O’zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo’yichа hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to’frisidа


Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari


Download 22.93 Kb.
bet3/10
Sana08.03.2023
Hajmi22.93 Kb.
#1251324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
PF-4947-sоnli Fаrmоnidа

Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish:
sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
sudyalarga gʻayriqonuniy tarzda taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish;
sudning mustaqilligi va begʻarazligi, sud protsessida tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish;
“Xabeas korpus” institutini qoʻllash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash:
fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida hal etish, murojaatlarni koʻrib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda boʻlish holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini koʻrish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash;
fuqarolarning xususiy mulkka boʻlgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;
fuqarolarning odil sudlovga toʻsqinliksiz erishishini taʼminlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.
Maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik qonunchiligini takomillashtirish:
jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish;
odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish;
jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish;
elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.

Download 22.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling