O`zbekiston Respublikasida YAIMning foydalanish tarkibi (%)
Davr
|
YAkuniy iste`mol xarajatlari jami, %
|
YAlpi jamgarish
|
Sof eksport
|
Xususiy
|
Davlat
|
Asosiy kapitalga yalpi ichki investitsiya
|
Zaxiralarning o`zgarishi va boshkalar
|
2000
|
61,9
|
18,7
|
24,0
|
-4,4
|
-0,2
|
2001
|
61,5
|
18,5
|
27,9
|
-6,8
|
-1,1
|
2002
|
60,2
|
18,0
|
22,1
|
-0,9
|
0,6
|
2003
|
55,6
|
17,5
|
21,0
|
-0,3
|
6,2
|
2004
|
51,7
|
17,1
|
22,1
|
1,8
|
7.3
|
Manba: «O`zbekiston iktisodiyoti» Taxliliy sharx.
O`zbekiston Respublikasi iktisodiyot vazirligining SISM nashri,
«№ 8,mart 2005 ,17 bet
Tovarlar va xizmatlarning davlat xaridi YAIMdagi salmogi jixatidan uchinchi pogonada bo`lib, 2004 yilda YAIMning 17,1 %ini tashkil etgan.
Eksport xajmining keskin o`sishi va 2004 yilda tashki savdoda 1,03 mlrd. AKSH dollariga teng ijobiy koldikka erishilishi tufayli sof eksportning YAIMdagi ulushi ko`tarilib 7,3 foizni tashkil etdi.
5. YAIMni daromadlar(taksimot usuli) bo`yicha xisoblash.
YAIMni daromadlar bo`yicha aniklashda yakuniy maxsulotni ishlab chikarish jarayonida rezident-ishlab chikarish birliklari tomonidan, ko`shilgan kiymatlar xisobidan, to`langan dastlabki daromadlar ko`shib chikiladi.
YAMMni daromadlari yigindisi ko`rinishida xisoblashda asosan kuyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi:
-sof bilvostia soliklar (Tn) – bilvosita soliklar(ko`shilgan kiymat soligi, aktsizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar xajmlari o`rtasidagi fark;
- yollanma ishchilarning ish xaklari (W) - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga xisoblagan barcha turdagi mexnat xaki to`lovlarining nominal mikdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish xaki fondiga nisbatan xisoblanib to`lanadigan ijtimoiy sugurta ajratmalari. O`zbekiston Respublikasida bu ajratma normasi 2005 yilda ish xaki fondiga nisbatan 31% bo`lgan bo`lsa. 2006 yildan boshlab 25 % kilib belgilandi
- Korporatsiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
Nokorporativ korxonalar- kichik xajmdagi, uy xo`jaliklariga tegishli korxonalar bo`lib ularda korxona foydasi va korxona egasining ish xaki elementlari o`zaro ko`shilib ketgan bo`ladi. Bu xolat aralash daromad atamasini ko`llashga sabab bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |