O’zbekiston Respublikasida tarbiya jarayonining hozirgi bosqich muammolari


Download 86.44 Kb.
bet12/12
Sana01.03.2023
Hajmi86.44 Kb.
#1239911
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
tarbiya amaliy 1 mavzu

maqsad: loyihada kasb-hunar ta'limi tizimining takomillashtirilishi munosabati bilan yangi tahrirdagi kasb-hunar ta'limi davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash, uni tajribasinovdan o‘tkazish va amaliyotga joriy etish belgilanadi);

  • Ta'lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish (maqsad: ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning huquqiy asoslari; nodavlat ta'lim xizmatlarini tashkil etish va faoliyatni litsenziyalash; ta'lim tizimida davlatxususiy sherikchilikning asosiy qoidalari va yo‘nalishlari; ta'lim tizimida ma'naviyma'rifiy ishlar tizimini takomillashtirish; ta'lim jarayonini zamonaviylashtirishga oid boshqa qoidalar belgilanadi);

  • Yoshlarni kasbga tayyorlash maqsadida umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqish (maqsad: umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga beriladigan kasblar bo‘yicha zamonaviy malaka talablarini ishlab chiqish va tasdiqlash; o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etilgan 489 ta sinflarni jihozlash nazarda tutiladi

  • Umumiy o‘rta ta'lim maktablari rahbar va o‘qituvchilarining ish vaqti me'yorlarini qayta ko‘rib chiqish asosida ortiqcha hisobotlarni kamaytirish, ta'limni boshqarish organlari va rahbarlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilmagan hisobotlar va qo‘shimcha ma'lumotlarni talab qilishga barham berish (maqsad: o‘qituvchilar ish vaqti me'yorlarini belgilashga oid amaldagi hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish asosida ortiqcha qog‘ozbozlik va hisobotbozlikka chek qo‘yish; o‘qituvchilarning o‘z ustida ijodiy ishlashi hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish uchun shart-sharoit nazarda tutiladi);

  • Respublikadagi 335 ta umumiy o‘rta ta'lim maktabining moddiytexnika bazasini mustahkamlash hamda maktablarni mebel, o‘quvlaboratoriya jihozlari va boshqa inventarlar bilan ta'minlash (maqsad: loyiha bilan manzilli dastur tasdiqlanib, qurilish, ta'mirlash va jihozlash ishlari amalga oshiriladi).

    Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida tegishli me'yoriy-huquqiy asoslar yaratiladi. Yuqorida ta'kidlanganidek, hozirgi kunda zamonaviy ta'lim muassasa rahbari bu o‘zgarishlar va islohotlar bilan xamnafas bo‘lishi, yangiliklardan tezkor xabardor va bu islohotlarning mazmun-mohiyatini jamoadagilarni o‘z vaqtida xabardor qilishi talab etiladi.


    Download 86.44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling