O‘zbekiston Respublikasida Ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan istiqbolli dasturlarning yaratilishi va amalda tatbiq etilishi natijasida ta’lim jarayoni ko‘proq o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilmoqda


Qadimgi Mesopatamiya aholisining mashg‘ulotlari


Download 64.12 Kb.
bet5/7
Sana20.12.2022
Hajmi64.12 Kb.
#1035201
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
АРАББОЕВ ТЎЛАНБОЙ

3. Qadimgi Mesopatamiya aholisining mashg‘ulotlari.

Old Osiyodagi mamlakatlar orasida dehqonchilikni keng rivojlantirish uchun eng qulay bo’lgan mamlakat Dajla bilan Frot daryolari o’rtasida joylashgan bo’lib, uni qadimgi yunonlar Mesopotamiya (Ikkidaryo oralig’i) deb ataganlar. Bu mamlakat shimolda Armaniston tog’laridan boshlanib, janubda to Fors qo’ltig’igacha cho’zilgan. Bu mamlakat g’arbda Suriya-Mesopotamiya dashti bilan, Sharqda esa G’arbiy Eron tog’lari bilan chegaralangan. Mesopotamiyaning o’rta va janubiy qismi tekislik bo’lib, u vaqt-vaqti bilan toshib yyerlarni o’g’itlovchi va sug’oruvchi Dajla va Frot daryolari keltirgan yotqiziq (allyuviy) lardan iborat.


Mesopotamiyaning qadimgi davriga oid manzilgohlar neolit davrida vujudga kelgan. Bu davrda Mesopotamiya qabilalari botqoqliklar orasidagi tepaliklarda, orollarda yashagan. Ular atrofdagi botqoqliklarni quritib, sun’iy sug’orish sistemasini vujudga keltirganlar. Ular Neolit davrining klassik qurollari bo’lgan mikrolitlardan foydalanganlar.
Shumer-Akkad madaniyati va Ikki daryo oralig’ida ilk davlatga asos solgan Shumeriylar Suriya-Mesopotamiya dashtlari qabilalari hisoblanmish semitlar bilan qarindosh bo’lgan.
O’rta va janubiy Mesopotamiya hududida topilgan yodgorliklar ular chiqqan joylariga qarab uch madaniy davrga: Shumerda Al-Obeid va Uruk hamda Akkadda Jomdet-Nasr madaniyatlariga bo’linagan. Bu uch madaniy davr mil. avv. IV ming yillikni o’z ichiga oladi. Bu madaniy davrlar janubiy va o’rta Ikkidaryo oralig’ida eng qadimgi zamonlarda tashkil topgan davlatlarga asos bo’lgan.
Janubiy Mesopotamiyadan topilgan Al-Obeid madaniyati Ur yaqinidagi daryo orolida joylashgan. Uning aholisi ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullangan. Keyinroq esa chorvachilik va dehqonchilikka o’tgan. Qo’y, echki va cho’chqalar qo’lga o’rgatilgan. Eng qadimgi boshoqli o’simlik polba madaniylashtirilgan. Dehqonlar juda sodda ayrisimon toshdan yasalgan motigadan va tig’i chaqmoq toshdan yasalgan o’roqlardan foydalanganlar. Keramika, to’quvchilik va toshtaroshlik rivojlangan. Sopol buyumlar sariq-ko’kimtil rangda bo’lib, turli-tuman naqshlar solingan hamda hayvonlar, qushlar yoki odamlarning rasmlari bilan bezatilgan. Toshdan turli asbob va qurollar: dasta o’tkaziladigan bolta, motiga, pichoq, gurzi uchlari va yoy o’qlari yasalgan.
Shumer arxaikasining ikkinchi davri Uruk deb ataladi. Bu madaniyat kulolchilikning Yangi turlarini paydo bo’lishi bilan xarakterlidir. Sopol idishlar kulolchilik charxida yasalgan. Ularning bezaklari esa Al-Obeid davridagiga qaraganda ancha soddalashgan. Vaqt o’tishi bilan odam mehnati samarasining ortishi kuzatiladi. Shuning uchun ham Uruk davri ancha taraqqiy etgan bo’lib, uning bu xususiyati eng qadimgi arxitektura yodgorliklarining vujudga kelishida katta ahamiyatga ega.
Mesopatamiyada juda qadim zamonlardayoq sug‘orish kanallarining juda ko‘p tarmoqlari vujudga keltirilganligiga qaramasdan qishloq xo‘jaligi asboblarini tayyorlash texnikasi juda ibtidoiy bo‘lgan va turg‘unlikda qolgan. Yerni ishlashda bir necha ming yillar davomida eng oddiy motiga, yerni yumshatish uchun alohida mola va ibtidoiy pluglardan foydalanib kelganlar. Yerni ag‘darish ya’ni pluglar omochga o‘xshash juda oddiy bo‘lgan O‘rimda odatda oddiy yasalgan o‘roqdan foydalanganlar. Eng qadim zamonlarda bu uroqni yog‘ochdan yasab, tig‘ini o‘tkir chaqmoq toshdan ishlaganlar. G‘alla yanchishda qoramoldan foydalanganlar. Mol xirmonda aylanib yurib, boshoqlarni oyoqlari bilan ezib yanchganligi bizga tarixdan ma’lumdir. G‘allani belkurak bilan sovurganlar va omborlarda saqlaganlar.
Shumer-Akkad arxaikasining uchinchi davri Jemdet-Nasr deb yuritiladi. Bu yerda 1926-yilda boshlab arxeologik qazishlar o’tkazila boshlangan. Qazishlar natijasiga ko’ra bu davrda Mesopotamiyaning janubiy va o’rta qismidagi botqoqlarni Sharqiy va shimoliy tog’li qabilalar o’zlashtirganlar. Dehqonchilik xo’jaligi yanada rivoj topgan. Donli ekanlardan arpa va bug’doy ekila boshlangan. Ho’kiz va eshak qo’lga o’rgatilib, xo’jalik ishlarida ularning mehnatidan foydalanganlar. Mehnat taqsimoti ro’y berib, texnika rivojlangan. Natijada hunarmandchilik o’sgan. Sopol idishlar kulolchilik charxida yasaladigan bo’ldi. Ularnig ko’rinishi ham o’zgarib, dasta qilingan, turli bezak va geometrik naqshlar solingan. Qishloq xo’jaligi va hunarmandchilikning rivojlanishi ilk tovar ayriboshlashni vujudga keltirgan.
Mesopatamiyada eng qadimgi vaqtlardanoq don o‘simliklarining har xil turlari ma’lum bo‘lgan, bular orasida arpa birinchi o‘rinda turgan. Arpa bilan bir qatorda asosan non va pivo tayyorlash uchun ishlatiladigan polba ham ma’lum bo‘lgan. Mesopatamiyada bug‘doy ekini kam tarqalgan. Bug‘doy polba va arpaga qaraganda ikki baravar qimmatga tushgan. Nihoyat, Sharqda hozirgi vaqtgacha saqlanib kelgan durra ham ekilgan.
Shumeriylar davridayoq nisbatan er unum dehqonchilik ekinlari, sabzavotchilik va bog‘dorchilik asta-sekin rivojlanib borgan. Buni qadimgi Shumer tilida dala, bog‘, o‘tloq va tokzor qo‘lichi va bog‘bon degan alohida so‘zlarning borligidan bilish mumkin. Shumer aholisining asosiy kundalik mashg‘ulotlari sirasiga shularni kiritish mumkin.
Qadimgi Mesopatamiyada turli sabzavot va mevali daraxtlardan tashqari, eng qadimgi zamonlardan buyon ekilib kelgan xurmo daraxti juda katta xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan. Maxsus xurmo bog‘lari bo‘lgan, bu xurmolarning ba’zi bir navlari sun’iy ravishda yaxshilangan, Yangi nav yaratilgan. Xurmoning hosilini ko‘paytirish maqsadida maxsus sun’iy changlatish usuli qo‘llanilgan, buni tasdiqlaydigan diniy suratlar ham mavjud. Ularning qat’iy aniqlangan tipi to Ossur davrigacha saqlanib kelgan. Xurmoning muhim xo‘jalik ahamiyatiga ega ekanligi adabiyotda, tasviriy san’atda va dinda ifoda qilingan.
Xurmo daraxti azaldan muqaddas daraxt hisoblanib kelingan. Masalan, “Larsa” xokimi Gun-Gunum o‘z podsholigining ikkinchi yilida quyosh xudosi SHamanga bronzadan yasalgan ikki xurmo daraxtini hadya qilgan. Xurmo daraxtiga sig‘inish natijasida muqaddas “hayot daraxti” degan afsona kelib chiqqan. Shumer-Akkad davridagi muhrlarda ham xurmo daraxtining tegishli tasvirlari uzoq vaqtgacha saqlanib kelgan.
Messopatamiya hayotida chorvachilik hamon jiddiy ahamiyatga ega bo‘lgan. Keng o‘tloqlar, dashtlar va tog‘ etaklari qulay va keng yaylov bo‘lib, ularda ko‘plab podalar boqilgan. Hammurapi molga egalik huquqini tartibga solib, katta poda egalari – boy chorvadorlar manfaatini ayniqsa qattiq himoya qilgan. Hammurapi qonunlariga ko‘ra, ish jonivorini ijaraga olgan kishi ijaraga olgan ish hayvoni uchun uning egasi oldida to‘la javobgar bo‘lgan va agar hayvonga biron ziyon etgan holda (o‘lib qolsa, ko‘zi, shohi, dumi yoki burun teshigiga zarar etsa), ijaraga olgan odam bu zararni qoplash uchun egasiga haq to‘lashi lozim bo‘lgan. Bu hol chorvalarning ayrim chorvador boylar qo‘lida to‘planganini ko‘rsatadi, ular o‘z o‘rnida mollarini kambag‘allarga ijaraga byerganlar. Qonunning boshqa moddalarida cho‘pon o‘ziga topshirilgan qoramollar uchun javobgar ekanligi va molning tamg‘asi o‘zgarsa yoki u o‘g‘irlab sotilsa, cho‘pon qattiq jazolanishi qayd etilgan. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bu qonunlar mol egalari va quldorlar manfaatini himoya qilgan.
Dajla va Frot daryolari toshishi oqibatida o‘g‘itlanib sug‘oriladigan unumdor tuproq dehqonchilikning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Dehqonchilik Bobil davrida ham muhim ahamiyatini saqlab qolgan. O‘sha zamonga oid hujjatlardan birida: “Ekinzorlar - mamlakatning hayoti ekanligini bilmaysanmi?” degan so‘zlar Bobilda dehqonchilikning ahamiyatini yaqqol namoyon etadi.
U vaqtlarda yer odatda ikki ho‘kiz qo‘shilgan og‘ir, qo‘pol omoch yordamida haydalgan. Ba’zan omochga odamlar ham qo‘shilgan; bu qullar mehnatidan keng foydalanilganidan dalolat beradi.
Tabiiy sharoitlarga ko‘ra, dehqonchilik taraqqiyoti ma’lum darajada sun’iy sug‘orish bilan bog‘liq bo‘lib, shuning uchun Hammurapi irrigatsiya ishlarini rivojlantirishga katta ahamiyat byergan. Hammurapi “mamlakatni g‘alla omboriga aylantirib, yyerga ishlov berishni osonlashtirgani, .... parokanda bo‘lib ketgan aholini Shumer va Akkad yyerlariga to‘plaganligi, bu aholini don va suvga qondirganligi, uni farovonlik va saodatga erishtirgani” bilan faxrlanadi.
Hammurapi buyrug‘i bilan Nar-Hammurapi kanali qazilgan. U “Shumer va Akkadni suv bilan ta’minlaydigan, o‘z qirg‘oqlarini ekin maydonlariga aylantiradigan, tog‘-tog‘ g‘alla etishtirib beradigan hamda aholini doimo suvga to‘ydiradigan xalq boyligidir.”
Podsho hokimiyati sug‘orish tarmoqlarini kengaytirish bilan birga, bu tarmoqlarni tartibli saqlash yo‘lida ham g‘amxo‘rlik qilgan. Podsho mahalliy amaldorlarga kanallarni tozalash va irrigatsiya bilan bog‘liq turli ishlarni bajarish to‘g‘risida farmonlar berib turgan. Agar butun boshli sug‘orish tarmog‘ini tartibli saqlash davlatning vazifasi bo‘lsa, bu tarmoqlarning muayyan qismi uchun, birinchi navbatda jamoa javobgar bo‘lgan. Hammurapi qonunlarining 53 - 56 moddalari aynan shu masalaga bag‘ishlangan. Qonunning bu moddalari tegishli irrigatsiya maydoni uchun jamoaning har bir a’zosi ma’sul bo‘lgan va shu bilan birga, agar biron kishining aybi bilan to‘g‘on buzilib, qo‘shni yerini suv bosib ketsa, aybdor egasiga nobud bo‘lgan g‘alla haqini to‘lashi shart bo‘lgan. Agar g‘alla haqini to‘lashga aybdorning qurbi yetmasa, qonunning 54 - moddasiga binoan aybdorning o‘zi va uning mol - mulki sotilib, zarar o‘rni to‘ldirilgan. O‘sha zamonga oid boshqa bir qancha hujjatlarda sug‘orish tarmoqlarini tartibli saqlash ishlarini markaziy hokimiyat qattiq nazorat qilganligi ko‘rsatiladi. Hukmdor yyerlarini ijaraga olgan kishining yyerlari suv bilan ta’minlanishi shart bo‘lgan. Ijaraga olingan yyerlarni sug‘orish uchun suv yetishmay qolgan taqdirda, mahalliy amaldorlar buning uchun chora ko‘rishlari yoki suv bilan ta’minlangan boshqa yer berishlari kerak edi. Buni hukmdorning ko‘plab xatlaridan ham ko‘rish mumkin. Xatlarga ko‘ra, ijaraga olingan yyerlarning to‘la – to‘kis sug‘orilishi uchun mahalliy amaldorlar moddiy jihatdan javobgar bo‘lganlar. Ekin yetarlicha sug‘orilmay yaxshi hosil olinmagan taqdirda yer ijara haqqini ijarachi o‘rniga mahalliy amaldor to‘lashi talab etilgan.
G‘allachilik, chorvachilik bilan birga bog‘dorchilik xo‘jaligi ham keng taraqqiy etgan. Qadimgi Mesopotamiyaning gullagan bog‘ va ajoyib mevali daraxtlar o‘sgan jannat bog‘i haqidagi afsonaning aynan shu mamlakatdan kelib chiqqani bejiz emas. Yer mulkdorlarining manfaatini himoya qilgan davlat, bog‘ egalarining manfaatlarini yoqlashni ham zimmasiga olgan. Hammurapi qonunlarining bir moddasida aytilishicha, birovning bog‘idan beijozat kesilgan daraxt uchun aybdor katta jarima: yarim mina (252, 5 grammga yaqin) kumush to‘lashi kerak edi.
Eng qadimgi Mesopatamiyada qishloq xo‘jaligi bilan bir qatorda hunarmandchilik ham rivojlangan. Biroq, mamlakatda eng muhim xom ashyolarning yo‘qligi hunarmandchilikning rivojlanishiga ancha to‘sqinlik qildi. Mesopatamiyaning janubiy qismida metall ham etarli darajada tosh va yog‘och ham bo‘lmagan. Shuning uchun bu erda etishmagan xom ashyolar o‘rniga qadim zamonlardayoq asosan loy va qamish ishlatilganligi taxmin qilindi.1
Yog‘och, tosh va metall o‘rniga ko‘pincha loydan foydalanilgan. Loydan bochka, yashik, quvur va tobutlar yasaganlar. Eng qadimgi vaqtlarda loydan sopol idishlar yasaganlar.
Qadimgi Mesopatamiyada yog‘och o‘rniga ishlatilgan qamish va shakar qamish eng muhim xom ashyo bo‘lgan. Ikki daryo oralig‘ida bunday qamishlar ko‘p bo‘lib, uning turli xil turlari o‘sgan. Qamish va shakar qamish qurilish materiallari sifatida o‘rib to‘qiladigan har xil narsalar tayyorlashda, shuningdek, kemasozlikda ishlatilgan. Mesopatamiyada daraxt kam bo‘lganligi tufayli yog‘och juda qimmat turgan. Uyni yog‘och qismisiz ijaraga olish odati yog‘ochning qimmat bo‘lganligini ko‘rsatadi. Ijarachi odatda uyning barcha yog‘och qismini o‘zi olib kelgan, bu uydan ko‘chib ketayotib, boshqa mulklari bilan birga yog‘ochlarini ham olib ketgan.
Shumeriylar yog‘ochdan qurol o‘q, yoy, mehnat asboblari, yuk aravalari, jang aravalari, kemalar yasaganlar. CHorvachilikning keng yoyilishi ko‘pchilikning rivojlanishiga yordam byergan. Teridan ot-ulov anjomlari, poyafzal, dubulg‘a, sovut va o‘qdonlar, keyingi davrda hatto pyergamentga o‘xshagan alohida yozuv uchun maxsus material ham qilingan. To‘quvchilikdan zig‘ir tolasi va jun ishlatilgan. CHorvachilikning rivojlanishi jun to‘qimalarning keng tarqalishiga imkon byergan.
Metallning kashf etilishi texnikada katta o‘zgarish yasagan. Mesopatamiya janubiy qismi xalqlariga ma’lum bo‘lgan dastlabki metallardan biri mis bo‘lgan, misning nomi Shumer tilida ham akkad tilida ham uchraydi. O‘ziga xos mis sanoati eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikning birinchi yarmigacha deyarli saqlanib kelgan.
Misdan turli-tuman buyumlar, jumladan, qurol-yarog‘, mehnat asboblari yasalganligi aniqlangan. Ur shahrida qazish o‘tkazish vaqtida juda ko‘p va har xil ish asboblari topilgan. Zo‘r mohirlik bilan yasalgan mis haykalchalar va bo‘rtma rasmlar eramizdan avvalgi uchinchi ming yillikning o‘rtalaridayoq metallurgiyaning ma’lum darajada rivojlanganligidan darak beradi.
Mesopatamiya aholisi asosan o‘sha davrga xos bo‘lgan barcha mashg‘ulotlarni eng puxta egallangan mohirlar hisoblangan. Ular, dehqonchilik ya’ni sug‘orma dehqonchilik, qishloq xo‘jaligining barcha shalari bilan shug‘ullanish qatorida eng og‘ir mehnat hisoblangan metallni eritib unda mehnat qurollari, jang qurollarini yasash san’atini ham egallashgan edi. Bu san’ati keyinchalik Mesopatamiya shahar davlatlarida ham aholining ko‘p mashg‘ulotli bo‘lishini ko‘rsatardi.



Download 64.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling