7. Asosiy makroiktisodiy ayniyatlar.
Milliy iktisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiktisodiy ko`rsatkichlar o`rtasida ma`lum proportsiyalar yoki tenglik ta`minlanishi lozim. Proportsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo`laklarining nisbatini, yoki shu bo`laklar o`rtasidagi nisbatni bildiradi.Bunga mavzuimizning YAMTD ning yakuniy iste`mol va milliy jamgarishga bo`linishini misol kilib keltirish mumkin.
Odatda YAMTD xajmida yakuniy iste`mol xajmi yukori bo`ladi. Ammo mavzuning 4-savolida Xitoy Xalk Respublikasi misolida ko`rdikki milliy jamgarmalarning ulushi xam yukori bo`lishi mumkin ekan. Demak yakuniy iste`mol va milliy jamgarmalarning YAMTD dagi ulushi 3:1 proportsiyada xam, 2:1 proportsiyala xam bo`lishi mumkin ekan
SHu bilan birga iktisodiyotda muvozanat bo`lishi uchun ayrim ko`rsatkichlarning aynan teng bo`lishi talab etiladi. Turli makroiktisodiy ko`rsatkichlar, yoki ko`rsatkichlar guruxlari o`rtasidagi mavjud bo`ladigan, yoki mavjud bo`lishi iktisodiy konuniyat xisoblagan o`zaro tenglikka makroiktisodiy ayniyat deyiladi.
Xarajatlar va daromadlar ko`rinishida xisoblangan YAIM ko`rsatkichlarining o`zaro tengligi asosiy makroiktisodiy ayniyat xisoblanadi.
Y= C+ I + G + Xn
Ikkinchi bir makroiktisodiy ayniyat investitsiyalar va jamgarmalar o`rtasidagi tenglik xisoblanadi.
Investitsiyalar mikdori mamlakatdagi jamgarmalar mikdoriga boglik bo`ladi. Bu ikki ko`rsatkich o`rtasidagi tenglikka erishish makroiktisodiy barkarorlikka erishishning muxim shartidir.
Asosiy adabiyotlar
1. Agapova T.A.Seregina S.F. Makroekonomika:Uchebnik.-7-e izd.pererab.
i dop.-M.:Izdatel’stvo “Delo i servis”, 2005. 23-48 s.s.
1. Axmedov D.K.,Ishmuxamedov A.E., Jumaev K.,Djumaev Z.A. «Makroiktisodiyot» T.: O`zbekiston YOzuvchilar uyushmasi Adabiyot jamgarmasi nashriyoti 2004, 18-29 b.b.
2. Makroekonomika. Teoriya i Rossiyskaya praktika: Uchebnik 2-e izd., pererab. i dop./ pod.red. A.G. Gryaznovoy i N.N.Dumnoy.-M.:Knorus,2005, 25-60 s.s.
3. Kiseleva E.A. Makroekonomika: Kurs lektsiy. – M.:Izd-vo eksmo, 2005-352 s.
5. Saidova G., SHadibaev T. Makroekonomika T., IPAK «SHark» 2003, 7-13 s.s.
Do'stlaringiz bilan baham: |