O’zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo’yichа hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to’frisidа
Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish
Download 22.93 Kb.
|
PF-4947-sоnli Fаrmоnidа
Qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:
tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, boʻshagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yogʻ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bogʻ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish; fermer xoʻjaliklari, eng avvalo, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar koʻrsatish bilan shugʻullanayotgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish; sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya obyektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori boʻlgan qishloq xoʻjaligi texnikasidan foydalanish; kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish; global iqlim oʻzgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xoʻjaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha tizimli chora-tadbirlar koʻrish. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragʻbatlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish: xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yoʻlidagi barcha toʻsiq va cheklovlarni bartaraf etish, unga toʻliq erkinlik berish, “Agar xalq boy boʻlsa, davlat ham boy va kuchli boʻladi” degan tamoyilni amalga oshirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qatʼiy oldini olish; davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustav jamgʻarmalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish; korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish; tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi boʻyicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish; mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi oʻzini oʻzi boshqarish organlarining rolini oshirish. Download 22.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling