qodir emas. Shuning uchun oilalar jamoasi, birikmasi qo‘shnichilik jamoasini tashkil qilgan. Mesopatamiyaning juda ko‘plab tashkil topgan shahar-davlatlarida qo‘shnichilik jamoalari vujudga kela boshalagan. Bu asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, natural xo‘jalik bilan shug‘ullanuvchi jamoalarning o‘rni katta


Download 64.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling